3.3 Asalning tarkibi va xususiyatlari .
Gul asal- o’zining xushtamligi va shifobaxsh xususiyati bilan yuqori baholanadi. U qandlavlagi va uning mahsulotlaridan shakarqamishdan olinadigan shakardan,tarkibida qonga tez singadigan uzum va meva shakari, odamda modda almashinuvi tartibga soladigan fermetlar, vitaminlar, mineral moddalar organik va mineral koyalizotorning borligi bilan farq qiladi.(2-jadval)
3 – jadval.
Asal xillari
|
Suv
|
Invert
qand
|
Liva
qandi
|
Uzum
qand
|
SHakar
qamish
qandi
|
O’rik guli
|
14,81
|
81,83
|
42,90
|
38,93
|
0,70
|
Kungaboqar
|
22,13
|
75,03
|
43,91
|
31,10
|
0,00
|
Gurlandan
|
17,02
|
65,3
|
33,13
|
32,11
|
3,95
|
Urganchdan
|
16,80
|
66,83
|
37,38
|
29,41
|
2,62
|
Asal – “bol” o’simliklar gulidagi shira (nektar)ning asalari organizmida qayta ishlanishidan hosil bo’ladigan mahsuloti .
Asal rangi , hidi , mazasi jixatdan turlicha bo’ladi (masalan , tiniq rangli, navvot rangli va qo’ng’ir rangli). Asal turi uning qanday o’simlikdan yig’ilganidan va faslga bog’liq . Eng yaxshi asal tog’ asali , chunki u turli o’simliklardan yig’iladi : oq akatsiya , jo’ka (lipa) daraxti , beda , yantoq guli-dan yig’ilgan tiniq rangli asal soz asal hisoblanadi . Kanop o’simligidan yig’ilgan asal navvot rangli , grechixa o’simliginiki qo’ng’ir rangli bo’ladi
(4 - jadval) .Asal oziqlik , biologik va shifobaxsh xususiyati yuqori bo’lgan oziq – ovqat mahsuloti qatoriga kiradi.
Asalning shifobaxsh xususiyatga ega ekanligi juda qadim zamonlardan ma’lum . Turli kasalliklarni davolashda asalning foydali ekanligi Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida aytib o’tilgan .
Asalning kimyoviy tarkibi nixoyatda murakkab . Unda inson hayoti uchun zarur bo’lgan yetmishdan ortiq modda bor . Asalning asasiy qismi uglevod : glyukoza va fruktozadan iborat . Shuning uchun u organizmda tez hazm bo’ladi . Asalning tarkibida fermentlar borligi sababli u shifobaxsh xisoblanadi . Chunonchi , kraxmal va destrinni qandga aylantiruvchi diastaza , qandni glykoza va fruktozagacha parchalovchi ( aylantiruvchi ) invertaza , peroksid birikmalarni parchalovchi katalaza kabi fermentlar mavjud . Bulardan tashqari asal tarkibida kalsiy , natriy , kaliy , mangniy , temir , xlor , fosfor , oltingugurt , yod birikmalari , mis , rux , xrom , nikel , qo’rg’oshin , titan kabi mikroelementlar bor . Organik kislotalardan olma , sut , limon kislotalari , B2 , B6 , B1, B3, B5, BC , E, K , C vitaminlar va biostimulyotor ( organizmda hayotiy jarayonlarni kuchaytiruvchi modda) lar borligi aniqlangan .(5 - jadval)
Asalning 1kg da 3150 kal . bor . Asal yana turli farmakologik ta’sirga ega . U miqroblarni o’ldiradi , 10% li asal eritmasi bilan ingalyatsiya qilinsa , nafas yo’llaridagi kasalliklarni tuzatadi .
4- jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |