488
• Davlat byudjeti jarayonining oldiga qanday muhim vazifalar
qo‘yiladi?
• Umumiy tarzda, davlat byudjeti jarayonining ishtirokchilari
kimlar (qanday subyektlar) hisoblanadi?
• Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda qanday prinsiplarga
rioya qilinadi?
• Davlat byudjeti so‘rovining tarkibini aytib bering.
• Davlat byudjeti loyihasini tuzish jarayonida qanday
masalalar yechiladi yoki ularga aniqlik kiritiladi?
• Davlat byudjeti loyihasini tuzishda qanday maqsadlar kun
tartibiga qo‘yiladi?
• Davlat byudjeti loyihasini tuzishdan oldin O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi
moliya yiliga qanday organlarga davlat byudjeti so‘rovini yuborishi
kerak?
• O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi byudjet
loyihasini tayyorlashning qanday muddatlarini belgilaydi?
• Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan davlat byudjetining
loyihasini kim tayyorlaydi va u qaysi muddatgacha O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi kerak?
• Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan davlat davlat byudjeti
loyihasi o‘z ichiga qanday ko‘rsatkichlarni oladi?
• Byudjetnoma loyihasini kim ishlab chiqadi va unda nimalar
aks ettiriladi?
• Davlat byudjeti loyihasini tuzishda qanday holatlar hisobga
olinadi?
• Davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqishda qanday
metodlardan foydalaniladi?
• Davlat byudjetining loyihasi muhokama qilish (ko‘rib chiqish) va
tasdiqlash (qabul qilish) uchun qanday organga taqdim etiladi?
• Davlat byudjeti kim tomonidan qabul qilinadi?
• Davlat byudjetiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi
byudjeti,
viloyatlar
va
Toshkent
shahri
byudjetlari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi
tumanlar va shaharlar byudjetlari, shaharlar tarkibiga kiruvchi
tumanlar
byudjetlari
va
tuman
bo‘ysunuvidagi
shaharlar
byudjetlari qanday organlar tomonidan qabul qilinadi?
489
• Davlat byudjeti qabul qilingandan so‘ng uning mablag‘lari
byudjetdan mablag‘ oluvchilarga qanday tartibda va muddatlarda
yetkazilishi kerak?
• Byudjetni ijro etish qachondan boshlanadi?
• Davlat byudjeti jarayonining bu bosqichi qanday
vazifalarning bajarilishini qamrab oladi?
• Byudjetni ijro etishning muhim vazifasi ikki-yoqlamalik
xarakteriga egaligi qanday holatlarda namoyon bo‘ladi?
• Davlat
byudjetining
ijrosini
ta’minlashda
qanday
masalalarning hal etilishiga jiddiy e’tibor bermoq lozim?
• Davlat byudjeti ijrosiga oid bevosita ishlar qanday organlar
tomonidan amalga oshiriladi?
• Davlat g‘aznachilik tizimi davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha
qanday vazifalarni amalga oshiradi?
• Davlat byudjetining daromadlar bo‘yicha ijro etilishining
mazmuni nimada?
• Davlat
byudjeti
xarajatlarining
ijrosi
davomida
sanksiyalashtirishning asosiy bosqichlarini aytib bering.
• Tayinlash sertifikati nima?
• Davlat byudjeti qabul qilinmagan davr ichida davlat
xarajatlari qanday shartlarga rioya etilgan holda amalga oshirilishi
mumkin?
• Davlat byudjetining ijrosi davomida byudjetdan ajratiladigan
mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish tartiblari qanday?
• O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya
organlari Davlat byudjeti ijrosining nazorat qilinishi davomida
qanday ishlarni amalga oshiradilar?
• Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot o‘zida qanday
ko‘rsatkich va xulosalarni ifoda etadi?
• Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti
mablag‘larini oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan
hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni qachon
taqdim etishi kerak?
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy
byudjetlardan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag‘larini
oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida
foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni kimlarga taqdim etmoqlari
lozim?