Tayanch iboralar Arxeografiya – arxiv hujjatlarini nashr qilishga tayyorlashning qoida va usullarini o’rganadigan fan Arxeografik to’plam – arxiv hujjatlarini o’z ichiga olgan to’plam Arxeografik to’plam Mavzusi – nashr qilishga mo’ljallangan hujjatlar to’plami mavzusi Arxeografik to’plam Rejasi – e’lon qilinayotgan hujjatlarning mazmuniga ko’ra to’plamning bob va paragraflarining nomi Nazorat savollari 1. Arxeografiya nima? 2. Arxiv hujjatlarini nashr etish qanday ahamiyatga ega? 3. Arxeografik to’plam deb nimaga aytiladi? 4. Arxeografik to’plamning mavzusini tanlashda nimalar e’tiborga olinadi? 5. Arxeografik to’plamning rejasi qanday tuziladi? 77 6. To’plamning taxminiy rejasi deganda nimani tushunasiz? 7. Ish rejasi qanday tamoyillar asosida tuziladi? 8. Ish rejasining strukturasi haqida gapirib bering. 9. Siz e’lon qilingan arxiv hujjatlari bilan tanishmisiz? Ular haqida so’zlang. 10.Hozirgi kunda qanday arxeografik to’plamlar chiqarish zarur deb hisoblaysiz?