Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


  Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

21.4.  Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish 

jamg‘armasi 

 

Bungacha  ushbu  jamg‘arma  o‘z  faoliyatini  turli  nomlarda 

(Davlat  mulki  jamg‘armasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi  huzuridagi  Davlat  mulki  jamg‘armasi,  Davlat  mulkini 

xususiylashtirishdan 

tushgan 


mablag‘lar 

jamg‘armasi) 

o‘z 

faoliyatini  amalga  oshirib  kelgan  bo‘lib,  dastavval  1992-yilda 



tashkil etilgan.  

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

“O‘zbekiston 

Respublikasi  Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish  va 

raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” gi 

2017-yil  18-apreldagi  PF-5016-son  Farmonini  ijro  etish  hamda 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Xususiylashtirilgan 

korxonalarga 

ko‘maklashish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi 

huzuridagi 

Xususiylashtirilgan 

korxonalarga 

ko‘maklashish 

jamg‘armasi  faoliyatini  tashkil  etish  maqsadida  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yilning  19-iyunida 

“O‘zbekiston 

Respublikasi 

Xususiylashtirilgan 

korxonalarga 

ko‘maklashish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi 

huzuridagi 

Xususiylashtirilgan 

korxonalarga 

ko‘maklashish 

jamg‘armasi  mablag‘larini  shakllantirish,  taqsimlash  va  ulardan 

foydalanish  tartibi  to‘g‘risidagi  Nizomni  tasdiqlash  haqida”gi  391-

sonli  Qarori  qabul  qilindi.  Davlat  mulkini  xususiylashtirishdan 

tushgan  mablag‘lar  jamg‘armasi  sifatida  o‘z  faoliyatini  amalga 

oshirib  kelgan.  Yangi  tashkil  etilgan  jamg‘armaning  avvalgisidan 

tubdan  farq  qiladigan  jihati  shundan  iboratki,  Davlat  mulkini 

xususiylashtirishdan  tushgan  mablag‘lar  jamg‘armasining  asosiy 

maqsadi  xususiylashtirishdan  tushgan  mablag‘larni  Davlat 

byudjeti  daromadiga  yo‘naltirish  bo‘lgan,  Xususiylashtirilgan 

korxonalarga  ko‘maklashish  jamg‘armasi  mablag‘lari  esa  ustuvor 

ravishda 

xususiylashtirilgan 

korxonalarni 

amaliy 


qo‘llab-

quvvatlashga  va  investitsiya  loyihalarini  hayotga  tatbiq  etishga 

qaratiladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Xususiylashtirilgan  korxonalarga 

ko‘maklashish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi 

huzuridagi 

Xususiylashtirilgan 

korxonalarga 

ko‘maklashish 

jamg‘armasi  yuridik  shaxs  maqomisiz  tashkil  etiladigan  davlat 

497 

yo‘llari  davlat  Qo‘mitasi  tasarrufiga  o‘tkazildi  va  uning  asosiy 



funksiyalarini  bajarish  maqsadidagi  manzilli  dasturlarni  kelishish 

va  moliyalashtirish  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

funksiyasiga o‘tkazildi), O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va 

taraqqiyot 

jamg‘armasi, 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasi  huzuridagi  Tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirishni 

qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasi  huzuridagi  Qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarining  davlat 

xaridi  va  qishloq  xo‘jaligini  texnika  bilan  jihozlashni  maqsadli 

moliyalashtirish jamg‘armasi va boshqalardan iborat. 

Davlatning 

byudjetdan 

tashqari 

jamg‘armalari 

huquqiy 


maqomiga  muvofiq  ham  klassifikatsiyalanadi.  Odatda,  ular 

federativ  siyosiy  tuzumga  asoslangan  davlatlarda  3  taga,  unitar 

siyosiy  tuzumga  asoslangan  mamlakatlarda  esa  2  taga  bo‘linadi. 

Jumladan,  Federativ  mamlakatlarda  Davlatning  byudjetdan 

tashqari jamg‘armalar quyidagilardan iborat: 

1. Federal boshqaruv mulkida bo‘lgan Davlat jamg‘armalari; 

2. Federatsiya tarkibida bo‘lgan shtat, respublika, yer, kantonlar 

va boshqalar mulkidagi mintaqaviy jamg‘armalar; 

3. Mahalliy (munitsipal) boshqaruv va ixtiyorida bo‘lgan mahalliy 

ahamiyat kasb etuvchi jamg‘armalar. 

 Unitar  siyosiy  tuzumga  asoslangan  davlatlarda  esa  bu 

jamg‘armalar: 

1) respublika tasarrufida bo‘lgan jamg‘armalardan;  

2) mahalliy  hokimiyat  ixtiyorida  va  boshqaruvida  bo‘lgan 

jamg‘armadan tashkil topadi. 

Bundan  tashqari  dunyoning  juda  ko‘p  davlatlarida  idoralar, 

vazirliklar  va  yirik  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  ixtiyorida  ham 

ko‘plab jamg‘armalar tashkil etilishi mumkin. 

O‘zbekiston 

Respublikasida 

mustaqillikning 

dastlabki 

kunlaridan  boshlab  Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini 

tashkil  etish  va  ularni  davr  talabidan  kelib  chiqqan  holda  davrga 

moslashtirish  chora-tadbirlari  amalga  oshirilib  kelinmoqda. 2002- 

moliya  yiliga  qadar  bunday  jamg‘armalarning  alohida  moliyaviy 

resurslarini  shakllantirish  va  ulardan  maqsadli  yo‘nalishlarda  foy-

dalanish  keng  qo‘llanilib  kelinar  edi.  Ammo  ayrim  byudjetdan 

tashqari  jamg‘armalarda  o‘z  vaqtida  va  to‘liq  moliyaviy  resurslarni 

shakllantirmaslik, aholiga berilayotgan va tarqatilayotgan moliyaviy 

resurslarda  kechikish,  uzilish  hollari  tez-tez  uchray  boshladi. 



498 

Buning  oldini  olish  maqsadida  2002-yildan  boshlab  umumdavlat 

ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  ayrim  davlatning  byudjetdan  tashqari 

jamg‘armalari  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tasarrufida 

bo‘lishi ma’qul deb topildi. Ammo shuni alohida qayd etish lozimki, 

ularning muxtoriyatliligi to‘liq saqlanib qolindi. 

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida bir 

qator  Davlatning  byudjetdan  tashqari  jamg‘armalari  mavjud. 

Ularning asosiylari quyidagilar:  

1. O‘zbekiston 

Respublikasi 

Moliya 


vazirligi 

huzuridagi 

byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi; 

2. O‘zbekiston  Respublikasi  Xususiylashtirilgan  korxonalarga 

ko‘maklashish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi 

huzuridagi 

Xususiylashtirilgan 

korxonalarga 

ko‘maklashish 

jamg‘armasi; 

3.  O‘zbekiston 

Respublikasi 

Bandlik 

va 


mehnat 

munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat 

jamg‘armasi; 

4. O‘zbekiston  Respublikasining  Tiklanish  va  taraqqiyot 

jamg‘armasi; 

5. O‘zbekiston  faxriylarni  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  “Nuroniy” 

jamg‘armasi; 

6. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat Qo‘mitasi 

ixtiyoridagi  Respublika  Yo‘l jamg‘armasi (ushbu jamg‘arma 2019-

yil 1- yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil 

yo‘llari  davlat  Qumitasi  ixtiyoriga  o‘tkazildi  va  uning  asosiy 

funksiyalarini  bajarish  maqsadidagi  manzilli  dasturlarni  kelishish 

va  moliyalashtirish  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

funksiyasiga o‘tkazildi); 

7. O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 

byudjetdan  tashqari  Ta’lim  va  tibbiyot  muassasalarining  moddiy-

texnika  bazasini  rivojlantirish  jamg‘armasi  (ushbu  jamg‘arma 

2019-yildan boshlab o‘z faoliyatini tugatdi). 

8. O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi 

Sug‘oriladigan  yerlarni  meliorativ  holatini  yaxshilash  jamg‘armasi 

(ushbu jamg‘arma 2019-yildan boshlab o‘z faoliyatini tugatdi). 

9. O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi 

Mutaxassislarni  xorijda  tayyorlash  va  vatandoshlar  bilan  muloqot 

qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi

 

va boshqalar.



 

Mablag‘lari soliqlar, majburiy to‘lovlar va jarimalar, shuningdek 

byudjet  transfertlaridan  shakllantiriladigan  davlat  maqsadli 

jamg‘armalari  davlat  funksiyalarini  amalga  oshirish  uchun  tashkil 

511 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish