272
va og‘zaki berilgani asosida, so‘zni qabul qilish mashqlaridan so‘ng bolalar nutq
materialini faqat yuzdan o‘qishga o‘tkazilgan. S.A. Zыkov ta’kidlashicha bola
nutqni avval bir vaqtda ikki shaklda (og‘zaki va daktildi) so‘ng faqat og‘zaki
qabul qilishga o‘rgatish ushbu tizimning yuzdan o‘qishga o‘rgatishni asosiy
yo‘li hisoblanadi[3].Labdan o‘qishga o‘rgatishni asosiy yo‘llarini amalga
oshirish uslubiyati yuqorida keltirilgan S.A.Zыkov yoki F.F. Raularning
ishlarida keltirib o‘tilgan. 70 yillarda o‘tkazilgan kar bolalarni eshituv idrokni
rivojlantirish sohasidagi kuzatishlar, izlanishlari yuqorida tasvirlangan ish
tizimiga o‘zartirish kiritdi. Ye.P. Kuzmichyova izlanishlari karlarning eshituv
qoldig‘ini rivojlantirishda va karlar nutqini shakllanishida xatto chuqur
zarurlangan, eshituvini ham muhim rolini isbotlab berdi. Uning fikricha kar
o‘quvchilarda eshituv idrokini rivojlantirish bo‘yicha ishning asosiy vazifasini
ularning eshituv qoldig‘ini maksimal rivojlantirish, ular tomonidan og‘zaki
nutqni qabul qilish uchun rivojlanayotgan bazaga ko‘ra yangi eshituvni ko‘ruv
asosni yaratishini ko‘zda tutadi. Rivojlanish butun o‘quv tarbiyaviy jarayonda
ovoz kuchaytirgach apparatlarni keng qo‘llash asosida qurilgani uchun, ushbu
ish labdan o‘qishga o‘rgatishda ham katta ahamiyat kasb etadi[1].Labdan o‘qish
malakasining ishlatilishi kar bolalarni eshitish qoldig‘ini keng qo‘llash
sharoitlarida nutqga o‘rgatish tizimida ham qo‘llaniladi. Agar karlar tomonidan
og‘zaki nutqni qabul qilish, nafaqat ko‘rishga (bolalar nafaqat daktillashdagi
barmoqlar xarakatini va og‘zaki ifodalash artikulayatsion xarakatlarni qabul
qilishadi) balki nisbatan zararlangan bo‘lsada eshitishga ham asoslanadi. Aynin
shuning uchun ko‘rish organi orqali nutqiy qabul qilish eshitish bilan
to‘ldirilganda pedagogik jarayonda jamoa va yakka eshituv apparatlaridan keng
foydalanishda og‘zaki nutqiy eshitish, ko‘rish idroki faoliyati samarali bo‘ladi.
Kar o‘quvchilarni eshitish qoldig‘idan foydalanish va rivojlantirish tizimini
ishlab chiqish (E.P. Kuzmicheva) tilga o‘rgatishi kommunikativ tizim
sharoitlarda o‘tkazilgan. Og‘zaki nutqni shakllantirishning barcha tamoyillar
nutqni shakllantirish yo‘llarida amalda saqlanib qoladi, bundan tashqari eshitish
idrokini rivojlantirish bo‘yicha ishning barcha tizimi og‘zaki nutqni
shakllantirishga va tilni muloqot quroli sifatida shakllantirishga ta’sir etuvchi
faktorlarni inobatga oladi[4].Dastlabki nutq shakli daktil hisoblanadi, biroq
o‘qituvchi tomonidan nutqiy materialni daktil shaklida bayon etilishi, og‘zaki
so‘zlashni ovoz ko‘chaytirgich apparatlari foydalanishi bilan birga kechadi,
ya’ni o‘qituvchi og‘zaki daktilda so‘zli ifodani ko‘rsatib, har bir so‘zni
mikrofonda talaffuz etadi.
Shunday qilib tayyorlov sinflarida o‘quvchilarni og‘zaki nutqni eshituv-
ko‘ruv orqali idrok etishga o‘rgatish butun o‘quv tarbiyaviy jarayon va maxsus
ajratilgan vaqt mobaynida amalga oshiriladi. Butun nutqiy material dastlab
o‘qituvchi tomonidan ovoz kuchaytirgich apparatlaridan foydalangan holda
og‘zaki daktilda keyinchalik daktillashsiz beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: