Amaliy tadqiqotlar – arxiv ishi ahvolini o’rganish va uni yanada yaxshilash maqsadida o’tkaziladigan tajriba va eksperimentlar Ilmiy ishlanmalar – nazariy va amaliy tadqiqotlar yakuniga ko’ra arxiv ishini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalar, joriy etishga mo’ljallangan qoidalar, nizomlar va hokazo. Nazorat savollari 1. Davlat arxivlari faoliyatini qaysi muassasalar nazorat qiladi? 2. Davlat arxiv muassasalari qanday yo’llar bilan moliyalashtiriladi? 3. O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi qanday funksiyalarni bajaradi? 4. Viloyat hokimliklari huzuridagi arxiv bo’limlarining vazifalari nimalardan iborat? 5. Arxivlarni boshqarish ishi qanday bo’g’inlardan iborat? 6. Arxiv xodimlari qanday sifatlarga ega bo’lishlari kerak? 7. Kadrlar bilan ishlash tizimi nimalarni o’z ichiga oladi? 73 8. Arxiv xodimlarining malakalari qanday yo’llar bilan oshiriladi? 9. Arxiv muassasalarida qanday yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi? 10.Arxivlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan asosiy maqsad nima?