keyingi yilning 10-mayidan so‘ng tegishincha Qoraqalpog‘iston
491
21-BOB. DAVLATNING BYUDJETDAN TASHQARI
JAMG‘ARMALARI
21.1. Davlatning byudjetdan tashqari
jamg‘armalarining ijtimoiy iqtisodiy
mohiyati va ahamiyati
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari markaziy va
mahalliy davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli
xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar yig‘indisidir. Ular
alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo‘g‘ini hisoblanadi. Bu
jamg‘armalarni moliyaviy mablag‘larining shakllanishi, taq-
simlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita moliyaviy
me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtiriladi va tartibga
solinadi.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari ijtimoiy-iqtisodiy
xususiyatiga ko‘ra, muayyan bir aholi qatlami yoki investitsion
dastur ehtiyojlarini nazarda tutib, mamlakatda yaratilayotgan milliy
daromadni qayta taqsimlash orqali tashkil etiladi. Davlat
umumjamiyat ahamiyatiga molik bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy chora-
tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish uchun jismoniy va
yuridik shaxslarda shakllanayotgan moliyaviy resurslarning bir
qismini byudjetdan tashqari jamg‘armalari ixtiyoriga moliyaning
taqsimlash funksiyasi orqali jalb qiladi.
Tarixiy ma’lumotlarning darak berishicha, davlatning byudjetdan
tashqari
jamg‘armalarining
dastlabki
shakllari
hozirgi
davlatchilikning yagona markazlashgan fondi hisoblangan davlat
byudjetidan avval maxsus jamg‘arma ko‘rinishida shakllangan.
Ma’lumki, davlatning jamiyatni boshqarish sifatida faoliyat ko‘lami
kengaygan sari uning xarajatlarga bo‘lgan talabi ham oshib
boravergan. Ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat yoxud
uning vakolatiga ega bo‘lgan muayyan organ moliyaviy
mablag‘larni
maxsus
jamg‘armalarda
markazlashtirgan
va
maqsadli obyektlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirgan. Shuni
alohida qayd etish joizki, o‘sha paytlar markazlashgan Davlat
fondlari davr taqozosiga muvofiq, vaqtinchalik xarakteriga ega
bo‘lgan. Ya’ni davlat zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib,
moliyalashtirishni
tugatgandan
keyin
ushbu
jamg‘armalar
490
• Respublika
(Qoraqalpog‘iston),
viloyat
bo‘ysunuvidagi
shaharlarning moliya organlari shahar, tuman byudjetining hisobot
davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni kimlarga taqdim etishi kerak?
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahri moliya organlari tegishli byudjetlarning hisobot
davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni kimlarga va qaysi organ
belgilagan muddatlarda taqdim etmog‘i lozim?
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat
bojxona qo‘mitasi soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy
to‘lovlarning davlat byudjetiga hisobot davridagi tushumlari
to‘g‘risidagi hisobotni qanday muddatda va kimga taqdim etishlari
shart?
• Byudjetdan tashqari davlat maxsus jamg‘armalarini
taqsimlovchi
organlar
hisobot
davrida
davlat
maqsadli
jamg‘armalariga mablag‘lar tushumi va ulardan foydalanish
to‘g‘risidagi hisobotlarni kimga va qanday organ belgilagan
muddatlarda taqdim etishi lozim?
• O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjetining
ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga qachondan kechiktirmay taqdim etishi kerak?
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat
byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga qaysi muddatgacha taqdim etishi mumkin?
• Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot kim (qanday
organ) tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi?
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar kimlar tomonidan (qanday organ)
ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |