Manbalar va adabiyotlar Alimov I va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997. Teoriya i praktika arxvnogo dela v SSSR. Moskva, 1980. 11- Mavzu: Yig’majildlar tavsifi Reja: 1. Yig’majildlarni tavsiflash haqidagi tushuncha 2. Yig’majildlarni tavsiflashdagi axborot unsurlari Arxivlar ilmiy faoliyatining yo’nalishlaridan biri hujjatlar va yig’majildlarni tavsiflashdir. Yig’majildlarning tavsifi arxivlarda tuziladigan Yig’majildlarni tavsiflash haqida tushuncha 50 barcha ma’lumotnomalarning asosi hisoblanadi. Yig’majildlar tavsifi muassasalarda ish yuritish jarayonida yoziladi, ularni muassasa arxivlariga topshirish paytida yakunlanadi. Arxivlarga umuman tavsiflanmagan yoki talab darajasida tavsiflanmagan yig’majildlar topshirilgan taqdirda ularni tavsiflash ishi muassasa yoki davlat arxiv-larida amalga oshiriladi. Yig’majildlarni tavsiflashdan asosiy maqsad har bir yig’majildning tarkibi vamazmunini aniq aks ettirish va shu asosda hujjatlarni tezda topish hamda ulardan foydalanishni ta’minlashdan iboratdir. Hujjatlarni ilmiy asosda tavsiflash ularning tarkibi va mazmunini obyektiv tarzda yoritishni taqozo etadi. Yig’majildlarni tavsiflashda differensial yondashuv talab qilinadi. Fondlarning qaysi kategoriyaga mansubligini e’tiborga olgan holda ma’lumot unsurlari turli yo’llar bilan bayon etilishi zarur. Yig’majildlarni tavsiflashda ularga xos bo’lgan quyidagi asosiy belgilar aniqlanadi va muqovasiga yozib qo’yiladi: Tashkilot va uning tarkibiy qismi nomi; Yig’majildning nomenklatura bo’yicha indeks raqami; Sarlavha; Boshlanish va tugash sanasi; Varaqlar miqdori; Saqlash muddati; Arxiv shifri. Alohida muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlarni tavsiflash paytida qisqa annotasiya yozish, shuningdek bu hujjatlarning asl nusxa yoki ko’chirma nusxa ekanligi, ularni to’laligi darajasi va yaratish usuli qayd etiladi. Tashkilot (muassasa) va uning tarkibiy qismi nomi. Muassasaning nomi yig’majildni qaysi fondga mansubligini bildiradi. Muassasaning nomi to’liq shaklda hamda qavsning ichida rasmiy tarzda qisqartirilgan holda yozilishi kerak. Masalan, O’zbekiston SSR Markaziy Statistika boshqarmasi (O’zSSR MSB). Agar tashkilot (muassasa) ning nomi o’zgargan bo’lsa, muqovada uning barcha nomlari qayd etilishi shart (yig’majildlardagi hujjatlarda o’z aksini topgan davr davomida). Muassasaning nomidan so’ng uni tarkibiy qismining nomi yoziladi. Bunday ma’lumotlarning aks ettirilishi arxiv fondi miqyosida yig’majildlarni turkumlash ishini osonlashtiradi. Yig’majild indeksi. Yig’majildlarning indeksi ularning nomenklatura bo’yicha tartib raqamini ko’rsatadi. Yig’majildlar indeksi ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish tizimini aks ettiradi.