61
Bugungi kunda yoshlarni mukammal ta’lim va tarbiya egallashi uchun
barcha qulayliklar, shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan
ta’lim olishlari uchun mukammal sharoitlar yaratilmoqda. Bunda yuksak
ma’naviyatli, shijoatli, keng dunyo qarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar
yoshlarni tarbiyalash uchun barcha ishlar amalga oshirilmoqda. Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining o‘qishga bo‘lgan
ijobiy munosabati, o‘qish savodxonligi,
asosiy matematik amallarni bilish va ularni kundalik hayotda qo‘llay olish,
mantiqiy va tanqidiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini tuta bilish,
yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash kabi ko'nikmalarni
shakllantirishdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy
texnologiyalarning joriy etilishi o‘qituvchining ta’limberish jarayonidagi
faoliyatini mukammallashtirishga olib keladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
ta’lim jarayonida yangi o‘quv materiallarini tushuntirishda kompyuter
imkoniyatlaridan foydalanish o‘qituvchi uchun keng imkoniyat yaratadi:
1.
Darsga metodik tayyorlanish, qo‘shimcha
axborotlarni izlash va
tizimlashtirish.
2.
Didaktik materiallarni tayyorlash.
3.
Kompyuter texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish va
boshqarishda foydalanish.
4.
Turli xil zamonaviy ko‘rgazmali qurollar va rag‘bat materiallari.
5.
PERLS va PISA testlari asosida o‘quvchilar bilimini oshirish.
6.
O‘quv faoliyatini rejalashtirish.
7.
Darsda slaydlardan, ovozli animatsiyalardan foydalanish.Bu
texnologiyalar asosida darsni tashkil qilish o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilishini yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi [1].
Zamonaviy innovatsion ta’lim jarayonini tashkil etishning muhim talablaridan
biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak
natijalarga erishishdir. O‘qitishning faol metodlaridan
foydalanish dars
jarayonining qiziqarli bo‘lishi va unda bolalarning faol ishtirok etishiga xizmat
qiladi. O‘quvchilarning fanga, kitob mutolaasiga qiziqishlarini oshirishda sinfda
birgalikda ertak kitoblar, hikoyalar, testlar, kichik-kichik asarlar o‘qib
muhokama qilish jamaoada o‘zini tutishiga, fikrlash qobilyatlarini
rivojlantirishga yordam beradi. Natijada ularda nafaqat o‘quv ko‘nikmalari
balki, kompetensiyaviy ko‘nikmalar, bag‘rikenglik va hamkorlik fazilatlari
rivojlanadi. O‘quvchilarga mukammal ta’lim berish
bilan birgalikda tarbiya
berish jarayonlari ham birgalikda olib boriladi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida
interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogic va axborot
texnologiyalarini oʻquv jarayonida qoʻllashga boʻlgan qiziqish kundan kunga
ortib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy
tizimda oʻquvchilarni tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatilgan boʻlsa, zamonaviy
texnologiyalar ularni mustaqil fikrlashga, xulosa chiqarishga oʻrgatadi, mantiqiy
tafakkurni
rivojlantiradi
[2].
Boshlang‘ich
sinflarda
kompyuter
texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning kayfiyati,
qiziqishlari,
hayottarzi, dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy ko‘nikmalarini namoyon
qiladi. Boshlang‘ich ta’lim sifat samaradorligini oshirish nafaqat boshlang‘ich
62
sinf o‘quvchilariga, balk ularning ota-onalariga ham bog‘liq. Ota-onalar
uchrashuvi, yig‘ilishlari maqsadli, rejalashtirilgan
tartibda tashkil etilsa, ta’lim
sifat samaradorligining rivojlanishiga zamin yaratadi [3]. Maktablarga
zamonaviy texnologiyalarining kirib kelishi o‘quvchilarga axborot manbalaridan
foydalanish o‘z ustida qiziqqan yo‘nalishlari bo‘yicha mustaqil ishlash
samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va
mustahkamlash uchun
yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning mukammal
egallanishi va hayotga tatbiq etilishi uchun sharoit yaratadi. Bugungi kunda
jonajon O‘zbekistonimizda ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida juda keng
qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bilimli, salohiyatli, zamon bilan hamnafas
kadrlar, albatta, yurtimizning ertasini ta’minlaydi. Ta’limda izchil o‘zgarishlarni
amalga oshirishdan maqsad ana shunday kadrlarni yaratishga qaratilgan.
Xulosa qilib shuni aytish joyizki, ta’lim-tarbiya jarayonini tubdan isloh
qilishda
ko‘zlangan bosh maqsadimiz–barkamol insonni shakllantirish orqali o‘z
kelajagimizni ta’minlashdan iboratdir. Bugun ma’naviy
salohiyatimizni
oshirishda, jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishimizda va buyuk tarix
sarlavhalaridan voqif bo‘lishimizda kitobdan yaxshiroq yordamchini
topolmaymiz. Donishmandlardan biri “Eng yaxshi tarbiya bu – namuna
ko‘rsatishdir” deb aytgan ekan [4]. Agar har bir ota-ona oilada o‘z
farzandlariga kitob o‘qib namuna ko‘rsatsa, farzandlar ham, albatta, o‘z ota-
onalaridan o‘rnak olib hayotga qadam tashlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: