Bir
tomonlama
moliyaviy
munosabatlar.
Bunday
munosabatlar, odatda, jamg‘armaning daromadlarini shakllantirishda
yoki uning xarajatlarini amalga oshirishda namoyon bo‘ladi.
Masalan, ko‘pchilik mamlakatlarda valyuta fondining tashkil etish
manbai markazlashtirilgan byudjet mablag‘laridan qaytarib
berilmaydigan subsidiya shaklidagi resurslar hisoblanadi. Bir
tomonlama moliyaviy aloqalar jamg‘arma daromadining bir
qismini moliya tizimining boshqa bo‘g‘iniga dotatsiya yoki
subsidiya sifatida o‘tkazganda ham vujudga keladi. Masalan,
AQShda tashkil etilgan Yo‘l jamg‘armasi maxsus soliqlar hisobiga
tashkil etiladi, ammo daromadlar xarajatlardan ortiq bo‘lgan
davrlarda Federal byudjetga zayom shaklida taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |