aloqada ifodalanadigan qobiliyatlarni ham kiritish zarur. Bu qobiliyatlar
ijtimoiy belgilangan bo‘lib, insonning jamiyatdagi hayoti jarayonida
shakllanadilar.
Xuddi
shunday,
nutqni
muloqot
vositasi
sifatida
o‘zlashtirmasdan, insonlar jamiyatiga moslashish malakasiga ega bo‘lmasdan
turib, ya’ni, odamlar harakatini to‘g‘ri idrok qilish va baholash, ular bilan o‘zaro
munosabatda bo‘lish va turli ijtimoiy vaziyatlarda yaxshi aloqalarni o‘rnatish,
insonning normal hayoti va psixik rivojlanishining imkoniyati bo‘lmas edi.
41
Nazariy va amaliy qobiliyatlar bir-biridan birinchisining insondagi
abstrakt-nazariy fikrlashga, ikkinchisining esa – aniq amaliy faoliyatga
moyilligini belgilab beradilar.
Qobiliyatlar, shuningdek, o‘quv va ijodkorlik qobiliyatlariga bo‘linadi.
Ular bir-biridan, birinchisining o‘qitish samarasini, inson tomonidan bilim,
malaka va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishini belgilashi bilan, boshqalarining
kashfiyotlar, moddiy va ma’naviy madaniyatning yangi shakllarini yaratish
imkoniyatini belgilashi bilan farq qiladi.
Qobiliyatlar rivojlanishi uchun sharoitlarning mavjudligi yoki mavjud
emasligiga ko‘ra, ular yashirin va dolzarb bo‘lishi mumkin.
Yashirin qobiliyatlar sifatida ma’lum faoliyat turida joriy qilinmaydigan,
lekin ijtimoiy sharoitlarning o‘zgarishida dolzarb qobiliyatga aylana oladigan
qobiliyatlar tushuniladi. Dolzarb qobiliyatlarga ayni damda zarur bo‘lgan va
aniq faoliyat turida joriy qilinadigan qobiliyatlar kiritiladi. Yashirin va dolzarb
qobiliyatlar inson qobiliyatlari rivojlanadigan ijtimoiy sharoitlar xarakterining
bilvosita ko‘rsatkichlari sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan ijtimoiy sharoitlar
xarakteri yashirin qobiliyatlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va imkoniyat
yaratadi, ularning dolzarb qobiliyatlarga aylanishini ta’minlaydi yoki ta’min
etmaydi.
Bolalarning barcha psixologik sifatlarini qobilyatlari faqat faoliyat
jarayonidagina o’sib rivojlanib boradi qobilyatlar barcha sohadagi faoliyat
uchun kerakdir.Bolalar qobilyatlarini o’stirish uchun bajaradigan ishlarning
ahamiyatini yaxshiroq tushunishi kerak .Bola bajaradigan ishlar xayotda
qanchalik zarur bo’lishini tushungani sari unda ana shu sohaga qiziqish yanada
kuchayib boradi .Faqat bola o’z shaxsigagina taalluqli bo’lgan qobilyati layoqati
ortib boradi.Demak bola birorsohani egallashi bilan chegaralanmasdan bu
sohaga qanaqadir yangiliklar kiritishga ham intiladi .Bola faqat birgina faoliyat
turi bilan emas balki faoliyatning turli xillari bilan mashg’ul bo’lishi unga
beriladigan topshiriqlar mutassil tarzda murakkablashtirib borilgan taqdirdagina
unga psixologik sifatlarning xosil qilinishi ancha samarali bo’ladi.Sodda va oson
topshiriqlar bola qobilyatini oshirmaydi. Bola qobilyatini oshirish uchun unga
beriladigan topshiriqlar hamisha uning yoshiga kuchiga va imkoniyatlariga mos
bo’lishi lozim. Agarda bular xisobga olinmagan taqdirda berilgan topshiriqlar
bolaning o’ziga bo’lgan ishonchini yo’qotishga majbur etishi dovdiratib va
zo’riqtitirib qo’yishi mumkin Bola qobilyatini vujudga keltirish uchun
foydalaniladigan vositalarning tez tez takrorlanib turishi va sistemali bo’lishi
qobilyatlarning rivojlantirishning muhim omilidir Bu esa o’qituvchi tomonidan
xar bir bola shaxsiga beriladigan etibor va har xil turdagi pag’batlardir.Eng
muhimi har bir bolaga o’z qobilyatini takomillashtirish uchun istak bo’lishi va
bu maqsadga erishishga qatiyat bilan yondashish kerak. Qobilyatini o’z vaqtida
anglab yetish va rivojlantirish uchun o’qituvchiga ham yetuk manaviy bilim
yuksak pedagogik maxorat zarur. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun kasbiy
qobiliyatlarining shakllanishi o‘qitishning birinchi kunlaridan boshlab o‘quv-
tarbiyaviy ishlarning yaxlit tizimi vositasida amalga oshirilishi muhimdir.
Ma’lum kasb tomonidan talabaga qo‘yilayotgan psixologik talablarni tushungan
42
holda, uning kasbiy qobiliyatlarini to‘g‘ri baholash va ularni rivojlantirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |