Arxeografiya to’g’risidagi
tushuncha
Arxeografik to’plam
mavzusini tanlash
Муаммоли савол: Археографик тўплам мавзусини
танлашда нималар эътиборга олинади?
74
mustamlakachilik davri, tarixi, milliy ozodlik, jadidchilik harakatlari, sovet davri
hamda Turkiston, Xorazm, Buxoro va O’zbekiston Respublikasi tarixi bilan
bog’lik mavzular, istiqlolchilik harakati, kollektivlashtirish muammolari shunday
mavzular sirasiga kiradi. Hujjatlar to’plami uchun mavzu tanlanayotganligini
nazarda tutib, shu mavzu bo’yicha kulyozma hujjatlar arxivlarda qay darajada
saqlanayotganligini, ya’ni bor yoki yo’qligini, ko’p yoki ozligini ham hisobga olish
lozim. Tanlangan mavzu bo’yicha manbalar yetarli bo’lsagina bu mavzu davlat
arxivi tomonidan tasdiqlanadi va ish boshlanadi.
Mavzu yangiligi, shu mavzuga oid ilmiy adabiyotlarda u qanday ishlab
chiqilganligi ishning ahamiyatini belgilashda muhim o’rin tutadi. Tanlangan
mavzu yangi va fanda hali kam tadqiq qilingan bo’lishi zarur. Tarixiy
adabiyotlarda yetarlicha to’la yoritib berilgan mavzuni qayta ishlashning foydasi
yo’q. Shuning uchun hali o’rganilishi ahamiyatli bo’lgan, yangilik elementlari bor
mavzularni tanlashga harakat qilish kerak. Buning uchun mavzuga oid adabiyotlar
bilan tanishib chiqish talab etiladi.
Mavzuni tanlashda yana shu narsa muhimki, tadqiqotchi, tarixchi-arxivchi
O’zbekiston tarixi bilan shug’ullanadigan ilmiy-tadqiqot institutlarining bu
sohadagi istiqbolli rejalarini hisobga olgan holda ish boshlasa, maqsadga muvofiq
bo’ladi. Shunday qilib, ilmiy ishning mavzui tarix fanining vazifalaridan kelib
chikkan xolda tanlanishi zarur.
Mavzuni aniq, ifodalash juda muhim ahamiyat kasb etadi. U aniq
ifodalangan bo’lishi lozim. Shundagina olib borilgan tadqiqot muvaffaqqiyatli
chiqishi mumkin.
Mavzu nomida masala, muammodan tashqari hududiy va xronologik
doiralar ham ko’rsatilishi zarur. Agar hududiy doiralar tor bo’lsa, u holda
xronologik doiralarni kengaytirish, va aksincha, agar xronologik doiralar tor
bo’lsa, hududiy doiralarni kengaytirish kerak. Tadqiq qilinishi ko’zda tutilayottan
mavzuning rejasi ham chuqur o’ylanib tuzilishi lozim, toki boblar va paragraflar
mavzu mazmunini to’la ochib bersin.
Ish rejasini tuzishdan avval
adabiyotlar va manbalar
bibliografiyasini tuzib olish hamda adabiyotlarni sinchiklab o’rganib chiqish zarur.
Adabiyotlarni o’rganish jarayonida mavzuga doir asosiy masalalar doirasi aniqlab
olinadi va shu asosda ish rejasi tuzib chiqiladi. Reja tadqiqotchining ilmiy ishni
tayyorlash borasida qilinadigan ishlarida ma’lum bir qo’llanma bo’lib xizmat
qiladi. Ishda qanday masalalar yoritilishi zarurligini aniq belgilab olish va uni
chuqur tasavvur etish materiallar, hujjatlarni to’g’ri topish, hamda tanlash uchun
juda muhim davr hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot rejasi boshqa har qanday ilmiy ish
rejasi singari to’plam tuzuvchilar tomonidan to’plamning mas’ul muharriri
rahbarligida tuziladi.
Dastlab ilmiy ish rejasi tuziladi. Demak, bu rejada hali mukammal
Do'stlaringiz bilan baham: |