Муаммоли савол: Шахсий таркиб хужжатлари
доимий сақлов учун қандай танланади?
83
yuritish bilan birgalikda tuzilgani uchun ham hujjatlarning bu turida muassasa
tarixi, uning tuzilmasi, vazifalari, faoliyati, shuningdek alohida shaxslarning
tarjimayi holini tadqiq qilish uchun ma’lumotlar jamlangan. Bunday hollarda
davlat saqlovi uchun shaxsiy tarkibga oid buyruq va farmoyishlarning hammasi
ajratib olinishi maqsadga muvofiqdir.
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq va farmoyishlar u yoki bu shaxsning ishga
tayinlanishi, ishdan ishga ko’chirilishi, ishdan bo’shatilishi hamda lavozimi
xaqidagi, uning ishdan ishga o’tkazilishi va bo’shatilishi sabablari xaqidagi
axborotlarni beradi. Bunday axborotlar shaxs anketalarida, shaxsiy tarkib hisobi
varaqalaridagi tarjimayi hollarda va boshqa hujjatlarda ham mavjuddirki, shaxsiy
yig’majildlar asosan shunday hujjatlardan tarkib topadi. Ayni paytda shaxsiy
yig’majildlarda buyruq va farmoyishlar (ulardan olingan nusxa va ko’chirmalar)
bo’lmasligi ham mumin. Shuning uchun ham agar shaxsiy yig’majilddar
saqlanmagan bo’lsa, shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq va farmoyishlar davlat
saqloviga olinishi kerak.
Ayrim hollarda shaxsiy tarkib hisobi bo’yicha mufassal kitoblar (jurnallar,
ro’yxat daftari) tuzilgan. Ularda ishchi (xizmatchi) ning familiyasi, ismi, otasining
ismi, uyi va tug’ilgan joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, ma’lumoti, partiyaviyligi, ish
staji, lavozimi va bu lavozimga tayinlangan sana ko’rsatiladi. Bunday kitob (jurnal,
ro’yxat daftar) lardan ijtimoiy-demografik tadqiqotlarda, shuningdek u yoki bu
shaxsning tarjimai holini o’rganishda foydalanish mumkin. Shuning uchun ham
hujjatlarning bu turlari davlat saqloviga qabul qilinishi kerak.
Qator korxonalarda ishga qabul qilish va bo’shatish haqidagi xatlar
konvertlarda - shaxsiy yig’majildlarda to’planadi. Bunday hollarda ularni davlat
saqloviga ajratish shaxsiy yig’majildlar bilan bir xil o’tkaziladi.
Agar ishga olish va ishdan bo’shatish haqidagi «xatcha» lar alohida
yig’majildlarda to’plansa, ularni davlat saqloviga qabul qilish masalasi ishchi va
xizmatchilar hisob varaqalarining nechog’li saqlangani va ularning davlat
saqloviga qay darajada qabul qilinishiga bog’liq. Chunki bu varaqalarda
«xatcha»lardagi axborot to’la takrorlanadi.
Agar arxivlarda talab qilib olinmagan mehnat daftarchalari mavjud bo’lsa,
davlat saqloviga ularning tarixiy-biografik tadqiqotchilar uchun ahamiyatli bo’lgan
qismigina ajratib olinishi mumkin. Bunda shaxsiy yig’majildlar uchun o’rnatilgan
mezonlar nuqtai nazaridan yondashiladi. Shaxsiy jamg’arma tarkibiga kiradigan
mehnat daftarchalaridan boshqa mehnat daftarchalarini davlat saqloviga qabul
qilish ma’qul emas.
Shaxsiy yig’majildlar va odatdagidek ularning tarkibiga kiradigan hujjatlar
(formulyar, xizmatni o’tash va mehnat ro’yxatlari, rag’batlantirish, bildirishlar,
ta’til berish haqdagi buyruqlar, obuna, tarjimayi hol, tavsifnoma, kafolatnoma va
h.) quyidaggi hollarda davlat saqloviga qoldirilishi mumkin:
agar ular hyech bir tomondan o’zini ko’rsatmagan shaxsga tegishli bo’lgani
holda bu shaxsiy jildda boshqa mashhur kishilar haqida ma’lumot bo’lsa;
agar shaxsiy yig’majildda o’sha davr voqyealarini sharhlaydigan, boshqa
muassasalar ishini ko’rsatadigan faktik axborotlar bo’lsa.
Shaxsiy yig’majildlarni davlat saqloviga ajratayotganda, yuqorida qayd qilib
84
o’tilganidek, ular birma-bir ekspertiza qilinadi, ya’ni varaqma-varaq o’qib
o’rganiladi. Shaxsiy yig’majildlarda ikkinchi darajali, qaytariq va yaroqsiz
hujjatlarning ko’plab uchrashi o’z-o’zidan ularni «ichki ekspertiza» natijasi bilan
yoqib yuborish maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi.
Mehnat ro’yxatlaridagi axborot bilan shaxsiy yig’majildlarda to’plangan
hujjatlardagi ma’lumotlar bir-birini kaytarayotganga o’xshaydi. Shuning uchun
ham mehnat ro’yxatlarining davlat saqloviga olinishi masalasi mehnat ro’yxatlari
va shaxsiy yig’majildlarning qay darajada saqlanganligiga qarab hal etiladi.
Oylik ish haqi miqdorini tasdiqlaydigan hujjatli materiallar (hisob-kitob,
to’lov, talab vedomostlari) faqat muassasa jamg’armasida kasblar bo’yicha
o’rtacha ish haqi, ishchilarning yoshi, jinsiga qarab bo’linishi haqida statistik
materiallar bo’lmagan taqdirdagina davlat saqloviga qoldirilishi mumkin.
Tarixiy-biografik va ijtimoiy tadqiqotlarda foydalanish mumkin bo’lgani
uchun shaxsiy mukofotlash yig’majildlari va mukofotlash kog’ozlari davlat
saqloviga qabul qilinishi lozim.
Mukofotlash uchun taqdim etilgan shaxslar ro’yxati ularni mukofotlayotgan
idora tasdig’i bilan davlat saqloviga ro’yxat tasdiqlangan joydan qabul qilinadi.
«Mukofotlanganlarning shaxsiy hisob varaqlari» nomli kataloglarga solish
va ilmiy-ma’lumotnoma apparata sifatida foydalanish uchun davlat arxivlariga
qabul qilinishi mumkin. Mukofotlanganlarning shaxsiy hisob varaqlari ijtimoiy va
boshqa ilmiy tadqiqotlar uchun katta ilmiy qimmatga ega bo’lgani tufayli ham
ularni doimiy saqlash tavsiya etiladi.
Davlat saqloviga birinchi navbatda shaxsiy nafaqaxo’rlarning pensiya
yig’majildlari ajratib olinishi kerak. Ular o’zida jamiyat va davlat oldida alohida
xizmat qilgan shaxslar haqida qimmatli ma’lumotlar mujassam etgani bilan ham
tarixiy-biografik tadqiqotlar uchun foydalidir. Ulardan davlat va jamoat arboblari,
madaniyat va san’at xodimlari, ko’plab tarixiy voqyealarning bevosita
ishtirokchilari xaqida bebaho ma’lumot olish mumkin. Shaxsiy nafaqaxo’rlar oila
a’zolarining pensiya yig’majildlari ham doimiy saqlashga molik.
Shunday qilib, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni tanlab olish va davlat
arxivlarida saqlash arxiv xodimlarining muhim ishi bo’lib, bu hujjatlar turkumi
jamiyat taraqqiyoti jarayonini o’rganishda o’ziga xos betakror manba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |