QATLAMLAR KESIMIDA O’ZGARISHI UNUMDORLIKKA TASIRI. M.Xalilova, S.M.Nazarova Buxoro davlat universiteti
Ushbu maqolada tuproqlarning agrofizik holati tuproq zichligining unumdorlikka va
ozuqa moddalariga tasiri ko’rsatib o’tilgan. O’rganilgan tajribalarda zichlikning qatlamlar
kesimida ortib borishi ozuq moddalari (azot, fosfor, kaliy) va gumusning turlicha o’zgarishiga
olib kelgan.
Respublikamizda sug’oriladigan tuproqlardan samarali foydalanishda resurs tejamkor
texnologiyalarni joriy etish orqali ilmiy asoslangan dehqonchilikni qo’llashga katta etibor
berilmoqda va keng qamrovli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi
prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tashabbuslari bilan qishloq xo’jaligidagi islohotlarni
chuqurlashtirish va yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunlarni amalga oshirish, hozirgi
davrning dolzarb talablari darajasiga ko’tarildi. U kishining tashabbuslari bilan 2017-2021
yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu strategiyada qishloq xo’jaligida jadal
foydalaniladigan sug’riladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va meliorativ va
irrigatsiya obyektlarining tarmog’ini rivojlantirish, qishloq xo’jaligining barcha sohalarida
zamonaviy ilg’or resurs tejamkor texnologiyalarni qo’llash orqali qishloq xo’jaligini
modernizatsiya va jadal rivojlantirishga uning huquqiy asosini mustahkamlashga alohida o’rin
berilgan.
Qorako’l tumani zarafshon daryosining quyi qismida viloyatning janubidagi Qorako’l
vohasida joylashgan shimoliy va shimoliy sharqdan Jondor tumani janubi sharqdan Olot tumani
janub va g’arbdan Turkmanistonning lebab viloyati bilan shimoli g’arbdan Romitan tumani bilan
chegaradosh maydoni 9.84 ming km
2
sug’oriladigan yerlar 19462,8 ga. Sharqiy qismida 200-300
m dan baland bo’lmagan qirlar shimoliy va shimoli g’arbiy qismi Qizilqum cho’li Qorako’l va
Mohonko’l vohalari bilan band. Iqlimi keskin kontinental.Yanvarning o’rtacha tempraturasi 1.8
0
eng past tempratura 33
0
iyulning o’rtacha temraturasi 28,5
0
eng yuqori temperatura 45,3
0
vegetatsiya davri 213 kun yillik yog’in 150-200mm ko’p qismi bahor va qishda yog’adi. Voha
hududida tarqalgan tuproqlar asosan qumli cho’l tuproqlari quruq o’zanli o’tloqi bo’z, qumoq
bo’z tuproqlar, alliviual yotqiziqlardan iborat. Botiqlarda sho’rxoklar tuzli massivlar (zamontov)
g’arbiy qismini taqir, qum dyumlari va barxanlar egallagan. Namuna olingan maydon Qorako’l
Tuman Zarafshon massivi Do’rmon qishlog’i Jonibek Abdusalom o’g’li Fermer xo’jaligidan
olindi.