2.Iqtisodiy xususiyat kasb etuvchi jamg‘armalar. Bularning
tarkibi Respublika Yo‘l jamg‘armasi (ushbu jamg‘arma 2019-yil 1-
yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil
481
Yuqoridagilarni inobatga olib aytish mumkinki, davlat
byudjetidan moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan
xarajatlarning umumiy summasi moliya yili davomida qabul
qilingan davlat byudjeti ko‘rsatkichlariga muvofiqlashtirilishi kerak.
Ba’zi hollarda davlat byudjetining ijrosi davomida byudjetdan
ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish zaruriyati paydo
bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda byudjetdan ajratiladigan
mablag‘larga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritish bir davlat
byudjeti
mablag‘larini
oluvchi
uchun
davlat
byudjeti
mablag‘larining kamaytirilishi boshqa davlat byudjeti mablag‘larini
oluvchisi uchun davlat byudjeti mablag‘larining tegishli ravishda
ko‘paytirilishini nazarda tutgan tartibda:
1) tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining
10% ga qadari:
• davlat byudjetida ko‘rsatilgan davlat byudjeti mablag‘larini
oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan;
• Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti
mablag‘larini oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy
byudjetlardan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag‘larini
oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishilgan tegishli moliya organlarining taqdimnomasiga binoan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli
hokimlar tomonidan (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan
mustasno);
2) tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining
10% dan ortig‘i:
• davlat byudjetida ko‘rsatib o‘tilgan davlat byudjeti mablag‘larini
oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
tomonidan;
• Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti
mablag‘larini oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi
tomonidan
belgilanadigan
tartibda
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligining
taqdimnomasiga
binoan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy
byudjetlardan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag‘larini
oluvchilar uchun – tegishli moliya organlarining O‘zbekiston
482
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomasiga
binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda
joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan (kapital
qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti mablag‘ini oluvchining so‘roviga binoan moliya yili
uchun unga nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar
ayrim moddalar bo‘yicha (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan
mustasno) byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar teng miqdorda
kamaytirilgan va mazkur mablag‘larni oluvchi uchun nazarda
tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy hajmi
saqlab qolingan holda dastlabki hajmining 10% ga qadar
kamaytirilishi
mumkin.
Bu
holda
byudjetdan
ajratiladigan
mablag‘larga o‘zgartirishlar:
• Respublika byudjetidan ajratiladigan davlat byudjeti
mablag‘lariga – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy
byudjetlardan ajratiladigan davlat byudjeti mablag‘lariga –
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda
tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi.
Davlat byudjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish
alohida
ahamiyatga
ega.
Shu
sababli,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik
organlari, agar muayyan harakatlari davlat byudjeti taqchilligining
qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori darajasidan oshib
ketishiga olib keladigan bo‘lsa, davlat byudjeti daromadlarini
qisqartiruvchi yoki xarajatlarini oshiruvchi biron-bir harakat
qilishga haqli emaslar. Shunga mos ravishda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
byudjeti
hamda
mahalliy
byudjetlar
qabul
qilinganidan keyin moliya yili mobaynida ayrim turlar bo‘yicha
davlat byudjeti daromadlarini qisqartirishga olib keluvchi Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy
hokimiyat vakillik organining qarori, agar unda boshqa turlar
bo‘yicha daromadlarni ko‘paytirish va (yoki) davlat byudjeti
xarajatlarining tegishli miqdorda qisqartirilishi kerak bo‘lgan
moddalar nazarda tutilgan taqdirdagina, qabul qilinishi va amalga
kiritilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli davlat
byudjeti
xarajatlari
qisqartirilishiga
va
(yoki)
daromadlari
ko‘payishiga olib keluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
495
jamg‘arma ichida, jamg‘armalararo va moliya tizimining boshqa
bo‘g‘inlari o‘rtasida ko‘p qirrali moliyaviy munosabatlarni amalga
oshirishni
taqozo
etadi.
Amaliyotdagi
bunday
moliyaviy
munosabatlar bir tomonlama, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama
bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |