Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

Hermann Hessening
“Bo’ri” hikoyasi
Muammo: Hikoyada tasvirlangan
bo’rining o’limi orqali
yozuvchi nima demoqchi?Nima uchun oy
shu’lasini
faqat
bo’ri ko’rdi?
Har bir guruh qatnashchisi qo’yilgan muammo orqali asardagi tabiat va inson 
o’rtasida yo’qolib borayotgan muvozanat haqida fikrlaydi. Har bir guruh 
muammoning yechimini hamkorlikda topadi va har bir qatnashchi ma’suliyat 
bilan yondashadi. Chunki har bir guruh qatnashchisi muammo yechimini ayta 
olishi shart.Bu orqali samarali natijaga erishiladi.Mazkur hikoyani Cooperativ 
learning ta’lim metodi orqali o’rgatishda o’quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik, 
o’zini-o’zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy kabi tayanch kompetensiya 
elementlari ham shakllantiriladi. 
Foydalanilganadabiyotlar 
1. Богданова О. Ю., Леонов С. А., Чертов В. Ф. Методика 
преподавания 
литературы (учебник). Москва: "Academiya", 2004. 
2.DolimovS.,UbaydullayevH., AhmedovQ. Adabiyoto’qitishmetodikasi, 
-Т.: «O’qituvchi», 1967. 
3. Yo’ldoshev Q., Madayev O., Abdurazzoqov A. Adabiyot o’qitish 
metodikasi. -Т.: «Universitet», 1994. 
4. Zunnunov A.va b. Adabiyot o’qitish metodikasi. -Т.: «O’qituvchi», 
1992. 
5. Rajabova I. Adabiyot darslarini interfaol usullarda tashkil etish. 
–Т.: “Tamaddun”, 2010 


50 
INTEGRATIV MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISHNING
PEDAGOGIK IMKONIYATLARI 
BAHODIR 
MAVLONOV-JDPI,Ijtimoiy-
gumanitarfanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi 
o’qituvchisi
JAMSHID ESIRGAPOV - JDPI, magistranti 
Mazkur tadqiqot ishida ham ta’lim mazmuning innovatsiyalashtirishga oid 
integrativ yondashuv qilish masalasi echimi qaraladi. Boshlang‘ich ta’limga 
integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va 
dolzarbdir. Hozirgi kunda integratsiyalangan ta’limni yaratish orqali 
yangilangan ta’lim mazmunini shakllantirish muammosi zamonaviy 
pedagogikada tabora dolzarb kasb etmoqda O‘qitishga integratsiyalashgan 
yondashuvni metodologik asoslari asosiy fanlarni o‘zlashtirishdagi, tabiat va 
jamiyatning biriligini tushunish uchun zarur bo‘lgan bir qator ijtimoiy -
iqtisodiy, axloqiy – estetik g‘oya va tushunchalarni kiritish ko‘zda tutilgan. 
Oxirgi paytda ta’limni integratsiyalash to‘g‘risida juda ko‘p fikrlar 
bildirilmoqda. Olimlar va amaliyotchi-o‘qituvchilar bolalar qanday qilib dunyo 
to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo‘yicha bilimlarni 
yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish to‘g‘risida bosh qotirmoqdalar. 
Bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlarni birlashtiruvchi kurslar tashkil etishga 
harakatlar bo‘lmoqda. Shu sababli uyg‘unlashtirilgan yondashuv ta’lim-
tarbiyada amalga oshiriluvchi isloxotlar unga mantiqqa mos tarzda jamiyatga 
xizmat ko‘rsatishi lozim. Bu o‘rinda no’ananaviy o‘qitish shakli integratsiyaning 
axamiyati yanada oshib boradi. Negaki, integratsiyaning darajasiga qarab, uning 
qo‘llanilish texnikasiga ko‘ra, amalga oshirilgan texnologiyaning istiqbolini 
belgilash mumkin bo‘ladi. Chunki, integratsiya etarlicha namoyon bo‘lgan, turli 
harakterli mazmunning singdirilishi natijasida yangi sifatiy xolatga o‘tishda 
asosiy omil bo‘lib yuzaga chiqa oluvchi faktor hisoblanadi. Integratsiya chuqur, 
no’ananaviy ta’lim bilan tavsiflana oluvchi, turfa harakterdagi katta xajmli 
o‘quv materialining uyg‘unlashuvini o‘zida namoyon etadi. 
Dars jarayoni faqat ta’limiy bo‘lib qolmasdan, ta’lim oluvchilarni 
insonparvarlik jihatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Mavzuning
mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, 
taraqqiyot haqidagi ilmiy bilimlar Respublikamiz kelajagiga ishonch va 
e’tiqodni shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Umuman olganda 
integratsiyalangan dars bir-biriga mos kelishi (mavzu jihatdan) va puxta reja 
asosida tuzilgan bo‘lishi kerak. 
Ya’ni biz hozirgi kunda chet el tajribasi bilan tanishish ham shuni 
ko‘rsatadiki, fan va jamiyat (amaliyot) haqidagi bilimlarni rivojlantirish uchun 
asos bo‘luvchi integratsiyalangan fanlar ko‘pgina mamlakatlarning o‘quv 
dasturlariga kiritilgan. Bu integratsiyalangan fanlar jahon hamjamiyatida 
o‘quvchilarda o‘z oldiga qo‘yilgan har tomonlama insonparvarlik hissini 
shakllantirishning asosiy vositasi ekanligi to‘g‘risida xabar beradi. Integrativ 
ta’limning maqsadi bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson jamiyat, fan, 


51 
atrof-muhit hamda san’at bilan suxbatlashishga faqat odamlar suhbatlashadigan 
til bilan emas, hayvonlar, o‘simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar 
foydalanadigan til bilan tanishtirishdir. Integrativ ta’limning maqsadlaridan yana 
bir o‘zi yashayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog‘liqlik, o‘zaro 
yordam, moddiy va madaniyatning turli-tumanligi haqida keng va asosiysi, 
insonning ichki (ma’naviy) va ijtimoiy dunyosi haqida, olamda hukm suruvchi 
qonunlar (tabiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berish. Bunda asosiy 
urg‘u faqat ma’lum bilimlarni egallshgagina emas, balki ilmiy, ijodiy fikrlashni 
rivojlantirishdir. 
Integrativ ta’lim shaxsga moslangan yondalishga ega, faqatgina sinf yoki 
guruhga emas, har bir ta’lim oluvchiga beriladigan qilib tashkil etish nazarda 
tutiladi. Bunda uning shaxsiy ijodiy fikrlashi, fazilatlari va qobiliyatlari alohida 
ko‘rsatiladi, uning qiziqishlari hisobga olinadi. Integratsiyani amalga 
oshirishning usullari samarali yoki samarasiz bo‘lishi mumkin, bunday hollarda 
ba’zan integratsion yondashuvni amalga oshirish usullarning birlaridan yuz 
o‘girib, ikkinchisidan barcha darajalarda ulardan foydalanish xususiyatlarini 
hisobga oladigan integratsion choralar tuzish talab qiladi. Muammoning bunday 
qo‘yilishi integratsiyaning turli ta’lim pog‘analarida turli xususiyatlarga ega 
ekanligi dalillanadi. Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani bir-biriga nisbatan 
yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiqdir. 
Ma’lumki, ta’lim va tarbiya jarayoni bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Chunki, 
tarbiya ta’lim jarayonining barcha majmuini o‘z ichiga oladi. Zamonaviy 
intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta’limning barcha jihatlari (aqliy, 
axloqiy, iqtisodiy, mehnat, estetik, gigenik, xuquqiy, jismoniy tarbiya)ni qamrab 
oladi va ularning o‘zaro bog‘liqligini qamrab oladi. O‘quv jarayonida fanlararo 
aloqadorlikning amalga oshirilishi ta’lim sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ta’limni 
modernizatsiyalash, ya’ni innovatsion o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish 
imkonini beradi. Bu esa fanlarga oid bilimlarni sifat jihatdan yangi ijodiy 
o‘zgarishlarga olib keladi. Ma’lumki, ta’lim jarayonida o‘quv fanlariga oid 
bilimlar integratsiyalanganda xalqning ijtimoiy tajribasi, til boyligi, ma’naviy –
madaniy qadryatlari, intellektual salohiyatlari, axloqiy me’yorlari xaqidagi bilim 
va tushunchalar hamda innovatsion metod va texnologiyalar shaklida o‘rgatilishi 
lozim. O‘qitish jarayonida integratsiyani qo‘llash nazariyasi taraqqiyoti 
ilmiypedagogik tushunchalar rivoji, asosiy va muhim ahamiyatga ega. 
Integratsiya differensiya bilan uzviy bogliqdir. Bu uzviylik o‘quvchilarda 
olayotgan bilimlarini anglashga bo‘lgan intilishlari ta’limni shakllantirishda 
yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, ushbu tadqiqot ishi integrativ 
metodologik xarakterga ega va shu sababli ham mazkur integrativ yondashuv 
metodologiyasidan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘zining yo‘nalishlari 
bo‘yicha kasbiy faoliyatda bemalol foydalanishi mumkin. Integrativ ta’lim 
jarayoni har bir bo‘lajak o‘qituvchisi va pedagogdan katta aql zakovat, sabr 
matonat, o‘quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehr-muhabbatli bo‘lishni talab 
etadi. O‘qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini ortirib boruvchan 
bo‘lishi va zarur paytda so‘z, ish yoxud amaliy harakat bilan yordam bera olish 


52 
qobiliyati ta’lim va tarbiya jarayonining muvofaqiyatini ta’minlovchi 
omillaridir. Mazkur tadqiqot ishi natijalaridan ta’lim jarayonini
optimallashtirish masalalari xal qilishdagi va bo‘lajak mutaxassislarni 
tayyorlashni takomillashtirishdagi yangilangan ta’lim mazmuni shakllantirishda 
bemalol foydalanish mumkin va shubxasiz u ijodiy pedagogik samaralarni 
beradi. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish