Foydalanilgan adabiyotlar
1.Matchov.S va boshq. “O’qish kitobi”. 4-sinf uchun darslik. Toshkent.2020.
2.“Boshlang’ich ta’lim” jurnali 2019-yil 4-soni.
3.“Til va adabiyot ta’limi” jurnali 2020-yil 10-soni.
4.Husanboyeva.Q., Hazratqulov.M. Sinfda o’qish metodikasi. O’quv qo’llanma
.-Samarqand, 2020.
TIMSS TADQIQOTLARI MATEMATIK SAVODXONLIKNI
TA’MINLOVCHI VOSITA SIFATIDA
N.Ergasheva-katta o‘qituvchiJizzax viloyat
XTXQTMOHM
Jabbarova Zuhra Omondullayevna- Jizzax
viloyati XTXQTMO hududiy markazi katta
o‘qituvchisi
Annotatsiya Ushbu maqolada TIMSS xalqaro tadqiqoti, uning maqsadi va vazifalari,
tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rishda ahamiyat qaratiladigan jihatlar haqida so‘z yuritilgan.
Maqolada berilgan topshiriqlar metodik vosita sifatida xizmat qilishi mumkin.
Kalit so‘zlar: TIMSS, tadqiqot, ta’lim-tarbiya, intellektual shaxs, innovatsion
taraqqiyot.
Аннотации В этой статье обсуждается международное исследование
TIMSS, его цели и задачи, а также аспекты, которые необходимо учитывать при
подготовке к исследованию. Приведенные в статье задания могут служить
методическим инструментом.
Ключевые слова: TIMSS, исследования, образование, интеллектуальная
личность, инновационное развитие.
Annotation. This article discusses the TIMSS international study, its goals and
objectives, and the aspects that need to be considered in preparation for the study. The
assignments given in the article can serve as a methodological tool.
Keywords: TIMSS, research, education, intellectual personality, innovative
development.
“Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi
kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda
keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu islohotlarning
muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar
qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining
rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz
bilan uzviy bog‘liq...”- deb ta’kidlaydilar O‘zbekiston respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev.
Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr
davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib
335
borayotgan zamonaviy talablarni qo‘ymoqda. Olamshumul strategik
maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar
qatoridan o‘rin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy
fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar, mutaxassislarning o‘rni beqiyos. Bunday
raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali,
sodda qilib aytganda, inson, uning salohiyatini kashf etish hamda uni buyuk
maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi ulug‘vor vazifalar turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoniga muvofiq umumiy
o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy
va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish,
o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy
etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA
xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari
qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish,
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini
baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish
vazifalari belgilangan. [1]
Shu sababli o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil
izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarining rivojlanishiga alohida
urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion iqtisodiyot
talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim
standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim
sifatini baholash bo‘yicha xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda
doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq
taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil
etish chora-tadbirlari to‘gʼrisida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash bo‘yicha
xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan
birga, taʼlim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish
vazifalari belgilandi:
PIRLS – boshlangʼich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish
darajasini baholash;
TIMSS – 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi
fanlardan savodxonligini baholash;
TALIS – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim
muassasalarida o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish
sharoitlarini o‘rganish;
PISA – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy
yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash [2].
336
Ushbu loyihalar o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalari, egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil
topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalar rivojlanishiga
turtki berishga xizmat qiladi.
TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi maktabning matematika va
tabiiy fanlar ta’limi sifatiga solishtirma baho berish.
Har 4 yil davomida 4- va 8-sinf о‘quvchilarining ta’lim yutuqlariga baho
berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat ularining bilim va kо‘nikmasi, balki
ularning ushbu fanlarga bо‘lgan munosabati, qiziqishi, hamda ta’limga bо‘lgan
motivatsiyasini solishirishga imkon beradi. Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil
davomida 4-sinf о‘quvchisi 8-sinfga yetgunga qadar uning matematika va tabiy
fanlar bilimining natijalari kuzatib boriladi. Shu yо‘sinda maktabning
boshlang‘ich va yuqori sinf о‘quvchilarining bilim yutuqlarining monitoringi
amalga oshiriladi.
TIMSS yordamida о‘quvchilarning ta’limiy yutuqlari: bilish, qо‘llash,
mulohaza yuritish baholanadi.
“Bilish” bо‘limi о‘z ichiga matematikadan masalalar yechishni olgan
bо‘lib, masalalar yechish о‘quvchilardan sonlarning xususiyatlari va oddiy
geometrik jismlar haqidagi nazariy bilimlar, ta’riflarni
takroran aytib berish,
standart grafik va diagrammalardan ma’lumot olishni о‘z ichiga qamrab oladi.
О‘quvchilar tabiiy fanlardan alohida organizmlar va ob’yektlarning
xususiyatlari, hodisa va jarayonlar, tabiiy-ilmiy atamalar va о‘lchov birliklari
haqidagi bilim darajasini namoyish etishlari kerak.
“Qо‘llash” ga oid test topshiriqlarini bajarishda о‘quvchilar hayotiy
vaziyatlarni о‘zida aks ettiradigan matematik va tabiiy-ilmiy masalalarni
yechish, jadval, sxema, diagramma, grafiklarni talqin qilish, tajribalarni
о‘tkazish kо‘nikmalarini namoyish etishlari zarur.
“Mulohaza yuritish”ga oid topshiriqlar о‘quvchilarning mantiqiy va
tizimli fikrlash malakalarini aniqlaydi. Mulohaza yuritishni talab etadigan
masalalar taklif etilayotgan vaziyatning yangiligi, savolning murakkabligi,
yechish
bosqichlari
sonining
kо‘pligi,
turli bо‘limlardan bilimlarni
integratsiyalashning zarurligi bilan bir-biridan farqlanishi mumkin. О‘quv
faoliyati turlari bо‘yicha о‘quvchilarning о‘quv yutuqlarini baholashga
qо‘shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bо‘yicha
berilayotgan ta’lim mazmuni, о‘quv jarayoni, о‘
quv muassasasi imkoniyati
,
о‘qituvchilar salohiyati, о‘quvchilarning oilalari bilan bog‘liq omillar ham
о‘rganiladi.
Quyida
TIMSS
tadqiqotlarida
foydalanish
mumkin
bo‘lgan
topshiriqlardan namunalar keltiramiz:
1.Boburda 10 zed bor. Tushlik uchun u bir shisha meva sharbatini 2,50
zedga, sendvichni esa 3,85 zedga sotib oladi. Bobur tushlik uchun pul
to‘laganidan so‘ng unda qancha pul qoladi?
*A) 3,65 zed B) 6,35 zed C) 4,75 zed D) 16,35 zed
2.Maktab o‘yin maydonchasi kvadrat shaklida. Maydoncha tomonining
337
uzunligi 100 metr. Ra’no maydonchaning atrofini to‘liq aylanib chiqdi. U
qancha masofani bosib o‘tgan?
A) 100 metr B) 200 metr *C) 400 metr D) 10000 metr
3.600 ta kitobni har bir qutiga 15 tadan joylashtirish kerak. Nechta quti kerak
bo‘lishini aniqlash uchun quyida keltirilgan qaysi amaldan foydalanish mumkin?
A) 15 ga 600 ni qo‘shish B) 600 ni 15 ga ko‘paytirish
C) 600 dan 15 niayirish * D) 600 ni 15 ga bo‘lish
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, matematika va tabiiy fanlardan
savodxonlikni baholash vositalari ta’lim texnologiyalari va о‘qitish metodikasini
takomillashtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |