iqtisodiy faoliyatlari jarayonida uy xo‘jaliklari va ularning
alohida
a’zolari
ishtirokida
pul
mablag‘lari
maqsadli
fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasida
vujudga keladigan pul munosabatlarining majmui uy
xo‘jaliklari moliyasi deb ataladi (2)
132
.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari o‘zlarining ichida
va o‘zlariga nisbatan tashqi bozor subyektlari bilan moliyaviy
munosabatda bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda uy xo‘jaliklarida
mavjud bo‘lgan moliyaviy munosabatlar majmuini ikki guruhga
bo‘lish mumkin:
• ichki;
• tashqi.
Individlar – uy xo‘jaligi a’zolarining ehtiyojlarini yanada
to‘laroq qondirish maqsadida zaruriy pul fondlarini (joriy iste’mol
darajasini, pul rezervlarini, investitsiyalashtirishni ushlab (saqlab)
turish uchun va h.k.) shakllantirish va ulardan foydalanishga oid
uning ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida vujudga keladigan
munosabatlar uy xo‘jaligining ichki moliyaviy munosabatlari
hisoblanadi.
Uy xo‘jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari ularning
boshqa iqtisodiy subyektlar bilan bo‘lgan o‘zaro aloqalari orqali
namoyon bo‘ladi. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy
xo‘jaliklari bevosita o‘zaro bog‘langan: firmalarga iqtisodiy
resurslarni taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy
xo‘jaliklari yaratilgan mahsulotning qiymatidan o‘z hissalarini
oladilar va demak, ular shu bilan yalpi mahsulotni birlamchi
taqsimlashda ishtirok etadilar. Bu munosabatlar o‘zining yana bir
132
Ushbu betda keltirilgan (1) va (2) ta’riflar shaklan bir-biridan biroz farq qilsa-da, mohiyatan uy xo‘jaliklari
moliyasining mohiyatini, uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib berishga xizmat qiladi va bir-birini to‘ldiradi,
boyitadi.
659
rivojlantirishga hamda sug‘urta operatsiyalarini kengaytirishga
sharoit yaratadi.
Mutaxassislar sug‘urta bozorini tahlil qilib, uni bevosita
sug‘urta bozori va qayta sug‘urta bozoriga ajratishadi. Bevosita
sug‘urta bozori – bu sug‘urta tashkilotlari bilan ularning mijozlari
o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Biroq, bitta
sug‘urta tashkiloti har doim ham sug‘urtalanuvchiga ishonarli
sug‘urta himoyasini ta’minlab bera olmaydi, ayniqsa agar gap
sug‘urta qiymati va xavfi katta bo‘lgan obyektlar haqida ketganda.
Shuning uchun ham sug‘urta tashkilotlari muvozanatlashgan
sug‘urta portfelini yaratish, moliyaviy barqarorligini oshirish va
zimmasiga olgan majburiyatlarni to‘liq bajarish uchun qayta
sug‘urtalash bozori xizmatlariga murojaat etadi.
Har bir sug‘urta tashkilotining mijozi shuni bilishi kerakki,
uning oldida sug‘urta qoplamasini to‘lashda, u bilan shartnoma
tuzgan sug‘urta tashkiloti javobgar bo‘ladi. Zero O‘zbekiston
Respublikasi
Fuqarolik
kodeksining
959-moddasida
ko‘rsatilgandek: “Qayta sug‘urtalashda sug‘urta tovoni yoki
sug‘urta pulini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnoma bo‘yicha
sug‘urtalovchi javobgar bo‘lib qolaveradi”. Bundan ko‘rinib
turibdiki, qayta sug‘urtalovchi sug‘urtalovchiga, faqat, ulushi
miqdorida zararni qoplashga kafolat beradi va sug‘urtalanuvchi
bilan munosabatda bo‘lmaydi. Ba’zan, sug‘urta tashkiloti reklama
sifatida sug‘urta qildiruvchiga risklari mashhur va ishonchli qayta
sug‘urta tashkilotlarida sug‘urtalashini ma’lum qiladi. Lekin, bu
holat sug‘urta tashkilotiga sug‘urta qoplamasini to‘lab bera
olmaganda, qayta sug‘urtalovchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoplamasini
talab qilish huquqini bermaydi.
Qayta
sug‘urta
operatsiyalari
faoliyati
faqat
qayta
sug‘urtalashga ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotlari yoki
bevosita
o‘rnatilgan
talablarga
javob
beradigan
sug‘urta
tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Rivojlangan
mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari ixtisoslashgan qayta sug‘urta
tashkilotlari xizmatidan foydalanadi. Ayni vaqtda O‘zbekiston
Respublikasi sug‘urta bozorida ixtisoslashgan qayta sug‘urta
tashkilotlari tashkil etilmagan. Hozirda O‘zbekistonda qayta
sug‘urtalash ishlari, bevosita, belgilangan tartibda sug‘urta
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qayta sug‘urta, so‘zsiz, sug‘urta tizimida muhim ahamiyatga
ega. Sug‘urtalanuvchi nuqtayi nazaridan, sug‘urtalovchining qayta
sug‘urtalashda ishtirok etishi yuqori sifatli sug‘urta xizmatlarini
660
taqdim etishga, zararlarni o‘z vaqtida va to‘liq qoplashga ko‘mak
beradi. U sug‘urtalovchining ishonchlilik darajasini oshiradi va shu
bilan birga mijoz bilan o‘zaro munosabatlarini samarali bo‘lishini
ta’minlaydi.
Sug‘urta sug‘urtalashga riskni qabul qilish bilan bog‘liq
iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish).
Sug‘urtalovchi muvozanatlashgan sug‘urta portfelini yaratish va
sug‘urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash
maqsadida qabul qilib olingan riskning bir qismini o‘zaro
kelishilgan
holda
boshqa
sug‘urtalovchiga
berishi (riskni
ikkilamchi joylashtirish) mumkin. Qayta sug‘urta aktiv (riskni
berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko‘rinishga ega. Bundan
tashqari, qayta sug‘urta nisbiy va nonisbiy shaklda bo‘ladi. Ayrim
holatlarda, qayta sug‘urta operatsiyalari qayta sug‘urta brokeri -
ikkita tomon, ya’ni sug‘urta tashkiloti va qayta sug‘urta tashkiloti
o‘rtasida vositachilik qiluvchi shaxslar tomonidan ham amalga
oshirilishi mumkin.
Qayta sug‘urta munosabatlarining uzoq rivojlanish davomida
uning yangi shakl va turlari paydo bo‘ldi. Eng qadimiy qayta sug‘urta
shartnomasi
shakllaridan
biri
fakultativ
qayta
sug‘urta
shartnomasidir.
Fakultativ qayta sug‘urtalashda sug‘urtalovchi riskni, xohlasa
qayta sug‘urtalashga beradi, xohlasa o‘zida olib qoladi va mos
ravishda qayta sug‘urtalovchi xohlasa riskni o‘ziga oladi, xohlasa
olmaydi
127.
Obligatorli
qayta
sug‘urtalash
bir
martalik
qayta
sug‘urtalashdan
farqli,
unda
tomonlarning
munosabatlari
mustahkamlanadi. Obligatorli qayta sug‘urtalashning asosiy jihati
ekstsedent qayta sug‘urtalash va ulush hajmini aniqlash bilan
bog‘liq.
Obligatorli
qayta
sug‘urtalash
shartnomasiga
asosan
sug‘urta tashkiloti o‘ziga qabul qilgan riskni qayta sug‘urtalash
shartnomasiga asosan qayta sug‘urta tashkilotiga berishi shart,
o‘z navbatida qayta sug‘urtalovchi bu riskni qabul qilishi shart.
Obligatorli qayta sug‘urtalashda sug‘urta tashkilotining sug‘urta
mukofotlarini, sug‘urta tariflarini, sug‘urta hodisalarini oldini olish
va sug‘urta qoplamalarini to‘lash huquqi o‘zida qoladi. Lekin,
ularning hammasi sug‘urtalovchining va qayta sug‘urtalovchining
manfaatlarini ko‘zda tutgan holda bo‘lishi kerak.
127
Gomellya V. Rubin Yu “Straxovoy portfel” Moskva 1994. 347 b.
669
ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda
131
.
Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan farq
qilish lozim. Eng avvalo, “uy xo‘jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga
nisbatan kamroq darajada cheklangan xaraktyerga ega ekanligini
qayd etib o‘tmoq kerak. Masalan, o‘zlarining o‘g‘illariga tegishli
bo‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy
xo‘jaligining a’zolari bo‘lsalar-da, uning oilasi bo‘la olmaydi. Xuddi
shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy
xo‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va
h.k. Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni
ham o‘z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham
bo‘lishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda
ta’kidlash joizki, uy xo‘jaligining iqtisodiy mazmunini tushunishda
oilaviy aloqalar asosiy omil bo‘la olmaydi. Buning ustiga, uy
xo‘jaligining
miqdoriy
tarkibi
ham
o‘ziga
xos
bo‘lgan
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan
belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo‘jalikni
yuritayotgan shaxslar guruhi ham va bir vaqtning o‘zida, o‘zining
iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs
ham uy xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi mumkin. Uy xo‘jaligini xo‘jalik
yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi
quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim:
• birgalikda (bir joyda) yashash;
• umumiy byudjetning mavjudligi;
• iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.
Uy xo‘jaliklari moliyasi moliyaviy tizimning muhim elementi
hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo‘jaliklarida iste’mol
maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini
shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli bo‘lgan
iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni e’tiborga
olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish
mumkin: uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish
Do'stlaringiz bilan baham: |