223
Аннотация.
Данная
статья
посвящена
изучению
рассказа
ШукураХолмирзаева «В дороге» в начальном образовании с помощью методики
преподавания таксономии Блума.
Annotation. This article focuses on the study of Shukur Kholmirzaev's story "On the
Road" in primary education through the methods of teaching Bloom's taxonomy.
Bugun insonga xos hayot kechirish uchun qachondir egallab olingan
bilim,ko’nikma va malakalar endi yetarli bo’lmaydi.Odam
muttasil ravishda
takomillashib,aqliy va ma’naviy jihatdan kamolot kasb etib borsagina hayot
bilan birga qadam tashlay oladi.Buning uchun u o’z ustida ishlaydigan,tinimsiz
ravishda mustaqil o’qib,izlanadigan bo’lishi kerak.Ta’lim tarixida barcha
o’quvchilarni bir xilda o’qita oladigan o’qituvchi bo’lgan emas.Shveysariyalik
mashhur
pedagog Jan Piaje,amerika pedagogikasining otasi sanalmish Djon
Dyui, rus psixologi Vigotskiy L.S.,amerikalik psixolog Benjamin Blum kabi
olimlarning ta’limni tashkil etish psixologiyasi, pedagogikasi va falsafasiga doir
qarashlari asosida yuzaga kelgan.Interfaol usullar o’qituvchi o’zining
o’quvchilarida bilim hosil qilishning o’zi bilan kifoyalanib qolmasligini ko’zda
tutadi.Chunki bilim berish ta’lim jarayoni
oldidagi maqsadlarning eng
birlamchisi hisoblanadi.Amerikalik olim Benjamin Blum ishlab chiqqan “o’quv
maqsadlarining asosiy tushunchalari taksonomiyasi”ga ko’ra o’quvchilarning
bilish qobiliyati olti bosqichdan iborat bo’lgan.Ushbu taksonomiyaga ko’ra
bilish bu jarayonning eng quyi bosqichi hisoblanadi.Bilim egallashdan keyin
tushunish,
qo’llash,
tahlil,
umumlashtirish,
baholashdan
iboratki,taksonomiyadagi
izchillik,ya’ni
bosqichlar
zinapoyasi
qat’iy
bo’lib,buzilishi mumkin emas.Uning bittasini o’tamay turib keyingisini egallab
bo’lmaydi.
Taksonomiya
bosqichlari
Savol va topshiriq namunalari
Bilim
Asar nomini izohlang.
Hikoyaning bosh qahramonlarini sanang.
Hikoyada tasvirlangan voqealarni bayon eting.
Hikoya qachon yozilgan, muallifi kim?
Tushunish
Nima uchun yozuvchi “shaharga”
ketishda onasi bilan
otasini otda,bolani esa eshakda tasvirlaydi? Yana
hikoyaning boshlanishi shunday boshlangan? Nima uchun
yozuvchi shaharga tushaverishda buloq bor. O’shandan
ichasan deb o’g`liga aytadi. Yozuvchi tandir og`zidan
chiqqan hovurga o’xshatib nimani tasvirlaydi? Hikoyani
qisqacha mazmunini bayon qiling.
Qo’llash
Asar voqealarini o’zingizga nisbat berib ko’ring.
Hikoyadagi voqealar bugun qanday kechgan bo’lardi deb
o’ylaysiz? Asar sahnalashtiriladi.
Bola bilan suhbatlashib ko’ring. Boladan intervyu oling.
Tahlil
Bolaning
xatti-harakatlari
sababini izohlang. ”Men
chidamliman” deb o’ylashni maslahat bergan otaning aslida
maqsadi nima edi? Otasi chidamlilik,
qiyinchiliklarga
bardosh bera olish odamning eng yaxshi fazilatlaridan biri
224
ekanligini tushuntirishi bilan hikoyani nihoyaladi?
Umumlashtirish
(sintez)
Ushbu hikoya syujetiga tahrir kiriting.
Asar tugallanishini o’zgartiring.
O’zingizni qahramonlarning o’rniga qo’yib ko’ring.
Hikoya mavzusi bo’yicha she’r yoki ertak yozing.
Baholash
Asar yakunini baholang. Asar xotimasi hayotiy yoki
aksinchaligini isbotlang.
Ta’kidlash
kerakki,
Blum
taksonomiyasini
boshlang`ich
sinf
o’quvchilariga qo’llash qiyinchilik tug`diradi deb aytadiganlar bo’lsa
qattiq
yanglishishadi. Bunday interfaol usullarni qo’llash o’quvchilarning bilimlarini
mustaqil o’zlashtirib, ularni ko’nikma va malakalar holiga keltirishni
tezlashtiradi.
Eng muhimi,interfaol usullar o’quvchilarning ma’naviyatini
shakllanishiga ham ijobiy ta’sir ham ko’rsatadiki,bu millat yoshlari
shaxsiyatining barkamolligiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: