Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Uy xo‘jaliklari xarajatlari



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

25.4. Uy xo‘jaliklari xarajatlari 

 

Uy  xo‘jaliklari  tomonidan  iste’molga,  majburiy  to‘lovlarni 



amalga 

oshirishga 

va 

jamg‘arishga 



yo‘naltiriladigan 

pul 


mablag‘lari  uy  xo‘jaliklari  byudjetlarining  xarajatlar  qismini  tashkil 

etib,  ularning  xarajatlari  deyiladi.  Iqtisodiy  adabiyotlarda  uy 

xo‘jaliklarining  xarajatlari  quyidagi  omillar  bo‘yicha  tasniflanadi 

(klassifikatsiya qilinadi): 

•  davriylik nuqtayi nazaridan; 

•  xarajatlarning turlari bo‘yicha; 

•  xarajatlarning  funktsional  mo‘ljallanganlikka  bog‘liqligiga 

ko‘ra; 


703 

•  Moliyalashtirish  manbalariga  ko‘ra  ijtimoiy  to‘lanmalarning 

qanday ko‘rinishlari bor? 

•  Ijtimoiy  to‘lanmalarni  moddiy-buyumlashgan  tarkibiga  ko‘ra 

qanday turlarga ajratish mumkin? 

•  Tadbirkorlik 

faoliyatidan 

olinadigan 

uy 

xo‘jaliklari 



daromadlarining tarkibiga nimalar kiradi? 

•  Uy  xo‘jaliklarining  mulkdan  olinadigan  daromadlari  qanday 

ko‘rinishlarda amal qiladi? 

•  Uy  xo‘jaliklari  turli  guruhlari  daromadlarining  tabaqalanishi 

(differensiatsiya  qilinishi)  qanday  obyektiv  va  subyektiv  omillar 

ta’siri ostida sodir bo‘ladi? 

•  Uy  xo‘jaliklarida  ega  bo‘lingan  real  pul  daromadlarining 

o‘sishiga,  daromadlarning  notengligi  muammosini  yumshatishga 

nimalar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi? 

•  Uy xo‘jaliklarining xarajatlari nima? 

•  Uy  xo‘jaliklarining  xarajatlari  qanday  omillar  bo‘yicha 

tasniflanadi? 

•  Davriylik  nuqtayi nazaridan  uy  xo‘jaliklarining  xarajatlari 

tarkibini aytib bering. 

•  Xarajatlarning  turlari  bo‘yicha  uy  xo‘jaliklarining  xarajatlari 

nimalardan tarkib topadi? 

•  Funksional 

mo‘ljallanganligiga 

ko‘ra 

uy 


xo‘jaliklari 

xarajatlarining tarkibi nimalardan iborat? 

•  Avtonomlilik  xarakteriga  ko‘ra  uy  xo‘jaliklarining  xarajatlari 

qanday guruhlarga bo‘linadi? 

•  Real  pul  xarajatlarining  turlari  bo‘yicha  uy  xo‘jaliklarining 

xarajatlari qanday ikki guruhdan tashkil topadi? 

•  Iste’mol xarajatlarining miqdori nimalarga bog‘liq? 

•  Uy  xo‘jaliklari  byudjetlaridagi  iste’mol  xarajatlari  subyektiv 

omillarga  ham  ta’sirchan  bo‘lganligi  uchun  ularning  orasidan 

nimalarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin? 

•  Makroiqtisodiy  nuqtayi nazardan  uy  xo‘jaliklari  byud-

jetlarining  iste’mol xarajatlari qanday ikki eng muhim xususiyatga 

ega? 

•  Aholi  daromadlari  va  xarajatlari  balansining  eng  umumiy 



ko‘rinishi qanday bo‘lishi mumkin? 

•  Aholi  pul  daromadlari  va  xarajatlari  balansining  daromadlar 

qismiga nimalar kiradi? 

•  Aholi  pul  daromadlari  va  xarajatlari  balansining  xarajatlar 

qismi nimalardan tashkil topadi? 



702 

•  Uy  xo‘jaliklari  natural  daromadlari  qanday  paydo  bo‘ladi  va 

uning tarkibi nimalardan tarkib topadi? 

•  Uy  xo‘jaliklarining  natural  daromadlari  qanday  holatlarga 

muvofiq ravishda o‘zgarib turishi mumkin? 

•  Uy  xo‘jaliklarining  pul  daromadlari  nima  va  ular  qanday 

ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi? 

•  Nominal  daromadlar  nima  va  bu  ko‘rsatkich  qanday 

daromadlarni tavsiflaydi? 

•  Uy  xo‘jaliklari  nominal  daromadlarining  YaIMdagi  salmog‘i 

nimaning darajasiga bog‘liq? 

•  Hisoblangan  nominal  daromadlar  va  haqiqatda  olingan 

nominal daromadlar o‘rtasida qanday farq mavjud? 

•  Ega  bo‘lingan  daromadlar  deyilganda  nimalar  nazarda 

tutiladi? Bu daromadlar qanday maqsadlarga mo‘ljallangan? 

•  Real daromadlar nima va bu ko‘rsatkich nimalarni o‘zida aks 

ettiradi? 

•  Real daromadlarning o‘zgarishi nimaga bog‘liq bo‘ladi? 

•  Agar  baholarning  o‘sish  sur’ati  nominal  ega  bo‘lingan 

daromadlarning  o‘sish  tezligidan  past  bo‘lsa,  uy  xo‘jaliklarining 

real ega bo‘lingan daromadlari o‘sadimi yoki kamayadi? 

•  Baholarning  yuqori  sur’atlarda  o‘sishi  sharoitida  real 

daromadlar qisqaradimi yoki ko‘payadi?  

•  Uy  xo‘jaliklari  pul  daromadlarining  eng  asosiy  turlarini  aytib 

bering. 

•  Mehnat haqining (ish haqining) tarkibiga nimalar kiradi? 

•  Bozor  munosabatlariga  o‘tilishi  bilan  uy  xo‘jaliklari 

daromadlarining 

tarkibida 

mehnat 


haqi 

salmog‘i 

biroz 

pasayganligining sabablari nimada? 



•  Hozirgi  sharoitda  ish  haqining  yashirin  shakllariga  nimalar 

kiradi? 


•  Mehnatga  haq  to‘lashning  quyi  chegarasi  kim  tomonidan 

o‘rnatiladi,  u  nima  deb  ataladi  va  uning  tarkibiga  nimalar 

kirmaydi?  

•  Byudjet  sohasi  xodimlarining  mehnatiga  haq  to‘lashda 

hozirgi paytda qanday muammolar mavjud? 

•  Ijtimoiy to‘lanmalarni tasniflash me’zonlarini aytib bering. 

•  Iqtisodiy  mazmuniga  ko‘ra  ijtimoiy  to‘lanmalarning  qanday 

ko‘rinishlari mavjud? 

•  O‘zlarining  shakli  bo‘yicha  ijtimoiy  to‘lanmalar  qanday 

ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin? 

691 

•  majburiylik darajasi bo‘yicha; 



•  to‘lovlarning avtonomlilik xarakteriga ko‘ra; 

•  iste’mol  va  jamg‘arishga  yo‘naltirilayotgan  real  pul 

xarajatlarining turlari bo‘yicha. 

Davriylik  nuqtayi nazaridan  uy  xo‘jaliklarining  xarajatlari 

quyidagilarga bo‘linadi: 

•  qisqa muddatli xarajatlar; 

•  o‘rta muddatli xarajatlar; 

•  uzoq muddatli xarajatlar. 

Xarajatlarning  turlari  bo‘yicha  uy  xo‘jaliklarining  xarajatlari 

quyidagilardan tarkib topadi: 

•  joriy xarajatlar; 

•  kapital xarajatlar. 

Uy  xo‘jaliklarining  xarajatlari  funksional  mo‘ljallanganligiga 

ko‘ra quyidagilardan iborat: 

•  shaxsiy iste’mol xarajatlari; 

•  soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar; 

•  pul to‘planmalari va jamg‘armalar. 

Avtonomlilik  xarakteriga  ko‘ra  uy  xo‘jaliklarining  xarajatlari 

ikkiga bo‘linadi: 

•  daromadlarning  hajmiga  bog‘liq  bo‘lmagan  va  hayotiy 

minimum  darajasiga  rasman  muvofiq  keluvchi  avtonom  (qat’iy) 

xarajatlar; 

•  daromadlarning  dinamikasiga  bog‘liq  bo‘lgan  elastik 

xarajatlar. 

Ayrim  hollarda  uy  xo‘jaliklari  xarajatlarining  ana  shunday 

tasniflanishi  (klassifikatsiya  qilinishi)  doirasida  kam  elastikli 

xarajatlar  alohida  guruhga  ajratiladi  va  uning  tarkibiga  uy-joy 

kommunal xizmatlari va transport chiqimlarini to‘lash bilan bog‘liq 

bo‘lgan xarajatlar kiritiladi. 

Real pul xarajatlarining turlari bo‘yicha ham uy xo‘jaliklarining 

xarajatlari ikki guruhdan tashkil topadi: 

•  iste’molga yo‘naltirilgan xarajatlar; 

•  jamg‘arishga yo‘naltirilgan xarajatlar 

Uy xo‘jaliklarining iste’molga yo‘naltirilgan xarajatlari (iste’mol 

xarajatlari)  ular  tomonidan  yakuniy  tovarlar  va  xizmatlarni  sotib 

olishga  sarf  qilinadigan  ega  bo‘lingan  daromadning  bir  qismidan 

iborat. Iste’mol xarajatlarining miqdori quyidagilarga bog‘liq: 

•  ega bo‘lingan daromadga; 

•  baholar darajasiga; 



692 

•  iste’molchilarning mol-mulklariga; 

•  real foiz stavkalariga; 

•  iste’mol bo‘yicha qarzdorlikning miqdoriga; 

•  iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga. 

Uy  xo‘jaliklari  byudjetlaridagi  iste’mol  xarajatlari  subyektiv 

omillarga  ham  ta’sirchan  bo‘lib,  ularning  orasidan  quyidagilarni 

alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: 

•  iste’mol qilishga bo‘lgan intilishning chegarasi; 

•  baholarning 

o‘zgarishiga 

nisbatan 

iste’molchilarning 

kutuvchanligi; 

•  pul daromadlari; 

•  soliqlar; 

•  tovarlarning mavjudligi; 

•  va boshqalar. 

Makroiqtisodiy  nuqtayi nazardan  uy  xo‘jaliklari  byud-

jetlarining iste’mol xarajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega: 

•  birinchidan,  iste’mol  xarajatlari  yalpi  mahsulot  doiraviy 

aylanishi  modelida  yalpi  talab  va  yalpi  xarajatlarni  tashkil 

qilishning eng katta qismi hisoblanadi; 

•  ikkinchidan,  uy  xo‘jaliklari  byudjetlarining  iste’mol  xarajatlari 

qisqa muddatli davrda bandlik va investitsiyalar darajasini tartibga 

solish  orqali  ta’sir  etish  mumkin  bo‘lgan  yalpi  talabning  nisbatan 

barqaror tarkib toptiruvchisidir. 

Uy  xo‘jaliklari  byudjetlari  xarajatlari  tarkibi,  tarkibiy  tuzilmasi 

va  dinamikasini  tahlil  qilish,  odatda,  aholining  daromadlari  va 

xarajatlari  balansi  asosida  amalga  oshiriladi.  Bu  balansning  eng 

umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 

Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib 

olish va xizmatlarni to‘lash (iste’mol xarajatlari) o‘z ichiga 

quyidagilarni oladi: 

•  uy-joy va kommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif 

tizimi xizmatlarini to‘lash; 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish