Ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 1,35 Mb.
bet9/10
Sana20.05.2022
Hajmi1,35 Mb.
#605163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Akmal kurs ishi

Asosiy ssenariyda pul-kredit siyosatini nisbatan qat’iy sharoitlari saqlab qolinsa, muqobil ssenariyda esa pul-kredit sharoitlarini biroz yumshatish hamda narxlar barqarorligi va iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilishi mumkin.
Kelgusi yillarda operatsion mexanizmni yanada takomillashtirish va pul bozorini rivojlantirish bilan birgalikda, ichki valyuta bozorida islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish, tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish va pul-kredit siyosati transmisson mexanizmi samaradorligini oshirish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Markaziy bankning diqqat markazida bo‘ladi.
Transmission mexanizm samaradorligini oshirish vazifasi moliya bozorini, xususan davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish, xususiy kapital bozori ko‘lamini oshirish va iqtisodiyotda banklardan tashqari moliyaviy vositachilik institutlarini rivojlantirish bilan bog‘liq hisoblanadi.
Kelgusi yillarda alohida ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan masala – bu inflyasiyaning uzoq muddatli barqaror omillarini bartaraf etish masalasi hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, iste’mol bozorida raqobatni rivojlantirish, iste’mol tovarlari
ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, tovarlar importida konsentratsiyalashuv darajasini pasaytirish, hududlarda savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish kabi choralarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Ushbu tarkibiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi inflyasiyaning target darajasiga yetganidan so‘ng pul-kredit sharoitlarini bosqichma-bosqich neytral shartlarga o‘tkazish imkonini beradi
Bugungi kunda markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati boʼyicha qarorlarni qabul qilish makroiqtisodiy tahlil va prognoz tizimi (FPAS) asosida amalga oshiriladi. Hozirda markaziy bank tomonidan foydalanib kelinayotgan chorak- lik prognozlashtirish modeli (QPM) makroiqtisodiy prognoz- larni ishlab chiqishdagi asosiy model hisoblanadi. QPM modeli oʼrta muddatli makroiqtisodiy prognozlarni shakllantirishga yordam beradigan, ochiq iqtisodiyotlar uchun yarim- strukturaviy modeldir.
Ushbu model toʼrtta asosiy bloklarning – ishlab chiqarish (IS egri chizigʼi), inflyatsiya (Fillips egri chizigʼi), qisqa muddatli foiz stavkasi (pul-kredit siyosat reaktsiyasi funktsiyasi) va valyuta kursi(qoplanmagan foizlar pariteti sharti) oʼzaro bogʼliqligi asosida qurilgan. 2021 yil davomida modelning yuqorida keltirilgan bloklarga fiskal va kredit bloklarini ham qoʼshish orqali model kengaytirildi.
2022 yil va keyingi yillarda QPM modeli yangi bloklar (xususan, tashqi sektor koʼrsat- kichlari) bilan toʼldiriladi va model parametrlari iqtisodiyot- dagi tarkibiy oʼzgartirishlarni aks ettirishga moslashtiriladi.
Bundan tashqari, turli makroiqtisodiy koʼrsatkichlar oʼrtasidagi bogʼliqliklarni aniq- lash, ularni prognozlashtirish uchun ekonometrik modellar qatorini kengaytirish koʼzda tutilgan.
Yalpi ichki mahsulot hajmi real oʼsishini qisqa muddatli davrlar uchun prognoz qilishda DFM, VAR va ARDL kabi modellarni ham takomillash- tirib borish boʼyicha alohida yoʼnalishda ishlar tashkil etiladi.
Keyingi yildan boshlab xalqaro moliya institutlari texnik koʼmagi asosida makroiqtisodiy siyosatni tahlil qilish, turli xil iqtisodiy koʼrsatkichlarning bir-biriga
bogʼliqligini oʼrganish maqsadida dinamik stoxastik umumiy muvozanat modelini (DSGE) joriy etish maqsad qilingan.
Bu modelь pul-kredit, fiskal va umumiy iqtisodiy siyosatning muvofiqligini baholashga yordam
beradi. Shuningdek, qabul
qilingan qarorlarning alohida koʼrsatkichlarga taʼsirini miqdoriy baholash uchun ishlatiladi.
2021 yilda inflyatsiya darajasini qisqa muddatli prognoz qilishda BVAR modelidan foydalangan holda dastlabki natijalar eʼlon qilingan boʼlib, keyingi bosqichda ushbu modelni toʼliq joriy qilish boʼyicha ishlar davom ettiriladi.
Bundan tashqari, oʼtgan davr- dagi inflyatsiya omillarini tahlil qilish uchun VECM modellaridan toʼliq funktsiyada foydalanish boʼyicha choralar koʼriladi.
Inflyatsiya darajasi va unga taʼsir etuvchi omillar, shuning- dek, aholi va tadbirkorlik subʼektlarining inflyatsion kutilmalarini oʼrganish uchun har oyda Markaziy bank tomonidan oʼtkaziladigan inflyatsion kutilmalar boʼyicha soʼrovnoma, choraklik aholining isteʼmol kayfiyati soʼrovlar oʼtkazish tizimi va soʼrovnomani tahlil qilish metodologiyasini tako millashtirish rejalashtiril- moqda.
Shuningdek, keyingi yildan boshlab aholi va tadbirkorlik subʼektlarining uzoq muddatli inflyatsion kutilmalarini (ikki yillik va uch yillik) ham oʼrganib borish tizimi yoʼlga qoʼyiladi.
Respublika hududlaridagi narxlar dinamikasi va omillari, iqtisodiy jarayonlar va kutilmalarni sifat jihatdan oʼrganish boʼyicha yangi tizim joriy etiladi. Har bir hududning oʼziga xos jihatlaridan kelib chiqib iqtisodiy jarayonlar, inflyatsion omillar va iqtisodiy agent- larning xatti-harakatlariga si- fat jihatidan baho berilib, umumlashtirib boriladi. Bu maʼlumotlar pul-kredit siyosati sohasida qarorlar qabul qilishda qoʼshimcha komponent sifatida ishlatiladi.
2021 yilning avgust oyidan joriy etilgan asosiy isteʼmol tovarlari narxlarini onlayn kuzatish (NOK) tizimi imkoniyatlari yanada kengayti- rilib, narxlarni toʼplash, umumlashtirish va guruhlashtirish jarayonlari toʼliq inson omilisiz avtomatik tarzda ishlashi yoʼlga qoʼyiladi. Narxlari kuzatiladigan savdo nuqtalari soni va ulardan olinadigan maʼlumotlar koʼlami kengaytirib boriladi.
Isteʼmol narxlari indeksi boʼyicha rasmiy koʼrsatkichlarning faqat oylik davriylikda eʼlon qilinishi inflyatsion targetlash rejimida narxlar dinamikasini tezkor tahlil qilish imkoniyatlarini cheklamoqda. Ushbu davriylikni qisqartirish masalasi muqobil koʼrsatkichlarni hisoblab chiqish zaruratini yuzaga keltirdi.
Markaziy bank tomonidan 2021 yil avgust oyidan boshlab mamlakatimiz aholisi koʼp isteʼmol qiladigan asosiy tovar va xizmatlar narxlari oʼzgarishlarini muqobil manbalardan inson omilisiz tezkor ravishda kuzatib borish va doimiy monitoringini amalga oshirish maqsadida narxlarni onlayn kuzatish (NOK) tizimi joriy qilindi.
Koʼpchilik davlatlarning statistika organlari va markaziy banklari tomonidan soʼnggi yillarda narxlar oʼzgarishini internet sahifalari va masofaviy tizimlardan foydalangan holda jamlash va tahlil qilib borish tizimlari (price scanning&web scraping) amaliyotga joriy etilmoqda. Bu tizimlar orqali internet sahifalarida barcha uchun keng foydalanishda boʼlgan maʼlumotlar asosida avvaldan tanlab olingan isteʼmol tovar va xizmatlari narxlarini tezkor ravishda va kichik davriylikda (kunlik, haftalik) kuzatib borish mumkin boʼladi.
Mamlakatimizda ham yirik savdo supermarketlari, ishlab chiqaruvchilar, doʼkonlar, xizmat koʼrsatuvchi subʼektlarning onlayn savdo platformalari rivojlanib borishi, onlayn savdo nuqtalari sonining ortishi, shu bilan birga pandemiya sharoitlarida onlayn xizmat turlarining keng rivojlanishi Oʼzbekistonda ham narxlarni onlayn kuzatish tizimini joriy qilish imkonini berdi.
Yigʼilgan keng qamrovli maʼlumotlar toʼplami Xalqaro valyuta fondining uslubiy qoʼllanmasi (International Pul-kredity Fund “Consumer Price Index Manual 2020: Consepts and Methods) va Yevropa Ittifoqi Statistika byurosi koʼrsatmalariga asosan qayta ishlanadi. Qayta ishlangan maʼlumotlar Davlat statistika qoʼmitasi tomonidan isteʼmol narxlari indeksini qoʼllashda foydalaniladigan tovar va xizmatlar vaznlari asosida umumlashtiriladi va haftalik asosda Isteʼmol narxlari muqobil indeksi (INMI) hisoblab chiqiladi.
Ushbu tizimning afzalliklaridan biri maʼlumotlarining aniq, shaffof va tezkorligidadir. Yaʼni bunda maʼlumotlar onlayn rejimda maksimal darajada inson omilisiz amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda narxlarni onlayn kuzatish tizimi orqali 50 ga yaqin internet sahifasi ilovalaridan 1000 ga yaqin narxlar kuzatib boriladi.
Buning uchun aholi tomonidan eng koʼp isteʼmol qilinadigan va umumiy INI tarkibida eng yuqori vaznga ega boʼlgan 261 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda xizmatlar tanlab olindi. Bunda:
- oziq-ovqat mahsulotlari 114 ta;
- nooziq-ovqat mahsulotlari 108 ta;
- xizmatlar 39 tani tashkil etadi.
Davlatning pul-kredit siyosatining muayyan turini tanlashini nima aniqlaydi? Markaziy bankning pul-kredit siyosatining ustuvor vazifalari qanday aniqlanadi?
Qoida tariqasida, bu davlatning moliyaviy tizimidagi mavjud barqarorlik darajasiga va umuman mamlakat iqtisodiyotining dinamikasiga bog'liq. Agar milliy iqtisodiyot rivojlanayotgan bo'lsa, u holda Markaziy bank liberal strategiyani tanlashi mumkin: u qoida tariqasida investitsiyalarni qo'llab-quvvatlaydi va bozorning band bo'lmagan segmentlari sharoitida ishbilarmonlik faolligini rag'batlantiradi. Qisman, bu jiddiy moliyaviy inqirozdan keyin yuzaga kelgan xavflarni rad etishning tabiiy keskin ko'tarilishini engib o'tishga qodir. Ushbu buzilishlar, chunki ular buzilish bo'lib, bizning iqtisodiyotimizdagi jiddiy buzilishlar - ish kuchi va kapitalning ishsizligi va deflyatsiya xavfini engish uchun zarurdir. Savol, xavfsizlikni sotib olish tugallangach va keyin foiz stavkalari ko'tarilganda qanday muammolar paydo bo'lishi mumkin. Federal Rezerv ushbu xavflarni aniq nazorat qiladi va beqarorlik manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish uchun turli usullardan foydalanadi. Iqtisodiyotda inqiroz yuzaga kelsa, davlatning pul-kredit siyosatidagi maqsadlar o'zgarishi mumkin. Bunday holda inflyatsiyani pasaytirish zarurati tug'ilishi mumkin. Yuqorida aytib o'tganimizdek, konservativ pul-kredit siyosati ushbu maqsadga yordam beradi. Shuning uchun uning maqsadlari asosan shtatdagi iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Agar milliy iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan bo'lsa - pul-kredit siyosati ba'zi belgilar bilan, boshqalar esa inqiroz tendentsiyalari bilan tavsiflanishi mumkin. Uning fikricha, moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga bo'lgan bunday yondashuv hozirgi sharoitda foiz stavkalari ko'tarilayotgan sharoitdan ustundir, bu xavflarning ayrim turlariga xalaqit berishi mumkin, ammo ayni paytda yuqori ishsizlikni saqlab turadi va deflyatsiya xavfini oshiradi.
Menimcha, Federal Rezervning o'z vositalarini qanday sozlashiga qisqa muddatli siyosiy aralashuvdan mustaqillik narxlar barqarorligini ta'minlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Federal Rezerv o'zining siyosiy harakatlari ushbu maqsadlarga qanday erishishini tushuntirishi kerak va agar ular bajarilmasa, nima uchun bunday qilinmaganligini. Agar qonunchilik maqsadlariga erishish uchun alternativ strategiyalar taklif qilingan va istiqbolli ko'rinadigan bo'lsa, Federal Rezervdan nega bu alternativalarni rad etganligini so'rashingiz kerak.
Pul-kredit siyosatini tasniflashning yana bir keng tarqalgan mezoni shkaladir. Shunday qilib, iqtisodiy tartibga solishning umumiy va tanlangan usullari ajralib turadi.
XULOSA
Tadqiqot ishini bajarish jarayonida quyidagi ilmiy xulosalarni
shakllantirishga muvaffaq boʻlindi:
1. Bozor iqtisodiyoti tizimidagi mamlakatlarda pul-kredit siyosatni toʻgʻri amalga oshirilishi avvalo mazkur mamlakat pul tizimining barqarorligiga erishilishiga va natijada esa umumiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga sabab boʻladi. Bunda, Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valuta barqarorligini ta’minlash, valuta kursi va foiz stavkalarini oqilona oʻrnatish asosida inflyatsiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror oʻsishini ta’minlaydi. Bunga erishish uchun esa pul bozorida talab va taklifga ta’sir koʻrsatish orqali muomaladagi pul massasini muvofiqlashtirishdan amalga oshiriladi.
2. 2020-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi YaIMning nominal miqdori barqaror iqtisodiy oʻsish tendentsiyasiga ega boʻlganligi makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanganligidan dalolat beradi va ushbu jarayonda pul-kredit omillar muhim oʻrin tutadi. Ushbu davr mobaynida respublikamiz tijorat banklari tomonidan jalb qilingan depozitlar va ularning umumiy kapitali miqdorining oʻsish tendentsiyasiga ega boʻlganligi tijorat banklari kredit qoʻyilmalarining yuqori sur’atlarda oʻsishiga zamin yaratdi.
3. Mamlakatimizda moliyaviy bozorlar va umuman bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasini hisobga olib bugungi kunda majburiy zahira talablari Markaziy bank olib borayotgan pul-kredit siyosatning tayanch instrumenti ekanligi asoslidir. Ammo jahon amaliyotida ushbu instrumentdan toʻliq voz kechilayotgan yoki “zahira” instrument sifatida foydalanilayotgan bir paytda mamlakatimizda zahira normalarining yuqori darajada qolishi munozaralidir.
4. Shu mobaynida soʻmning devalvatsiya sur’atiga ega boʻlganligi respublikamiz importyorlarining xorijiy valutalardagi toʻlovlari miqdorining oshishiga olib keldi va investitsion loyihalarni moliyalashtirish samaradorligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirdi.
5. Ayni vaqtlarda inflyatsiyaning yillik darajasi barqaror tarzda saqlab turishga muvaffaq boʻlinganligi milliy valutaning barqarorlik darajasi oshishiga olib keldi hamda tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’doga ega ekanligi, davlat budjetining profitsit bilan bajarayotganligi milliy valutaning barqarorligiga ijobiy ta’sir koʻrsatdi.
Yuqorida oʻtkazilgan tahlillarga asoslanib Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatini takomillashtirish bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishda quyidagi takliflarni keltiraman:
1. Markaziy bank yaqingacha pul taklifini targetlab kelganini va yaqin kelajakda inflyatsiyani toʻlaqonli targetlashga oʻtishini, shuningdek, xorijiy kapitalni kirib kelishi bilan bogʻliq boʻlgan kreditlarni haddan tashqari tez oshib ketishini ham hisobga olib, majburiy zahiralardan foydalanishni bosqichmabosqich liberallashtirib borishi kerak.
2. Dastlabki bosqichda, muddatli va jamgʻarma depozitlar boʻyicha zahira normalarini pasaytirish va shu yoʻl bilan banklarning ushbu depozitlarga omonatlarni jalb etishini yanada ragʻbatlantirish lozim.
3. Naqd pullarning bankdan tashqari aylanmasini kamaytirish va ushbu mablagʻlarni bank depozitlariga jalb etish borasida tegishli dasturlar ishlab chiqish kerak.
4. Naqd va naqd pulsiz hisob – kitoblar orasidagi sun’iy tafovutni kamaytirish, buning uchun ichki bozorni import oʻrnini bosuvchi sifatli mahalliy mahsulotlar bilan toʻlaroq qondirish borasida tegishli chora – tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiq boʻlardi.
5. Mamlakatimizda kapital bozorining toʻliq shakllanmaganligi va uzoq muddatli vositalarning taqchilligi Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda. Ushbu muammolarni hal etish maqsadida Hukumatning qisqa va oʻrta muddatli qimmatli qogʻozlari hamda Markaziy bankning obligatsiyalari emissiya hajmini oshirish lozim deb oʻylayman.
6. Inflyatsiyani toʻlaqonli targetlash uchun narxlar barqarorligi Markaziy bank pul-kredit siyosatining yagona pirovard maqsadi boʻlishi shart. Hozir qonunchilikda belgilangan “milliy valutaning barqarorligini ta’minlash” maqsadini milliy pul birligining tashqi (soʻmning kursi) va ichki (past va barqaror inflyatsiya) barqarorligini ta’minlash sifatida koʻrish mumkin. Shuning uchun, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan “milliy valutaning barqarorligini ta’minlash” jumlasini “soʻmning harid qobilyatini ta’minlash” deb oʻzgartirish kerak deb oʻylayman.
Respublika Markaziy bankining transparentligini oshirish uchun bu sohada peshqadamlik qilayotgan rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyotidan kelib chiqib dastlabki bosqichda quyidagi takliflarni joriy qilish maqbul deb oʻylayman:
 Markaziy bankning yillik moliyaviy hisoboti, bozor sharhlari va statistik ma’lumotlarini doimiy davriy ravishda chop etish;
 jamoat oldidagi chiqishlar, interv’yu va brifinglarni doimiy faol ravishda tashkillashtirish;
 pul-kredit va bank boshqaruvi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini doimiy nashr etish;
 Markaziy bank faoliyati muammolari yechish boʻyicha jalb etilgan bank mutaxasislari, ekspertlar va olimlarning ochiq konferentsiyalarini doimiy oʻtkazib borish.


Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish