ADABIYOTLAR
1.
P.Po‘latova,
L.Nurmuxamedova,
Sh.Amirsaidova
Maxsus
pedagogika --Toshkent:Fan va texnologiyalar .2014
66
2.
Fayziyeva U.Yu. Zaif eshituvchilarni savodga tayyorlash va savod
o‘rgatish: ped. fan. kand. ...diss. – T., 1994. – 118 b.
3.
L.Mo‘minova, Sh.Amirsaidova va boshqalar Maxsus psixologiya
.Toshkent:Fan va texnologiyalar .2013.
4.
Л.А.Головчиц Дошкольная сурдопедагогика .— Москва:
Просвешение,2009. —108 с
BOSHLANG`ICH SINFLARDA OT SO’Z TURKUMINI
O’QITISHDA “INSERT”METODIDAN FOYDALANISHNING O’ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI.
MAMAYUSUPOVA SAODAT MAMATQULOVNA-
katta o’qituvchiJizzaxdavlatpedagogikainstituti
NARIMONOVAMAHLIYOJDPItalabasi
Аннотация.В статье описаны методические основы использования
метода «Вставка» в обучении группе слов в начальной школе.
Annotation. This article describes the methodological basis for the use
of the "Insert" method in the teaching of the word group in primary school.
Jamiyat taraqqiyotida,yurt, millat taqdirida o’sib kelayotgan yosh
avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim
o’rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
“Dunyo shiddat bilan o’zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam
rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo’ladigan
bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy kamolga yetishga intilishga
e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”.
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini
takomillashtirish, yoshlarning huquq manfaatlarini himoya qilish, ularning
barkamol bo’lib voyaga yetish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida bir
qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yo’lga qo’yildi, muayyan
natijalarga erishildi.
Har qanday to`g`ri tanlangan metodlarni qo`llash mashg`ulotning
qiziqarli va samarali bo`lishini ta`minlaydi. Avvalo, o`quvchi o`zi o`rganishi
kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o`rgata olmaydi;
“Ot” mavzusini o’rganish tizimi maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib,
bunda shu so’z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari
aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog’liqlikda o’rganiladi,
shuningdek, otdan nutqda to’g’ri foydalanish va to’g’ri yozish malakasini
shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o’rganish vazifalari,
o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun
material hajmi, ularni o’rganish izchilligi belgilangan.
Boshlang’ich sinflarda otni o’rganish vazifalari quyidagilar:
1) “ot” haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
67
2) kim? so’rog’iga javob bo’lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima?
so’rog’iga javob bo’lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan)
otlarni farqlash ko’nikmasini hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo’yilgan
nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko’nikmasini
shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko’plikda qo’llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo’shimchalari bilanto’g’ri qo’llash ko’nikmasini
shakllantirish;
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarining
yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o’quvchilar lug’atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq,
o’rinli foydalanish malakasini o’stirish;
8) so’zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Quyida biz “Insert” metodi asosida Ot so’z turkumini o’rganish usulini
taqdim qilamiz.
Eng avvalo bu metodni qo’llash jarayonida 3-sinf ona tili darsligidagi
218-mashq matnini olamiz. Sarlavhasiz berilgan matnli mashqlardan
boshlaymiz.
Un, guruch, non, yog`, shakar, qand, makaron va boshqa mahsulotlar
oziq-ovqat do’konlarida sotiladi.
Dehqon bozorlaridan yil bo’yi piyoz, kartoshka, karam, sabzi kabi
sabzavotlarni, shuningdek, olma, olxo’ri, tog`olcha, uzum, nok, behi, anor kabi
mevalarni xarid qilish mumkin.
Bu mahsulotlar kishilar tomonidan iste’mol qilinadi. Ular tarkibida inson
salomatligi uchun zarur darmon-dorilar bor.
Matn har bir guruh o’quvchilariga o’qitiladi. Matn necha qismdan
iboratligi va har qaysi qismda nimalar haqida gapirilgani o’quvchilardan
so’raladi.
1-qism uchun oziq-ovqat do’konlarida yana qanday mahsulotlar sotilishi
so’raladi? O’quvchilar qancha ko’p aytishsa demak ularda shunchalik numa?
So’rog`iga javob bo’ladigan so’zlar haqida tushuncha to’g`ri shakllanganligini
bilib olishimiz mumkin. Sanalmaydigan otlar qaysi so’zlar ekanligini ham bilib
olishimiz mumkin.
2-qism uchun o’quvchilarga yana qanday sabzavotlar va mevalar matnda
berilmaganligi so’raladi. O’quvchilar sholg`om, turp, lavlagi va boshqa
savzavotlarni nomini keltirishadi. Sanaladigan otlar haqida tushunchaga ega
bo’lishadi.Matn boshidan boshlab nima? so’rog`iga javob bo’lgan so’zlardan
boshlanib jamlash asosida mahsulotlar, sabzavotlar, mevalar nomlari bilan
umumlashtirilayotgani o’qituvchi tomonidan ta’kidlanadi. Bu mahsulotlar
kimlar tomonidan istemol qilinishi so’raladi va aynan matn ichidan ana shu so’z
ishtirok etgan gap o’qitiladi. So’roq beriladi kimlar? kishilar.
Matn nima uchun sarlavhasiz berilganligi o’qituvchi tomonidan
tushuntiriladi.Har qaysi qismga sarlavhaga nomlar topish topshirig`i beriladi.
O`qituvchi o`quvchilarga bilimlarni “kashf qilishga” yordam beradigan
68
jarayonni tashkil qiladi.Bilim borliqdan ko`chirilgan nusxa emas, uni odam
shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |