Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

ПАЙДАЛАНЫЛҒАН ӘДЕБИЯТЛАР: 


259 
1. 
«Инсон ҳуқуқлари» умужаҳон Декларацияси 
2. 
«Билимлендириў ҳаққында» ғы Нызам 
3. 
«Ногирон шахслар ҳуқуқлари тўғрисида» ги Декларация 
4. 
Сулейменова Р.А. Ҳакимжанова Г.А. «Зарубежный и
отечественный опыты включения детей со специальными нуждами в
общеобразовательный процесс. Проблемы и пути решения » Алма-ата 
2001ж. 
 
 
ESHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN SHAXSLARNING DIQQAT
XUSUSIYATLARI 
Po‘latova Saodat Maxamadaminovna -Nizomiy 
nomidagi TDPU "Surdopedagogika va inklyuziv ta’lim " 
kafedrasi katta o‘qituvchisi 
Abdullaeva Shaxzoda Abdujabbor qizi - Nizomiy 
nomidagi TDPU talabasi 
Diqqathaqida umumiy psixologiyada talaygina ma’lumotlar mavjud. 
Shularga qaramasdan diqqatga oid so‘nggi ma’lumotlar, xulosaviy fikrlar yetarli 
emas. «Diqqat-ongimizning muayyan ob’ektga yo‘naltirilishi va unda 
to‘planishidan iborat psixik holatdir. Diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan 
keyingi turlarga ajratiladi» - deb bayon etilgan izohli lug‘atda.Shuni 
ta’kidlashjoizki, qator mualliflar diqqatni shaxsiy sifat deb tan olsalar, ayrim 
psixologlar esa diqqatni ruhiy jarayon sifatida o‘rganadilar. Diqqat shunday 
ruhiy «mahsulki», u barcha ruhiy jarayonning sermahsul, samarador bo‘lishini 
ta’minlaydi. Ba’zan shaxsiy sifat shaklida ham namoyon bo‘lishi mumkin. 
Insonning bilim olishlarida idrok, tushunish va bilimlarini egallash asosida 
diqqat yotishi hech kimga sir emas. Bu borada mashhur olim P.Ya.Galperin 
fikrlari e’tiborga molik. «Harakatlar ustidan nazorat qilish to‘la diqqat 
mohiyatiga kiradi. Lekin, barcha nazoratlar diqqat bo‘la olmaydi. Balki, u 
avtomatlashgan, yoyilgan aqliy harakatlar nazoratidir». Diqqat mohiyati inson 
tomonidan biror narsalarni aniq oydin tarzda aks ettirishda ko‘zga tashlanadi. 
Bir vaqtning o‘zida boshqa narsalardan biror predmetni ajratib idrok etishga 
yordam beradi. Diqqatning fiziologik asosini bosh miyaning ayrim qismlaridagi 
qo‘zg‘alishlarning ayrim markazlarda to‘planishi tashkil etadi.Inson tomonidan 
sezgilar orqali qabul qilinayotgan barcha narsalarni idrok etish diqqatsiz amalga 
oshmaydi. Idrok, demak diqqatsiz yuz bersa yuzaki, fragmentar sodda tarzda 
amalga oshadi. Shu bois, o‘quvchilarning o‘quv fanlarini to‘la, keng 
o‘zlashtirishlarida, ma’lumotlarni tushunishlarida diqqat jarayoni o‘ta 
muhimdir[1]. Ma’lumki, diqqat ilk yoshlardanoq rivojlana boshlaydi. 
Chaqaloqlardagi «Bu nima ekan?» refleksi aynan diqqat rivojidan darak 
beruvchi holatdir. Buning asosida mo‘ljal olish refleksi yotadi. Buning barchasi 
ixtiyorsiz diqqatning shakllanishiga olib keladi. Maktab yillarida bolalarda 
ixtiyoriy diqqat tez suratlar bilan rivojlanadi. Shu bilan birga diqqat 
xususiyatlari: turg‘unlik, bo‘linuvchanlik, taqsimlanish, ko‘chish kabilar ham tez 
suratlar bilan takomillashib boradi. Diqqatni muayyan bir joyga to‘play olish, 


260 
uni shu nuqtada ma’lum muddat ushlab turish diqqatning sifatlaridandir. 
Diqqatni bo‘la olish har bir shaxsning qo‘lidan kelavermaydi. Bu narsa asab 
tolalari, hujayralarining harakatchanligiga bog‘liq. Diqqat asosan o‘quv faoliyat 
asosida amalga oshib boradi. Normal eshituvchi shaxslarda ham, eshitish 
qobiliyati buzilgan shaxslarda ham ta’lim-tarbiya jarayonida diqqatni tarbiyalash 
asosiy maqsadlardan biridir. Qator bolalarda, ular diqqatini o‘qituvchi, 
tarbiyachining og‘zaki nutqi boshqarib borsa, eshitish qobiliyati buzilgan
bolalar diqqatida ko‘rish taassurotlari yetakchilik qiladi[2]. Eshitishda nuqsoni 
bo‘lgan bolalar bir vaqtning o‘zida ham ko‘rgazmali materiallarni idrok qilishi, 
ham o‘qituvchining labidan o‘qiy olish amalda juda mushkul. Shu bois, bu 
bolalarga dastlab narsalar namoyish etiladi. Undan keyin ular tushuntiriladi. Bu 
toifa bolalarda I va II – signal tizimlari orasida munosabatlar tez shakllanmaydi. 
Sinflar yuqorilashgan sari eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bosh miyalaridagi 
qo‘zg‘alish markazlari izchillashib boradi. Asta – sekin bu holat normal bolalar 
xususiyatlariga yaqinlashib boradi. Bu ishlar surdopedagogning ishini bir 
muncha murakkablashtiradi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchi, 
tarbiyachilar og‘zaki ko‘rsatmalar bilan bolalar diqqatini boshqara olmaydi. Bu 
toifa bolalar diqqatini ko‘rish va tebranish qo‘zg‘atkichlari orqali boshqarib 
borish imkoniyati mavjud.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar diqqatini to‘plash, 
yig‘ish va tarbiyalashda turli-tuman ko‘rgazmali qurollardan keng foydalanish 
ijobiy samaralar beradi. Og‘zaki nutq, umuman nutq orqali karlar bilan muloqot 
qilish surdopedagoglarning bolalar bilan bo‘ladigan faoliyatlarida asosiy 
vazifalardan biridir. Bu bolalarda nutqni o‘stirish orqali ular diqqatini boshqarib, 
tarbiyalab borish mumkin. Bu toifa bolalar o‘qiydigan maktab, sinfdagi 
bolalarning 8-12 tadan oshmasligi ham ular diqqatini shakllantirishda ijobiy 
tomonlardan biri hisoblanadi. Ikkinchi xususiyati esa bu bolalarning nutqni 
o‘ziga xos idrok etish jarayonlaridir. Shu narsa juda muhimki, gapirayotgan 
kishining lablariga butun diqqatni qaratish oson ish emas. «Labdan o‘qish, - 
degan edi F.F. Rau, bu nutq a’zolaridan chiqayotgan og‘zaki nutqni ko‘rish 
idrokidir». Bu narsa gapirishga oson. Ammo, bunda qanchalik diqqat zarurligini 
anglamoq uchun uni boshdan kechirmoq kerak. Shu bois, bu toifa bolalar 
normal eshituvchi bolalardan ko‘ra tezroq va ko‘proq charchaydilar. Bu 
bolalarga yordam tarzida daktil nutqdan foydalanish tavsiya etiladiki, bu usul 
orqali bolalar idroki yengilashib, o‘quv materiallarini egallashlari osonlashadi. 
Daktil nutqi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasining dastlabki 
yillarida keng qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar 
diqqatini ushlab turishning uchunchi xususiyati, sharti surdopedagogning sinfda 
o‘zini to‘g‘ri tutishidir. Kar va zaif eshituvchi bolalarning diqqatlarini 
to‘plashning to‘rtinchi sharti shuki, darsda mumkin qadar ko‘proq ko‘rgazmali 
qurollardan foydalanish lozim. Beshinchi sharti shundan iboratki, eshitishda 
nuqsoni bo‘lgan bolalar diqqati ovozli qo‘zg‘atgichlarga bog‘liq emas.Eshitish 
qobiliyati buzilgan bolalar diqqatini to‘plash, bir maromda ma’lum muddat 
ushlab turishning asosiy omillaridan biri mimikalaridir[4]. Bu narsa juda katta 
ta’sirga, jalb etuvchi kuchga ega. Surdopedagogikada eshitishda nuqsoni bo‘lgan 
bolalarning saqlanib qolgan eshitish qobliyatlarini o‘stirishga ham alohida 


261 
e’tibor beriladi. Kar va zaif eshituvchi bolalarda diqqat maxsus ta’lim-
tarbiyaning asosiy talablaridan hisoblanadi. Agar maxsus ta’lim-tarbiyada bu 
toifa bolalar idrok, diqqatlari rivojlanmasa, shakllanmasa demak, maxsus ta’lim 
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni to‘g‘ri hal etmagan bo‘ladi.Nuqsonlardan qat’iy 
nazar, har bir shaxsni komil inson qilib tarbiyalashga intilmog‘imiz zarur. 
«Ma’rifatga intilish halqimizning azaliy faziliyatlaridan biridir»- degan hikmatli 
gapda katta ma’no mavjud. Bu hikmat ruhiy-jismoniy nuqsonlaridan qat’iy 
nazar barcha bolalarimizga yoshlarimizga bab-baravar taalluqlidir. Diqqatni 
aksariyat hollarda boshqarish mumkin. Shu bois, yuqori sinf o‘quvchilari va 
talabalar o‘z faoliyatlarida uning salbiy jihatlarini ham bilishlari lozim. Bu 
birinchi navbatda parishonxotirlik bilan bog‘liqdir. Bu sifat ish va o‘qish 
faoliyatida samaradorlikni pasaytiradi.

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish