696
Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan
foydalanish
ijtimoiy
takror
ishlab
chiqarishning
hajmlari,
muvozanat va taraqqiyotning umumiy maroiqtisodiy nisbatlari
bilan belgilanadi. Jamg‘armalarning miqdoriy o‘zgarishiga aholi
nominal va real daromadlarining o‘sish (kamayish) sur’atlari,
inflyatsiya,
yakuniy
iste’molga
mo‘ljallangan
xarajatlarning
o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Uy xo‘jaliklari jamg‘armalarining o‘sishi,
ulardan oqilona va samarali foydalanish investitsion faollikni
oshirish, iqtisodiy taraqqiyot va aholi turmush darajasining o‘sishi
muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan davlat makroiqtisodiy va
moliya-kredit
siyosatining
eng
muhim
vazifalaridan
biri
hisoblanadi.
Jamg‘armalarni quyidagi turli belgilarga ko‘ra tasniflash
mumkin:
• jamg‘arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko‘ra;
• sabablari nuqtayi nazaridan;
• jamg‘armalarni to‘plash shakllari bo‘yicha.
Jamg‘arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko‘ra jamg‘ar-
malarni quyidagilarga ajratish mumkin:
• joriy jamg‘arma fondlari (uzoq muddat foydalanishga
mo‘ljallangan tovarlarni sotib olish);
• sug‘urta jamg‘arma fondlari;
• investitsion jamg‘arma fondlari.
Jamg‘armalarning joriy fondlari qisqa muddatli xarakterga
ega, naqd mablag‘larni qo‘shib olgan holda, yuqori likvidli
aktivlarda jamg‘ariladi (to‘planadi).
Sug‘urta jamg‘arma fondlari ko‘zda tutilmagan holatlar
(vaziyatlar) va qarilik uchun mo‘ljallangan jamg‘armalardan iborat
bo‘lib, ular uzoq muddatli hisoblanadi va ularni jamg‘arish jarayoni
tugamagunga qadar kamroq likvidli bo‘lishi mumkin.
Investitsion jamg‘arma fondlari iste’mol ehtiyojlari uchun
mo‘ljallanilmaydi. Ularning bosh maqsadi daromad keltiruvchi
aktivlarga investitsiya qilishdan iboratdir.
Sabablari nuqtayi nazaridan uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari
motivatsiyali va motivatsiyasiz bo‘lishi mumkin. Bu tasniflashga
muvofiq maqsadli jamg‘armalar motivatsiyali jamg‘armalar sifatida
talqin qilinadi. Biroq jamg‘armalarning sabablarini hamma vaqt
ham aniqlashning iloji bo‘lmasligi mumkin. Ular ehtiyojning
darajasiga
nisbatan
qiyoslaganda
to‘lovga
layoqatlilik
imkoniyatining oshishi va ishlab chiqarishning imkoniyatlari
natijasida vujudga kelishi mumkin. Bunday jamg‘armalar
697
motivatsiyasiz jamg‘armalar deyiladi. Agar to‘lovga layoqatli talab
va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi tizimli xarakterda bir-
biriga mos kelmasa, ular majburiy jamg‘armalar nomini olishi
mumkin.
To‘plash (yig‘ish) shakllari bo‘yicha jamg‘armalarni bog‘-
lanmagan (tashkil qilinmagan) va bog‘langan (tashkil qilingan)
shakllarga ajratish mumkin. Naqd pullar shaklida uy xo‘jaliklari
bo‘sh
pul
mablarining
jamg‘arilishi
jamg‘armalarning
bog‘lanmagan (tashkil qilinmagan) shakli hisoblanadi. Agar
jamg‘armalarni
yig‘ish
moliyaviy
bozor
instrumentlariga
joylashtirish, shu jumladan, bank omonatlari va boshqa
investitsion institutlari yordamida amalga oshirilsa, uy xo‘jaliklari
jamg‘armalarining bunday shakli bog‘langan (tashkil qilingan)
jamg‘armalar deyiladi. Jamg‘armalarning bog‘lanmagan (tashkil
qilinmagan) shakllari ustuvor tarzda pulli shaklda bo‘lsa, ularning
bog‘langan (tashkil qilingan) shakllari turli quyidagi ko‘rinishlarda
namoyon bo‘lishi mumkin:
• mablag‘larni ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita)
joylashtirish (masalan, korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari va
ishtirok etish salmog‘ini sotib olish shaklida, ko‘chmas mulk sotib
olish va boshqalar);
• mablag‘larni ishlab chiqarishga bilvosita joylashtirish. Bunda
mablag‘larni to‘plash va ularni joylashtirish bilan ixtisoslashtirilgan
moliyaviy institutlar shug‘ullanadi. Bunga misol tariqasida davlat
qimmatli qog‘ozlarini sotib olish, bank depozitlari, investitsion
fondlarning hissasini (ulushini) sotib olish va boshqalarni
ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi paytda uy xo‘jaliklarida mablag‘larni jamg‘arish
jarayoni, ma’lum darajada, ziddiyatli hisoblanadi. Bir tomondan,
keyingi yillarda unda ba’zi bir ijobiy tendentsiyalar ko‘zga
tashlanayaptiki, xususan, ular quyidagilarda namoyon bo‘layapti:
• keyingi yillar davomida uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan
moliyaviy aktivlarning absolyut o‘sishi bir necha martaga oshdi;
• bog‘langan (tashkil qilingan) jamg‘armalar absolyut va nisbiy
jihatdan ham o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan;
• mamlakatda tegishli investitsion muhit mavjud bo‘lsa,
jamg‘armalarga
ega
bo‘lgan
va
ularni
investitsiyalarga
joylashtirishi mumkin bo‘lgan uy xo‘jaliklarining guruhlari
shakllandi;
• uy
xo‘jaliklari
jamg‘armalarini
investitsiyalarga
transformatsiya
qiluvchi
(aylantiruvchi)
moliyaviy
instru-