Таълим вазирлиги бухоро давлат университети



Download 5,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/200
Sana22.06.2022
Hajmi5,16 Kb.
#691793
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   200
Bog'liq
0хирги туплам

 
 
Миқ
до
ри

ҳи
со
би
да
Тупроқ гуруҳлари
2010й.
2019й.


82 
SHO’RLANGAN TUPROQLARNING UNIMDORLIGIN OSHIRISH TADBIRLARI. 
O.G.Sultashova, A.A.Kewnimjaeva, A.A.Abdijamilov 
 
Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti
Inson faoliyati ta’sirida biosfera juda tezlik bilan o’zgarishi kuzatilmoqda. Insoniyatning 
tabiiy jarayonlarga ana shunday kushli ta’siri natijasida har xil ekologik muammolar ko’paydi. 
Ta’kidlab o’tadigan bo’lsak, Orto Osiyo davlatlari, xususan, O’zbekiston Respublikasi ma’lum 
hududlarida vaqti-vaqti bilan kuchli shamol va jadal yomg’irlar va yana boshqa ekologik 
o’zgarishlar tez-tez kuzatilmoqda. Natiyjada bu insonlarni oziq-ovqat bilan ta’minlovchi asosiy 
manba bo’lgan tuproq unimdorligiga o’z sa’lbiy ta’sirin ko’rsatmoqda. Misol uchun, atmosfera 
yog’in-sochini, shamol harakati hamda ekologik muhitning o’zgarishi tufayli hozirgi kunda 
sho’rlangan tuproqlar maydoni ortmoqda. 
O’rto Osiyo, jumladan, O’zbekistonda sho’rlangan tuproqlarni har tomomlama o’rganish 
borasida V.A.Kovda, V.V.Egorov, M.A.Pankov, A.M.Rasulov, O.K.Kamilov va boshqalarning 
xizmatlari kattadir. 
O’zbekiston Respublikasi xo’jaliklari maydonlarini meliorativ kadastr ma’lumotlariga 
asosan mavjud 4,3 mln.ga sug’orish maydonlaridan 2,3 mln.ga (53%) sho’rlangan yerlar 
hisoblanadi. Bundan ko’rininb turibdiki, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning 
yarimidan ko’bi o’simliklarning o’sishi va undan mo’l hosil olishga to’sqinlik qiladi.
3
Orol fojiyasi tufayli Qoraqolpoqston Respublikasi hududida ham sho’rlangan 
tuproqlarning maydoni ortmoqda. Amudaryo hamda Sirdaryoning suvlari dengizga yetib 
bormasligi oqibatida suvdan bo’shab qolgan qumli va sho’rli maydonlar dengiz akvatoriyasida 
2.5-3 mln.ga tashkil qiladi. Mana shu yerlarda har yili 125-175 mln tonna qum changlari va 20-
40 tonna tuzlar shamol orqali dexqonchilik qilinadigan yerlardga olinib kelinmoqda.
2
Tuproqlarning sho’rlanishi-ekinlar hosilini keskin ravishda kamaytirib yuboradi. Kushli 
sho’rlangan yerlarda esa o’simliklar butunlay o’smay, nobud bo’ladi. Tuproqdagi tuzlar 
tuproqning mexanik va agrofizik xossalarining yomonlashuviga olib keladi.
4
Ta’kidlab o’tadigan 
bo’lsak, tuproq unimdorligi va o’simliklarning o’sib rivojlanishi bevosita bog’liq bo’lgan tuproq 
issiqliq rejimiga o’z sa’lbiy ta’sirin ko’rsatadi. Ya’ni tuproqdagi issiqlikning pasayishiga olib 
keladi. 
Past haroratda o’simliklarning o’sishi susayib vegetaciya davri cho’ziladi va o’simliklar 
hosili kamyadi. 
Sho’rlangan tuproqlar unimdorligini oshirish o’simlik ildizi tarqalgan qatlamda zararli 
tuzlar miqdorining maqbul darajaga kamaytirishdan iborat. Bunga erishish uchun quyidagi 
tadbirlar amalga oshiriladi. 
Gidrotexnik tadbirlar-maxsus qurilgan zovurlar yordamida yer osti suvlari sathini maqbul 
chuqirlikda boshqarish. Yer osti suvlari sathini zovurlar yordamida boshqarish hisobiga tuproq 
qatlamidagi tuzlarning ildiz tarqalgan qatlamiga ko’tarilishi keskin kamayadi.
Agromeliorativ tadbirlar kuzda yoki erta bahorda amalga oshiriladigan sho’r yuvish. 
Agromeliorativ tadbirlar qatoriga tuproqqa ishlov berish (kuzgi shudgor, ekishdan oldin tuproqqa 
ishlov berish, qator oralarini yumshatish), ekinlarni o’z vaqtida va kerakli me’yorda sug’orish 
ham kiradi. Ular o’z vaqtida sifatli o’tkazilsa, pastki qatlamdan, yer osti suvlari tarkibida 
kapillyar bo’shliqlar orqali tuproq yuzasiga tuzlarning ko’tarilishi keskin kamayadi. 
Biologik tadbirlar-sho’rlangan yoki sho’rlanishga moyil bo’lgan dalalarda (o’rtacha va 
kam sho’rlangan) 2-3 yil davomida ko’p yillik o’tlar (beda, sudan o’ti va boshqalar) ekiladi. 
Dalaning ustki o’simlik bilan qoplangan tuprog’ida bug’lanish keskin kamayadi va ustki 
qatlamda tuz yig’ilmaydi.
3
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tuproqlarning sho’rlanishida joyning iqlimiy sharoiti katta 
ahamiyatka ega ekan. Shuning sababli, u joylarda iqlimiy sharoitlarni hisobga olib yangi yerlarni 
o’zlashtirish, uning hosildorligini oshirish hamda agrotexnik tadbirlarga tayangan holda 
tuproqlarni sho’rlanishiga yo’l qo’ymaslik kerak. 


83 
O’zbekiston Respublikasi hududida tarqalgan sho’rlangan tuproqlarning agrofizik 
xossalari to’liq o’rganib chiqilmagan. Bu bo’yisha hozirda ham ilimiy ishlar olib borilmoqda. 
Biz o’z ilimiy ishlarimizda Qoraqolpog’iston Respublikasi hududida tarqalgan harxil 
tuproqlarning agrofizik xossalarin o’rganib chiqishni maqsad qilib qo’ydik va kelgusida ilimiy 
ishlarimizda davom ettiraniz. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
1.www.ziyonet.uz 
2.Abdullaev S.A., Nomozov X.Q. Tuproq melioratsiyasi «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» 
Davlat ilimiy nashriyoti, Toshkent-2011 
3.Ramzanov O., Yusupbekov O. Tuproqshunoslik va dehqonchilik «Sharq» nashriyoti Toshkent-
2003 
4.Ковда В.А. Основы учения о почвахю М.:Наука 1973 

Download 5,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish