Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


-BOB.  UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

 

25-BOB.  UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI 

   

25.1.  Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy 

xo‘jaliklari moliyasi 

 

 

Uy-xo‘jaliklari  moliyasi  davlat  moliyaviy  tizimning  ajralmas 



tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Bozor  munosabatlari  tizimida  uy 

xo‘jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan qanday 

maqsadlarni  bajarishga  mo‘ljallanganligi  bilan  belgilanadi.  Bir 

tomondan, uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, er, 

kapital,  tadbirkorlik  qobiliyati  va  boshqalarning)  xususiy  egalari 

hisoblanadi  va  xuddi  shu  asosda  o‘zlarining  daromadlar 

manbalari  va  moliyaviy  tushilmalarini  shakllantiradi.  Boshqa  bir 

tomondan  esa,  uy  xo‘jaliklari  iqtisodiyotda  tovarlar  va  xizmatlarni 

iste’mol  qiluvchilar  sifatida  maydonga  chiqadi  va  demak,  bozor 

talabini  aniqlab  beradi.  Bir  vaqtning  o‘zida,  uy  xo‘jaliklari  jamiyat 

yalpi  daromadining  bir  qismini  jamg‘aradi,  real  va  moliyaviy 

aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok 

etadi,  soliq  to‘lovlari  orqali  esa  davlatning  markazlashtirilgan 

moliyaviy fondlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. 

 

Odatda, “uy  xo‘jaligi”  atamasidan  milliy  statistikada  aholidan 



(kishilar  to‘plamidan)  iborat  bo‘lgan  institutsional  birlikni  ifodalash 

uchun  foydalaniladi.  Shuning  uchun  ham  Birlashgan  Millatlar 

Tashkiloti  (BMT)  tomonidan  tavsiya  etilgan  Milliy  hisoblar 

tizimining  (MHT)  zamonaviy  xalqaro  andozasi  (standarti)  uy 

xo‘jaligini  yagona  yashash  maydonida  birgalikda  yashayotgan, 

umumiy  fondga  o‘zlarining  daromadlari  va  boyliklarini  to‘liq  yoki 

qisman  berayotgan  va  ayrim  tovarlar  hamda  xizmatlarni,  eng 

asosan  uy-joy  va  iste’mol  mahsulotlarini  umumiy  tarzda 

(birgalikda)  iste’mol  qilayotgan  kishilarning  katta  bo‘lmagan 

guruhi, deb ta’riflaydi

130



 



Ayrim  hollarda  o‘zbek  iqtisodiy  adabiyotida  “uy  xo‘jaligi” 

atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga 

yo‘l  qo‘yilmoqda.  Shunga  mos  ravishda  “uy  xo‘jaligi  moliyasi” 

iborasining  o‘rniga  “xonadon  moliyasi”  va  “oila  moliyasi”  iboralari 

                                                 

130


  Bu  to‘g‘rida  batafsil  qarang:  Finansovo-kreditniy entsiklopedicheskiy slovar / Pod  obshch. red. 

A.G.Gryaznovoy. – M.: 2002. s. 299.  

661 

Obligatorli  qayta  sug‘urta  shartnomasi  bo‘yicha  qayta 



sug‘urta  to‘lovlarining  hammasi  sug‘urta  mukofotidan  foizlar 

hisobida  to‘lanadi.  Obligatorli  qayta  sug‘urtalash  shartnomasi 

noaniq muddatga tuzilib ikki tomonning roziligi bilan bekor qilinishi 

mumkin.  Bunday  shartnoma  sug‘urta  tashkiloti  uchun  foydalidir, 

chunki  bunda  hamma  qabul  qilingan  risklar  qayta  sug‘urta 

himoyasiga  ega.  Obligatorli  qayta  sug‘urta  fakultativ  qayta 

sug‘urtadan  farqli,  u  sug‘urta  portfelining  katta  qismini  o‘z  ichiga 

oladi.  Obligatorli  qayta  sug‘urta  shartnomasi  fakultativ  qayta 

sug‘urta  shartnomasidan  ancha  arzonroq.  Shuning  hisobiga 

xalqaro  qayta  sug‘urta  bozorida  ushbu  qayta  sug‘urta  turi  katta 

salmoqni tashkil etadi. 

Obligatorli qayta sug‘urtadan farqli, fakultativ qayta sug‘urtada 

qayta  sug‘urtalovchi  o‘ziga  qabul  qilayotgan  risk  haqida  to‘liq 

ma’lumotga  ega  bo‘ladi.  Ushbu  shartnoma  bo‘yicha  bir  martalik 

bitimlar  amalga  oshiriladi.  Fakultativ  qayta  sug‘urta  shartnomasi 

tomonlarga to‘liq erkinlik beradi. 

Sug‘urta tashkilotining qayta sug‘urtalovchiga fakultativ qayta 

sug‘urtalash  bo‘yicha  berayotgan  taklifida  risk  haqida  quyidagi 

ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak: 

-sug‘urta tashkilotining nomi va manzili; 

-qayta sug‘urta turi: proportsional yoki noproportsional; 

-riskning joylashgan joyi; 

-sug‘urta manfaati; 

-shartlar-sug‘urtalangan 

xavflar 

(qaysi 


risklardan 

sug‘urtalanadi  va  qaysilaridan  sug‘urtalanmaydi  (istisnolar)  to‘liq 

ko‘rsatiladi); 

-umumiy  sug‘urta  summasi,  qoplamaning  qaysi  valyutada 

to‘lanishi, stavkalar; 

-franshiza; 

-qayta  sug‘urtalovchiga  mukofot,  qayta  sug‘urta  komissiyasi 

va boshqa xarajatlar; 

-fakultativ qayta sug‘urtaning boshlanishi va tugash sanasi; 

-taklif qilingan ulush; 

-zararning oldini olish imkoniyati va choralari; 

-ekspert xulosasi; 

-bevosita sug‘urtadagi sug‘urtalovchining ulushi. 

Odatda  fakultativ  qayta  sug‘urtalash  jarayoni  sekin  kechadi, 

chunki  qayta  sug‘urtalovchi  riskni  obdon  o‘rganguncha  bir  muncha 

vaqt  ketadi.  Qayta  sug‘urtalovchi  riskni  o‘rganib  bo‘lib,  sug‘urta 

tashkilotiga  o‘zi  qabul  qila  oladigan  ulush  miqdorini  aytadi.  Yirik 



662 

qayta  sug‘urtalovchilar  o‘zlarining  fakultativ  qayta  sug‘urtalash 

bo‘linmalariga  ega.  Fakultativ  qayta  sug‘urtalashda  qayta 

sug‘urtalovchining  vazifasi  bevosita  sug‘urta  tashkilotining 

imkoniyatini  kengaytirish  bilan  cheklanib  qolmasdan,  balki  riskni 

baholash,  sug‘urta  shartnomalari  shartlarini  belgilash,  zararni 

oldini olish va ushbu masalalar bo‘yicha maslahat berishdan ham 

iborat.  Fakultativ  qayta  sug‘urta  sug‘urtalovchi  va  qayta 

sug‘urtalovchiga 

ko‘p 


qulayliklar 

yaratishi 

bilan 

birga 


kamchiliklarga  ham  ega.  Fakultativ  qayta  sug‘urtaning  asosiy 

kamchiliklari quyidagilardan iborat: 

1. qayta  sug‘urtaga  berilayotgan  risk  bo‘yicha  ma’muriy 

ishlar hajmining ko‘pligi; 

2. riskni  joylashtirishda  sug‘urtalovchining  har  bir  qayta 

sug‘urtalovchi bilan aloqada bo‘lishiga ketadigan ko‘p vaqt; 

3. sug‘urtalovchi 

sug‘urtalanuvchidan 

birdaniga 

uning 


moliyaviy imkoniyatlaridan katta riskni qabul qila olmaydi; 

4. fakultativ  qayta  sug‘urtalovchi  tomonidan  o‘rnatiladigan 

komission haq nisbatan kamroq bo‘ladi. 

Yuqoridagi  sanab  o‘tilgan  kamchiliklarga  qaramasdan 

fakultativ  qayta  sug‘urta  quyidagi  sabablarga  ko‘ra  amalda 

qo‘llaniladi: 

1.  oddiy  sug‘urta  shartnomalariga  to‘g‘ri  kelmaydigan 

maxsus risklarni qayta sug‘urtalashda; 

2.  obligatorli  qayta  sug‘urtalash  shartnomasida  qayta 

sug‘urtalash limitidan oshgan summani qayta sug‘urtalashda; 

3.  shartnoma  bo‘yicha  risklarning  zarar  xavfi  juda  yuqori 

bo‘lganda va qayta sug‘urtalovchining javobgarligini cheklashda; 

4.  bozorning  boshqa  sug‘urta  tashkilotlari  band  etgan 

segmentida sug‘urta tashkilotining teng ishtirok etishi. 

5.  sug‘urta  qildiruvchi  faoliyatining  yangi  yo‘nalishlarini 

sug‘urtalayotganda  sug‘urtalovchining  moliyaviy  imkoniyatlarni 

oshirishda; 

6.  sug‘urtalovchiga  sug‘urtaga  qabul  qilish  amaliyotini 

baholashda; 

7.  alohida  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  risklarni  sug‘urtalashda 

qayta sug‘urtalovchining tajriba va salohiyatidan foydalanish. 

Qayta  sug‘urta  qilish  operatsiyalari  nisbiy  va  nonisbiy 

shaklda  amalga  oshiriladi.  Nonisbiy  qayta  sug‘urta  qilishga 

nisbatan  nisbiy  qayta  sug‘urtalash  ancha  ilgari  paydo  bo‘lgan. 

Shu  nuqtayi nazardan  qaraganda  nisbiy  qayta  sug‘urtalashni, 

667 


•  Sug‘urta qoplamasi yuridik shaxsga qaysi hujjatlar asosida 

to‘lanadi? 

•  Yuridik  shaxslarning  mol-mulki  sug‘urtasini  rivojlantirish 

muammolari haqida so‘zlab bering. 

•  Mulkiy 

sug‘urta 

shartnomasi 

bo‘yicha 

nimalar 

sug‘urtalanishi mumkin? 

•  Shaxsiy  sug‘urta  shartnomasi  tuzishda  sug‘urta  qildiruvchi 

bilan  sug‘urtalovchi  o‘rtasida  nimalar  to‘g‘risida  kelishuvga 

erishilishi lozim? 

•  Shaxsiy  sug‘urta,  odatda,  fuqarolarni  qanday  xavf-

xatarlardan himoyalanishini nazarda tutadi? 

•  Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta turlariga nimalar kiradi? 

•  Majburiy  tarzda  amalga  oshiriladigan  shaxsiy  sug‘urtaning 

turlari nimalardan iborat? 

•  Sug‘urta  summasini  olish  uchun  sug‘urtalangan  shaxslar 

sug‘urtalovchiga qanday hujjatlarni taqdim etishi shart? 

•  Javobgarlik sug‘urtasi nima? 

•  Javobgarlik  sug‘urtasi  mazmun-mohiyati  jihatidan  nechtaga 

bo‘linadi?  

•  Fuqarolik-huquqiy javobgarlik qanday turlardan iborat? 

•  O‘zbekiston  sug‘urta  bozorida  javobgarlikni  sug‘urta 

qilishning qanday turlari amalga oshirilmoqda? 

•  Sug‘urta bozori deganda nima tushuniladi? 

•  Sug‘urta bozori qanday ishtirokchilarga bo‘linadi? 

•  Sug‘urta  bozori  professional  ishtirokchilari  tarkibiga  yana 

kimlarni kiritish mumkin? 

•  Sug‘urta  bozorida  sug‘urta  kompaniyalarining  mavqei 

qanday? 


•  Qayta  sug‘urta  yoki  qayta  sug‘urtalash  deyilganda  nimalar 

nazarda tutiladi? 

•  Qayta  sug‘urta  qilish  shartnomalari  qanday  o‘ziga  xos 

belgilarga ega? 

•  Tsedent va retrotsedent nima? 

•  Fakultativ,  obligator  va  fakultativ-obligatorli  qayta  sug‘urtalash 

deyilganda nimalar tushuniladi? 

•  Sug‘urta  ishi  amaliyotida  nisbiy  qayta  sug‘urtalashning 

qanday shakllari mavjud? 



666 

•  2002-yilning  5-aprelida  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi  qabul  qilgan  “Sug‘urta  faoliyati  to‘g‘risida”gi  qonunning  3-

moddasida sug‘urtaga qanday ta’rif berilgan? 

•  Sug‘urta  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  qanday  prinsiplarga 

asoslanadi? 

•  Sug‘urtaga qanday funksiyalar xos? 

•  Sug‘urta qanday shakllarda amalga oshiriladi? 

•  Sug‘urtaning  maqsad  va  vazifalari  mustaqillik  yillarida  tom 

ma’noda qanday o‘zgardi? 

•  Sug‘urta o‘z rivojlanish tarixida qanday bosqichlardan o‘tgan? 

•  Tijoratga 

asoslanmagan 

sug‘urtaning 

o‘ziga 

xos 


xususiyatlari nimalardan iborat? 

•  Tijorat  sug‘urtasi  paydo  bo‘lishining  bosqichlari  qanday 

davrlarni o‘z ichiga oladi? 

•  Sug‘urta  sohasidagi  fuqarolik-huquqiy  munosabatlar 

qanday yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi? 

•  Sug‘urta  faoliyatini  tartibga  soluvchi  qonun  hujjatlarini 

qanday turlarga bo‘lish mumkin? 

•  «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning asosiy mazmuni 

nimalardan iborat? 

•  Yuridik shaxslarning qanday mol-mulklari bilan bog‘liq mulkiy 

manfaati sug‘urta obyekti sifatida qabul qilinishi mumkin? 

•  Yuridik  shaxslar  mol-mulkining  sug‘urtasida  sug‘urta 

obyekti bo‘lib nima xizmat qiladi? 

•  Yuridik  shaxslar  mol-mulkini  sug‘urtalash  bo‘yicha 

shartnoma nimalar asosida tuziladi? 

•  Yuridik  shaxslarning  mol-mulki  qanday  hodisalarning  ro‘y 

berishi natijasida yetkazilgan zarardan sug‘urta qilinadi? 

•  Mol-mulklarni 

sug‘urta 

qilish 


sug‘urta 

faoliyati 

klassifikatorining qaysi klasslarida ko‘rsatilgan? 

•  Yuridik  shaxslar  mol-mulkini  sug‘urtasi  bo‘yicha  tuzilgan 

sug‘urta 

shartnomasiga 

muvofiq 

sug‘urtalanuvchi 

qanday 

huquqlarga ega? 

•  Yuridik  shaxslar  mol-mulkini  sug‘urtasi  bo‘yicha  tuzilgan 

shartnoma qaysi holatlarda bekor etilishi mumkin? 

•  Yuridik shaxslarning mol-mulki sug‘urtasida sug‘urtachining 

sug‘urta  qoplamasini  to‘lash  bo‘yicha  majburiyati  qachon 

boshlanadi? 

•  Sug‘urta  hodisasi  ro‘y  berganda  korxona  qanday  chora-

tadbirlarni amalga oshiradi? 

663 


ba’zan,  an’anaviy  qayta  sug‘urtalash  ham  deb  atash  qabul 

qilingan. 

Nisbiy  qayta  sug‘urta  qilishning  asosiy  mohiyati  shundaki, 

qayta  sug‘urta  tashkilotining  riskni  taqsimlashdagi  ulushi  sug‘urta 

tashkiloti  aniqlagan  nisbat  asosida  oldindan  aniqlanadi.  Ushbu 

nisbatga  qarab,  qayta  sug‘urtalash  mukofotining  va  sug‘urta 

tashkilotining  tegishli  ulushi  aniqlanadi.  Nisbiy  qayta  sug‘urta 

qilishning  prinsipi  “qayta  sug‘urtalovchi  sug‘urta  tashkilotining 

riskini bo‘ladi”, degan fikrdan iborat. 

Qayta sug‘urta shartnomasining  asosiy shartlari O‘zbekiston 

Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  959-moddasida  o‘z  ifodasini 

topgan.  Xususan,  unda  qayd  etilishicha  “sug‘urta  shartnomasi 

bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini yoki 

sug‘urta  pulini  to‘lash  xavfi  uning  tomonidan  to‘liq  yoki  qisman 

boshqa  sug‘urtalovchida  (sug‘urtalovchilarda)  u  bilan  tuzilgan 

qayta  sug‘urta  qilish  shartnomasi  bo‘yicha  sug‘urtalanishi 

mumkin

128


”.  Qayta  sug‘urta  qilish  shartnomasini  tuzgan  sug‘urta 

shartnomasi  (asosiy  shartnoma)  bo‘yicha  sug‘urtalovchi  keyingi 

shartnomada sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi. 

Qayta  sug‘urta  qilishda  sug‘urta  tovonini  yoki  sug‘urta  pulini 

to‘lash  uchun  asosiy  sug‘urta  shartnomasi  bo‘yicha  sug‘urta 

qildiruvchi  oldida  ushbu  shartnoma  bo‘yicha  sug‘urtalovchi 

javobgar bo‘lib qolaveradi. 

Biroq  asosiy  sug‘urta  shartnomasi  bo‘yicha  sug‘urtalanuvchi 

hisoblangan  sug‘urta  tashkiloti  sug‘urta  hodisasi  yuz  berishidan 

oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma bo‘yicha huquq 

va majburiyatlarining  qayta sug‘urta qilingan qismi qayta sug‘urta 

qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga o‘tadi. 

Ikki  yoki  bir  nechta  qayta  sug‘urta  qilish  shartnomalarini 

ketma-ket  tuzishga  yo‘l  qo‘yiladi.  Bunday  shartnomalarning  har 

biri  keyingi  qayta  sug‘urta  qilish  shartnomasiga  nisbatan  asosiy 

sug‘urta shartnomasi deb hisoblanadi. 

Xalqaro  amaliyotda  sug‘urta  tashkilotlari  va  ixtisoslashgan 

qayta sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida vositachilik faoliyatini amalga 

oshiruvchi  qayta  sug‘urta  brokerlari  muhim  rol  o‘ynaydi.  Shuni 

inobatga  olgan  holda  O‘zbekiston  Respublikasining  “Sug‘urta 

faoliyati 

to‘g‘risida”gi 

Qonunida 

qayta 


sug‘urta 

brokeri 


tushunchasiga  quyidagicha  ta’rif berilgan: “O‘z nomidan  va qayta 

sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi tariqasida 

ishtirok  etuvchi  sug‘urtalovchining  topshirig‘iga  binoan  qayta 

                                                 

128

 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2002.  




664 

sug‘urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish 

bo‘yicha  faoliyat  yurituvchi  yuridik  shaxs  qayta  sug‘urta  brokeri 

hisoblanadi”

129

.  Biroq, 2019-yil  1-yanvar  holatiga  O‘zbekiston 



Respublikasida birorta ham qayta sug‘urta bilan shug‘ullanadigan 

brokerlik  idoralari  tashkil  etilmagan.  Holbuki,  xalqaro  qayta 

sug‘urta  bozorlarida  qayta  sug‘urta  brokerlarining  faoliyati  keng 

taraqqiy  etganligini  inobatga  olsak,  bunday  tashkilotlarning 

keyinchalik  milliy  sug‘urta  bozorimizda  tashkil  etilishiga  shubha 

qilmasa ham bo‘ladi.  

 

Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki, 2007-yil  15-sentyabrda 



amalda  bo‘lgan  “Sug‘urta  faoliyati  to‘g‘risida”gi  Qonuniga 

qo‘shimcha  va  o‘zgartirishlar,  shu  jumladan  yangi  8

1

  modda 


kiritilgan. 

Bu 


moddada 

sug‘urta 

hamda 

qayta 


sug‘urta 

brokerlarining  huquq  va  majburiyatlari  yoritilgan.  Quyida  sug‘urta 

hamda  qayta  sug‘urta  brokerlarining  huquq  va  majburiyatlarini 

keltirib o‘tamiz: 

Sug‘urta  va  qayta  sug‘urta  brokerlari  quyidagi  huquqlarga 

ega: 


sug‘urtaning  (qayta  sug‘urta  qilishning)  har  qanday  turi 

bo‘yicha  vakolatlar  doirasida  vositachilik  faoliyatini  amalga 

oshirish; 

sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, 

sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) tanlash; 

sug‘urtalovchidan  litsenziyaning  mavjudligi,  ustav  fondining 

miqdorlari,  sug‘urta  zaxiralari  va  qabul  qilingan  majburiyatlar 

to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va 

moliyaviy  barqarorligiga  doir  boshqa  ko‘rsatkichlar  haqida 

ma’lumotlar olish; 

ekspert va maslahat xizmatlari ko‘rsatish. 

Sug‘urta  va  qayta  sug‘urta  brokerlari  qonun  hujjatlariga 

hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga 

ham ega bo‘lishlari mumkin. 

Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari: 

sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga  rioya 

etishi; 

sug‘urta  shartnomasini  tuzish  va  ijro  etish  bo‘yicha  to‘liq, 

ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so‘rovlariga ko‘ra 

taqdim etishi; 

                                                 

129


  O‘zbekiston  Respublikasining  “Sug‘urta  faoliyati  to‘g‘risida”gi  Qonuniga  qo‘shimcha  va  o‘zgarishlar  kiritish 

to‘g‘risida. – Xalq so‘zi, 2007 yil 15 sentyabr. 

665 

mijozning  tijorat  sirini  va  boshqa  sirini  tashkil  etadigan 



ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart. 

Sug‘urta  va  qayta  sug‘urta  brokerlarining  zimmasida  qonun 

hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa 

majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.  

Qayta  sug‘urta  qilish  shartnomalari  bir  tomondan  sug‘urta 

tashkilotlari  o‘rtasida  o‘zaro  tuzilishi  yoki  ikkinchi  tomondan, 

sug‘urta  tashkiloti  va  ixtisoslashgan  qayta  sug‘urta  tashkiloti 

o‘rtasida  tuzilishi  mumkin.  Dastlab,  sug‘urta  tashkiloti  o‘zining 

moliyaviy  qobiliyatini  mustahkamlash  maqsadida  qabul  qilib 

olingan  riskning  bir  qismini  boshqa  sug‘urta  tashkilotida  yoki 

ixtisoslashgan  qayta  sug‘urta  tashkilotida  sug‘urtalash  to‘g‘risida 

qaror qabul qiladi. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida 

sug‘urtalovchi  ixtisoslashgan  qayta  sug‘urta  tashkilotiga  murojaat 

qiladi. Agar qayta sug‘urta tashkiloti riskni qayta sug‘urta qilishga 

rozilik  bildirsa,  ular  o‘rtasida  qayta  sug‘urtalash  shartnomasi 

tuziladi.  Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  shartnoma  shartlarida, 

unda  ishtirok  etuvchi  tomonlarning  huquqlari  va  majburiyatlari, 

olingan  majburiyatlarning  bajarilishi  yuzasidan  javobgarlik, 

shartnomani  kuchga  kirishi,  amal  qilish  va  bekor  etilishi  qoidalari 

mujassam  bo‘lishi  kerak.  Shuningdek,  shartnomada  qayta 

sug‘urtalash  mukofoti  miqdori  va  javobgarlik  hajmi  ko‘rsatilishi 

zarur.  


Qayta  sug‘urta  qilish  shartnomalari  ba’zi  o‘ziga  xos 

belgilariga  ega  bo‘lib,  ushbu  holat  uni  boshqa  turdagi 

shartnomalardan  farqlaydi.  Shuning  uchun  ham  qayta  sug‘urta 

sohasini  nazariy  jihatdan  qaysi  sug‘urta  tarmog‘iga  kiritish  yoxud 

uni  mustaqil  sug‘urta  sohasi  sifatida  qarash  ancha  bahs 

munozarani talab qiladi. 

Agar  sug‘urta  hodisasi  ruy  bersa,  bu  haqda  sug‘urta 

kompaniyasi  qayta  sug‘urta  kompaniyasiga  darhol  xabar  qilishi 

kerak.  O‘z  navbatida,  qayta  sug‘urta  kompaniyasi  shartnomada 

ko‘zda  tutilgan  qoplamani  to‘lashi  shart.  Qayta  sug‘urta 

kompaniyasi  shartnoma  buyicha  o‘z  majburiyatlarini  to‘la-to‘kis 

bajarsa, u holda shartnoma bajarilgan hisoblanadi. 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish