25.2. Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Uy xo‘jaligi iqtisodiy va moliyaviy qarorlarni mustaqil ravishda
qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Bir vaqtning o‘zida, u
faoliyati butun uy xo‘jaligining jami va uning har bir
ishtirokchisining ijtimoiy namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga xizmat
qiluvchi mikrosotsium ham hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi
uy xo‘jaligining bunday o‘rni uning maqsadga yo‘naltirilganligi
faoliyati va u tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlarning
o‘ziga xosligini belgilab beradi.
Bolalar tarbiyasi, bilim darajasining o‘sishi, sog‘liqni saqlash
masalalari, dam olishni tashkil etish, uy xo‘jaligi keksa a’zolari
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va boshqa sotsial maqsadlar uy
xo‘jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shular
uy xo‘jaligi ichida ma’lum bir o‘zaro hamkorlikning me’yorlari va
qarorlar qabul qilishning ko‘zga ko‘rinmaydigan mexanizmlarini
685
ega bo‘lingan daromadlarining o‘sishi aholining moliyaviy
imkoniyatlarini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni
rag‘batlantirishning
bozor
mexanizmlarini
faollashtiradi.
Rivojlangan
mamlakatlarda
uy
xo‘jaliklari
ega
bo‘lingan
daromadlarining YaIMdagi salmog‘i 70%ni tashkil etayapti.
Baholar darajasiga nisbatan o‘zgartirilgan (korrektirovka
qilingan) ega bo‘lingan daromad uy xo‘jaliklarining real ega
bo‘lingan
daromadi
deyiladi.
Bu
ko‘rsatkich
nominal
daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o‘zida aks ettiradi.
Uning o‘zgarishi esa, ma’lum davrdagi ega bo‘lingan daromadlar
va iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bo‘lgan
pulning sotib olish qobiliyati indeksi) o‘sish sur’atlarining nisbatiga
bog‘liq bo‘ladi. Agar baholarning o‘sish sur’ati nominal ega
bo‘lingan daromadlarning o‘sish tezligidan past bo‘lsa, uy
xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadlari o‘sadi. Baholarning
yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu
holat, o‘z navbatida, aholi iste’mol talabi va sotib olish
qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning
barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faolligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan
shakllanadi va ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng
asosiylari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• mehnat haqi;
• ijtimoiy to‘lanmalar;
• tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar;
• mol-mulkdan keluvchi daromadlar.
Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi:
• bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab ish haqlari
bo‘yicha ish haqining hisoblangan summalari;
• rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimchalar;
• ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan
kompensatsion to‘lanmalar;
• mukofotlar va bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar;
• har yillik va qo‘shimcha mehnat ta’tillariga haq to‘lashlar;
• safar xarajatlari;
• berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning
qiymati;
684
aholining kambag‘al qatlamlari va qishloq aholisida natural
daromadlarning salmog‘i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq
bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida uy xo‘jaligining naturallashganligi
tashqi
muhitning
(masalan,
urushlar
davrida,
tizimli
transformatsiyalanish jarayonlarida va h.k.) noqulay shart-
sharoitlariga o‘ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo‘lib
hisoblanadi.
Turli manbalar hisobidan uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib
tushuvchi pul mablag‘larining barcha summasi pul daromadlari
deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy etgan sharoitda aynan pul
daromadlari uy xo‘jaliklarining hayotiyligini ta’minlash va ular
rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari pul daromadlarini
tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisob-
lanadiki, ular quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi:
• nominal daromadlar;
• ega bo‘lingan daromadlar;
• real daromadlar.
Uy xo‘jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy daromadlari
majmuining puldagi ifodasi nominal daromadlar deyiladi. Bu
ko‘rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog‘liq
bo‘lmagan holda daromadlarni tavsiflaydi. Uy xo‘jaliklari nominal
daromadlarining YaIMdagi salmog‘i har bir mamlakat iqti-
sodiyotining rivojlanish darajasi va ichki xususiyatlariga bog‘liq
bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75%
atrofida tebranadi. Bir vaqtning o‘zida, hisoblangan nominal
daromadlar va haqiqatda olingan nominal daromadlar o‘rtasidagi
farqni anglamoq ham lozim. Ular bir-birlaridan shu davrda
hisoblangan, lekin to‘lanmagan daromadlar, shuningdek, o‘tgan
davrlar
uchun
qarzlarning
qaytarilishi
natijasida
olingan
daromadlar summasiga farq qiladi. Ish haqi bo‘yicha to‘lash
muddati o‘tib ketgan qarzdorlikning mavjud bo‘lishi bozor
iqtisodiyotiga yaqinda o‘tgan mamlakatlar uchun dolzarb
muammolardan biridir.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan so‘ng uy
xo‘jaligining ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasi
uy xo‘jaligining ega bo‘lingan daromadi deyiladi. Bu daromad
yakuniy iste’mol va jamg‘arish uchun mo‘ljallangan. Yoppasiga
hisoblanganda ega bo‘lingan daromad aholining ixtiyoriga borib
tushuvchi YaIMning tegishli qismiga mos keladi. Uy xo‘jaliklari
677
(hayotiy tajriba, an’analar, subyektiv ravishda ustuvorlik berish,
jamoatchilik fikri va shunga o‘xshashlarni) shakllantiradi. Amalga
oshirilishi uning ishtirokchilari hayotiy faoliyatini ta’minlab turish
uchun zarur bo‘lgan to‘lanmagan ishlar salmog‘ining ancha
kattaligi uy xo‘jaligining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan biridir.
To‘langan va to‘lanmagan ishlar ko‘rinishlari o‘rtasidagi nisbat
tarixiy jihatdan o‘zgarib boradi va u uy xo‘jaligining ijtimoiy tarkibi
hamda butun jamiyatning ijtimoiy rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Uy xo‘jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan
me’yorlar va qoidalar tashqi omillar ta’siri natijasida shakllanadi.
Bunday tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
• ijtimoiy munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solish;
• umumiy iqtisodiy vaziyat;
• tarkibiy o‘zgarishlar;
• inflyatsion kutishlar;
• investitsion muhit;
• davlatning ijtimoiy siyosati;
• va boshqalar.
Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institutsional
chegaralarni aniqlab beradi. Bir vaqtning o‘zida, iqtisodiy
faoliyatning subyekti sifatida uy xo‘jaliklari maqsad va unga
erishish vositalarini tanlashda mustaqil hisoblanadilar va qabul
qilingan iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar
(javobgardirlar).
Uy xo‘jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan ichki
me’yorlar tizimi quyidagilarga bog‘liq:
• sotsio-madaniy muhit, xususan, sotsial holati, savodxonlik
darajasi, uy xo‘jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi sotsial
aloqalar, dam olish shakllari va boshqalarga;
• uy xo‘jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi,
shu jumladan, iqtisodiy xatti-harakatning tipiga (o‘z-o‘zini
ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor
maqomining
yuridik
jihatdan
rasmiylashtirilganligiga
va
boshqalarga;
• axloqiy prinsiplarga, shaxsiy salohiyatiga – bunga fikr
yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga
qodirligi va h.k.lar kiradi.
Uy xo‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash
quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
678
• dastlabki (boshlang‘ich) manbalar;
• jamg‘ariladigan manbalar;
• joriy manbalar.
Resurslar dastlabki (boshlang‘ich) manbalarining tarkibi
meros bo‘yicha yoki ko‘chmas mulk, naqd pullar, moliyaviy
aktivlarning hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli
moddiy shakllaridan iborat. Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari va
investitsion qo‘yilmalari resurslarning jamg‘ariladigan manbasini
tashkil etadi. Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilmalar
(mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar,
sotsial transfertlar) va bir martalik xarakterga ega bo‘lgan pulli
daromadlar (masalan, iste’mol krediti, lotereyadagi yutuqlar)
kiradi.
Kerakli fondlarni shakllantirish uchun uy xo‘jaligining
ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha manbalari uy
xo‘jaligining moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Funksional
mo‘ljallanganligiga ko‘ra uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari
quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin:
• joriy xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – oziq-
ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini
(poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatlari, davriy ravishda iste’mol
qilinadigan xizmatlarning haqi va h.k.;
• kapital xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – uzoq
davr foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport
vositalari) uchun xarajatlar, uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan iste’mol
qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko‘rsatish,
sayyohlik yo‘llanmalari) haqini to‘lash;
• pul jamg‘armalari.
Uy xo‘jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorlarining
majmui ularning moliyaviy xatti-harakatini belgilab (aniqlab)
beradi. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda subyektiv motivlar,
ustuvorliklar va cheklanmalar rolining katta bo‘lganligi uchun
bunday xatti-harakat juda xilma-xildir. Buning ustiga, uy
xo‘jaliklarining
moliyaviy
xatti-harakati
dinamikali,
tez
o‘zgaruvchan jarayon hisoblanadi. Shu munosabat bilan uy
xo‘jaliklarining
moliyaviy
qarorlari
miqdoriy
va
sifat
pozitsiyalaridan
(shu
jumladan,
marketingli),
iqtisodiyot,
sotsiologiya va sotsial psixologiya nuqtayi nazarlaridan tadqiq
etiladi. Bu narsa uy xo‘jaligining jamg‘arma va investitsion
683
bo‘layapti. Bu qo‘yilmalar riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar
portfelining barqarorligini oshirish maqsadida uy xo‘jaliklari
aktivlari
portfelini
diversifikatsiyalashga
asoslangan
real
jamg‘arish
strategiyasining
shakllanganligida
namoyon
bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |