ADABIYOTLAR:
1.
Radjayev A.B. va boshqalar. O‘quvchilar savodxonligini baholash
bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi. –Toshkent 2019.-62 b.
2. Axmedov X.P. PISA xalqaro baholash dasturida o‘quvchilarning o‘qish
savodxonligini baholash. – Toshkent 2019. – 18 b.
3. Abdullaeva Sh.A. Pedagogik diagnostika.-Toshkent:Universitet, 2019.-310
b.
XALQARO TADQIQOTLARDA O`QUVCHILAR
SAVODXONLIGINI BAHOLASH
Amonova Aziza Saydulloyevna - JDPI
Boshlang`ich ta`lim fakulteti1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada dunyoda ta`lim sifati va darajasini aniqlovchi,
o`quvchilar savodxonligini baholovchi xalqaro tadqiqotlar haqida fikr yuritilgan.
O`quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlari yoritib berilgan.
Kalit so`zlar: PISA, PIRLS, TIMSS, ijtimoiy innovatsiya, xalqaro ekspert, kreativ
fikrlash, konsepsiya, xalqaro arena, savodxonlik, xalqaro tajribalar, milliy ta`lim tizimi.
342
Аннотация: В статье рассматриваются международные исследования,
которые оценивают качество и уровень образования в мире, оценивают грамотность
учащихся. Выделены навыки творческого мышления студентов.
Ключевые слова: PISA, PIRLS, TIMSS, социальные инновации, международный
эксперт, творческое мышление, концепция, международная арена, грамотность,
международный опыт, национальная система образования.
Abstract: This article discusses international research that assesses the quality and
level of education in the world, assessing student literacy. Students' creative thinking skills
are highlighted.
Keywords: PISA, PIRLS, TIMSS, social innovation, international expert, creative
thinking, concept, international arena, literacy, international experience, national education
system.
Ma`lumki o`zgarishlar davrida ta`lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan
kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta`lim orqali
jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo`lgan yangi avlod
shakllantiriladi. Shuni inobatga olgan holda umumta`lim maktablari va
maktabgacha ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama ta`lim tarbiyaga e`tiborini
kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish
ehtiyojini vujudga keltirmoqda. Xususan, dunyoda ta`lim sifati, saviyasi va
darajasini aniqlab beruvchi, o`quvchilar savodxonligini baholovchi PISA
(o`quvchilarni ta`limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS
(matnni o`qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS
(maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi) kabi bir
qator xalqaro tadqiqotlar mavjud bo`lib, ular rivojlangan davlatlardagi
ta`lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo`llanilib
kelinmoqda.
Xalqaro tadqiqotlarni joriy etish bo`yicha xalqaro tajribalar
o`rganilgani, 30 nafarga yaqin mas`ul xodimlarning xorijiy mamlakatlarda
malaka oshirishlari, 7 nafar xalqaro ekspert jalb qilinishi, respublika
bo`yicha 260 nafar trener tayyorlanganini birinchi qadamlar sifatida aytish
mumkin. Xususan, PISA dasturida 15 yoshli o`quvchilarning o`qish,
matematika va tabiiy fanlardan savodxonligi, mazkur fanlar doirasida o`quv
dasturlari va darsliklaridan degan ma`lumotlarni eslab qolganliklarini emas,
balki, egallagan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan turli vaziyatlarga
maqbul yechim topa olishlari hamda ijodiy-kreativ fikrlash qobiliyatlari
baholanadi. PISA diqqatni o`n besh yoshli o`quvchilardan mantiqan kutish
mumkin bo`lgan kreativ fikrlash jarayonlariga qaratadi. Uning maqsadi o`ta
ijodkor shaxslarni aniqlab olish emas, balki g`oyalarni ifoda etish va
aniqlashda o`quvchilar naqadar kreativ fikrlay olishini, bu ko`nikma, o`z
navbatida, o`quv jarayoniga, maktab faoliyatiga va ta`lim tizimining boshqa
jihatlariga qanday bog`liq ekanligini tahlil qilishdir. PIRLS dasturida esa,
4-sinf o`quvchilarining an`anaviy matnlarini tez, balki darslikdan tashqari
berilgan matnlarni o`qib, uni qanchalik tushunishi va talqin qila olishi
hamda fikrlarini ravon tilda yozma bayon eta olish ko`nikmalari
baholanadi. Qisqacha qilib aytganda, xalqaro tadqiqotlar natijalari
yoshlarimizning hayotga qanchalik tayyorlanayotgani va buning uchun
343
ularga taqdim etilayotgan ta`lim dasturlari bugungi kun talabiga qanchalik
javob berishini ko`rsatib beradi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 29-apreldagi farmoni bilan tasdiqlangan “Xalq ta`limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da uzluksiz ta`lim tizimini sifat
jihatdan yangi bosqichga ko`tarish, jahon ta`lim reytinglarida
mamlakatimizni yuqori pog`onalarga olib chiqish kabi bir qator ustuvor
vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, PISA (The programme for
International Student Assesment) xalqaro o`quvchilarni baholash dasturi
reytingida O`zbekistonning 2021-yilda birinchi 70 talikka, 2025-yilda 60
talikka va 2030-yilga kelib esa, birinchi 30 talikka ilg`or mamlakatlar
qatoriga kirishi ko`zda tutilgan. PISA dasturi bo`yicha xalqaro arenada
munosib o`rin egallash, bu shunchaki raqam emas, balki uning ortida
mashaqqatli mehnat, ta`lim sifati, kadrlar salohiyati, o`quvchilarning bilim
va ko`nikmalari, o`quv dasturlari va darsliklar, ta`lim muassasalarining
moddiy texnik ta`minoti, bir so`z bilan aytganda, milliy ta`lim tizimining
qanchalik tayyor ekanligi bilan bog`liq masala yotadi. O`zbekistonning
xalqaro tadqiqotlarda qatnashganiga bir yildan ko`proq vaqt o`tdi va
“o`tgan davr mobaynida qanday ishlar amalga oshirildi” degan savol
tug`ilishi tabiiy. Xususan, respublikadagi pandemiya tufayli karantin
sharoitiga qaramasdan, onlayn tarzda barcha tayanch maktablar uchun
seminarlar tashkil etilib, unda Milliy markaz mutaxassislari tomonidan
o`qish, matematika va tabiiy fanlar bo`yicha savodxonlik ijodiy-kreativ
fikrlash ko`nikmalarini baholash va rivojlantirish mavzularida taqdimotlar
o`tkazildi. Ayni kunlarda kelishuvga ko`ra 2021-yilda tashkil etilishi
kutilayotgan o`quvchilarning savodxonligini baholash jarayoniga
tayyorgarlik ishlari boshlanadi. Rejalashtirilayotgan mazkur keng ko`lamli
tadbirda manfaatdor tashkilotlar sifatida Ta`lim sifatini baholash bo`yicha
xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, Avloniy nomidagi
rahbar va mutaxassis xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
instituti va Toshkent davlat pedagogika universitet ishtirok etmoqda.
Ma`lumot uchun, Toshkent davlat pedagogika universitet o`quvchilarining
savodxonligini baholash dasturining faoliyatini yurtimizda yo`lga qo`yish
jarayonida tayanch oliy ta`lim muassasasi sifatida ishtirok etadi. Eslatib
o`tamiz, PISA dasturiga ko`ra, 2021-yilda o`quvchilarning savodxonligini
aniqlash maqsadida yurtimiz maktablarining 9-sinf o`quvchilari o`rtasida
ona tili va matematika fanlaridan maxsus sinovlar o`tkaziladi. Sinov
natijlariga ko`ra xalqaro o`quvchilar savodxonligi reytingida mamlakatimiz
yoshlarining o`rni belgilanadi.
So`nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar
natijasida ulkan iqtisodiy o`sish ko`rsatkichlariga erishilayotganligi barcha
sohalarida malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo`lgan talabni
yanada oshirmoqda. Bu o`z-o`zidan o`quvchilarimizning darslarga qiziqish
xususiyatini oshirish va o`qituvchilarning har tomonlama ta`lim - tarbiyaga
e`tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta`lim tizimi
uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta`lim va
344
fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta`lim
sifatini oshirishga qaratilgan ilg`or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini
anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |