Hujjatlarni yig’ish va tanlash
usuli
78
hujjatlardan ko’chirma olish foydalidir. Hujjatlardan ko’chirmalarning xar birini
alohida-alohida varaqlarga yozish maqsadga muvofiq. Shunda ularni ayrim
masalalar bo’yicha istalgan tartibda joylashtirish oson bo’ladi.
Adabiyotlar, e’lon qilingan manbalar bilan birga vaqtli matbuotni ham
o’rganib borish foydadan holi emas. Gazeta va jurnallardan to’plam uchun hujjatlar
yig’iladi. Shuningdek, ular tadqiq qilinayotgan davrni, mavzuga oid tarixiy
jarayonlarni har tomonlama o’rganishda ko’maklashadi.
Yuqorida hujjatlar to’plamini tayyorlashda kitoblardan, e’lon qilingan
manbalardan foydalanibgina qolmasdan, balki vaqtli matbuotdan, ya’ni gazeta va
jurnallardan ham foydalanish kerak deyildi. Vaqtli nashrlarda muhim davlat
hujjatlari, davlat rahbarlarining nutqlari e’lon kilinadi, iqtisodiyot, fan, madaniyat
sohasida erishilgan so’nggi yutuqlar, jamiyat xayotidagi muhim voqyealar yoritib
boriladi.
Gazetadagi materiallar tematikasi, ularning joylashtirilishi, maxsus
bo’limlar, ruknlar talabaga, tadqiqotchiga uni qiziqtirayotgan mavzu uchun
materialni qiynalmasdan topish imkonini beradi. Jurnallarda esa ulardagi
mundarijalar, hamda yil bo’yi e’lon qilingan maqola va materiallar ro’yxati
(odatda, bunday ro’yxatlar jurnalning xar yili oxiridagi sonida e’lon qilinadi)
kerakli maqola va chiqishni topishda yordam beradi. Gazeta va jurnal
materiallarini o’qish chog’ida ulardan zarur ko’chirmalar olib borish maqsadga
muvofiq. Bu ish materialning mazmuniga qarab qilinadi. Shuningdek, gazeta va
jurnallardan mavzuga doir hujjatlardan ham nusxa olinadi.
Vaqtli matbuotda rasmiy hujjatlar (Oliy Majlis sessiyalari materiallari va
boshqa muhim anjumanlarning qarorlari, stenografik hisobotlari va protokollari)
bilan bir qatorda jamoat tashkilotlari, jamoalar, mexnatkashlarning alohida
vakillari haqidagi materiallar ham muntazam berib boriladi.
Aynan mana shunday materiallarning arxivlarda kamligi vaktli matbuot
materiallarining tadqiqot uchun muhim manbaga aylanishidan dalolat beradi.
Ilmiy asar tayyorlashsa arxiv hujjatlarining ahamiyati benihoyat kattadir.
O’zbekiston tarixiga doir ko’plab voqyea va ijtimoiy xodisalarni faqat arxiv
hujjatlari orqali bilish mumkin. Shuning uchun hujjatlar to’plamini tuzishda asosan
arxiv hujjatlaridan foydalanish maqsadga muvofik.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, bunga e’lon qilingan kitoblarni o’qib, hujjatlarni
yig’ib bulgandan keyin kirishish mahkuldir. Chunki ilmiy ishlarda foydalanilgan
hujjatlarni, dalil va misollarni arxivdan olishning xojati yo’q. Bunday hollarda
tadqiqotchilarga zarur ma’lumot va hujjatlarni kitoblardan, matbuotdan olish
tavsiya qilinadi. Arxivdan faqat yangi, boshqa olimlar hali foydalanib ulgurmagan
hujjatlarni olish maqsadga muvofiqdir. Shunday arxiv hujjatlari asosida yangi
xulosalar qilish, fikrlar aytish va fanga yangilik kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |