O’zbekistonda pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri.
Iqtisodiyotimizning jahon xoʻjalik va moliyaviy-iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotgan hozirgi sharoitda yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay, mamlakatimizda amalga oshirilgan chora-tadbirlar evaziga iqtisodiyotimizning nafaqat barqaror faoliyat koʻrsatishiga, balki uning yuqori oʻsish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishilmoqda. Bunda, Markaziy bankning amalga oshirayotgan pul-kredit siyosati alohida ahamiyatga egadir
2021 yilda O‘zbekiston YaIM 7 foizga o‘sgani ma’lum qilindi
Yakunlanayotgan yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 7 foizga o‘sgani, inflatsiya uzoq yillardan beri birinchi marta 10 foizdan pasaygani rasman ma’lum qilindi. Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda ham YaIM o‘sishi 7 foizdan kam bo‘lmasligi kerakligini aytdi.
30 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kelgusi yilda iqtisodiyot tarmoqlari va kommunal soha barqaror ishlashini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Rasmiy relizga ko‘ra, joriy yilda yalpi ichki mahsulot 7 foizga, sanoat 9,5 foizga, xizmatlar 20 foizga, qurilish sohasi 6 foizga, qishloq xo‘jaligi 4 foizga o‘sgan. Inflatsiya darajasi 10 foizdan past bo‘lgan.
Eksport hajmi 16,5 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan qariyb 1,3 milliard dollarga oshdi. Umumiy qiymati 12,4 milliard dollarlik 318 ta yirik va 14 mingta hududiy loyihalar ishga tushdi.
Yig‘ilishda kelgusi yilda ham iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, yalpi ichki mahsulot va sanoatni 7 foizdan yuqori, xizmatlarni qariyb 30 foizga oshirish maqsad qilingan.
Davlat rahbari yangi yilning boshidanoq barcha tarmoq va hududlar tizimli ishlab, bu maqsadlarga erishish uchun mustahkam zamin yaratish kerakligini ta’kidladi.
2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 318,5 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,2% ga o‘sdi.
YaIM o‘sishi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi – qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 1,8%, sanoatda 8,5%, qurilishda 0,1% va xizmatlar sohasida 8,0% darajasida qayd etilgan ijobiy o‘sish sur’atlari hisobiga ta’minlandi.
Hududlar kesimida yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent sh. (14,0%), Sirdaryo (12,3%), Toshkent (7,8%) va Qashqadaryo (7,7%) viloyatlarida qayd etildi.
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 2021-yilda 7,4 foizga o‘sdi
O‘zbekistonda 2021-yilda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 7,4 foizlik o‘sishga erishdi. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda YaIM hajmi 734,6 trillion so‘mni tashkil etdi va o‘sish 7,4 foiz bo‘ldi. 2020-yil bu ko‘rsatkich 580,2 trillion so‘mni tashkil qilgan edi.
Aholi jon boshiga hisoblangan YaIMning hajmi 21 million so‘mga yetdi. Bu esa 2020-yilgiga qaraganda 5,3 foizga ko‘proqdir. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, Jahon banki 2021-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 4,3 foizga o‘sishini prognoz qilgan edi.
Kichik tadbirkorlik (biznes) ning asosiy ko‘rsatkichlari (26.01.2022)
O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi hajmi 216164,5 mlrd. so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,0% ni tashkil etdi, shu jumladan:
kichik korxonalar va mikrofirmalar 62020,8 mlrd. so‘m
dehqon xo‘jaliklari 154143,7 mlrd. so‘m
Do'stlaringiz bilan baham: |