Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Богданова О. Ю., Леонов С. А., Чертов В. Ф. Методика преподавания
литературы (учебник). Москва: "Academiya", 2004.
2.
DolimovS.,UbaydullayevH., AhmedovQ. Adabiyoto’qitishmetodikasi, -
Т.: «O’qituvchi», 1967.
3.
Yo’ldoshev Q., Madayev O., Abdurazzoqov A. Adabiyot o’qitish
metodikasi. -Т.: «Universitet», 1994.
4.
Zunnunov A.va b. Adabiyot o’qitish metodikasi. -Т.: «O’qituvchi»,
1992.
5.
Rajabova I. Adabiyot darslarini interfaol usullarda tashkil etish.
–Т.: “Tamaddun”, 2010
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI
HIKOYA TUSHUNCHASI BILAN TANISHTIRISH
Narziyeva Shohsanam- JDPI magistranti -
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarni
hikoya tushunchasi bilan tanishtirish yo‘llari va usullari yoritilgan.
Kalit so’zlar: Boshlang‘ich ta’lim, hikoya, o‘qish, tushuncha, ifodali o‘qish.
Аннотация: В этой статье подчеркивается важность формирования
литературных представлений у учащихся на уроках чтения в начальной школе.
Ключевые слова: Начальное образование, рассказывание историй, чтение,
понимание, выразительное чтение.
Annotation: This article discusses ways and means to introduce students to the concept
of storytelling in elementary school reading lessons.
Keywords: Primary education, storytelling, reading, comprehension, expressive
reading.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng mamlakatimizda ta’lim sohasiga
katta e’tibor qaratildi. Xususan, boshlang‘ich sinflar uchun yangi dastur va
darsliklar yaratildi. O‘qish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga asosiy
ahamiyat berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq
turlaridan, texnika vositalaridan foydalanishga ko‘proq e’tibor berildi.
O‘quvchilar ertak, hikoya, topishmoq, maqol, rivoyat, masal, she’r, kabi
adabiy tushunchalar bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi. Aynan o‘qish
ta’limida o‘quvchilar adabiyot gulshaniga ilk qadamlarini qo‘yadilar. Shu
maqsadda “O‘qish kitobi” darsliklarida ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan
olam, Ona Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti,
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar kabi mavzular bo‘yicha
atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan she’r, ertak, rivoyat, hikoya,
topishmoq, maqol, kabi turli xil adabiy janrlarda yozilgan asarlar kiritilgan.
Boshlang‘ich sinflar “O‘qish kitobi “da turli janrdagi badiiy va ilmiy-
ommabop maqolalar berilgan. Barchamizga ma’lumki, badiiy asarda hayot
obrazlar orqali aks ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga
munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida
tasvirlash, obyektiv mazmun va subyektiv bahoni aniq materialda berish
haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega.
Birinchidan, asar ustida ishlashni muallifning asarida tasvirlangan voqealarga
218
munosabati o‘qituvchining diqqat markazida turadi. O‘quvchilar voqelikni
obrazlar orqali tasvirlashning o‘ziga xos xususiyatlarini asta tushuna
boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqealar
tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy yondoshilgandagina asarga haqqoniy
baho berish mumkin. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlari bilan
o‘quvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq.
Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarini asarning g‘oyaviy yo‘nalishini
tushunishga o‘rgatish muhim hisoblanadi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi,
stilistik jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, o‘quvchilarga ta’siri ham
har xil bo’ladi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda o‘qituvchi
unga mos metodlar tanlashi talab etiladi.Mazkur maqolada esa hikoya janridagi
asarlarni o‘qitish haqida so‘z yuritamiz.
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum
bir voqea hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya
ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni
ertakdagidan ortiq hayotiydir”[1]. Hikoya janri mazmunan boshlang‘ich sinf
uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonning
xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi
hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo‘lgan
hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi.
Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish
darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan
matnni qayta hikoyalash asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni,
ko’pincha, savollar asosida tahlil qilinadi. Bunda savollar qatnashuvchi
shaxsning xatti-harakati va xarakterini tahlil qilishga qaratilgan bo’ladi.
So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda faktlar,
mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi
bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi[2]. Hikoyani
o’qish jarayonida o’quvchilar ma’nosini tushunmaydigan so’z va iboralar
mazmunini tushuntirish ham muhim hisoblanadi, aks holda, ular hikoya
mazmunini tushuna olmaydilar. So’z ma’nosini tushuntirishga ko’p vaqt
sarflamasdan, asar mazmunini tushunishda muhim bo’lgan so’zni qisqa izoh
berish bilan tushuntirish maqsadga muvofiq.
Hikoyani o’qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar
nutqini o’stirish markaziy o’rin egallaydi. Hikoya o’qilgach, o’quvchilar
o’ylashi, o’z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish talab
qilinadi. O’qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad
hikoya bolalarga yoqqan-yoqmagani, undagi qaysi qahramonning xarakteri
bolaga ta’sir etgani, bolalar kim yoki nima haqida hikoya qilib berishni istashini
bilishdan iborat. Shundan so’ng, hikoya xarakterini tushunishga, nihoyat,
asarning asosiy g’oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan
foydalaniladi. Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to’liq tushuntirishga berilib
ketib, qahramonlarga xarakteristika, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish
turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
219
Odatda, savollarni o’qituvchi beradi, ammo hikoya mazmuni, uning xulq-
atvorini ochish yuzasidan o’quvchilarga ham savol tuzdirish yaxshi samara
beradi. Bu usul o’quvchilarga ham manzur keladi va ularni yanada darsga
qiziqishini oshiradi; asar mazmunini yaxshi tushunish, mazmun va voqealar
orasidagi bog’lanishni to’liq esda saqlab qolishda o’quvchilarga yordam beradi.
Hikoyani o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishlari, unda ilgari surilgan g’oyani
bilib olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab o’qish, savollarga
javob berish, hikoya qismiga o’zlari savol tuzishi, so’z bilan va grafik rasm
chizish, reja tuzish, qayta hikoyalashning barcha turlaridan, ifodali o’qishga
tayyorlanish kabi ish turlaridan foydalanish lozim.
Kichik badiiy hikoyani izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagi reja
varianti sxemasi e’tiborga olinadi:
1. Hikoyani o’qishga tayyorlash (hikoyada tasvirlangani kabi kishilar
hayoti, davrga qisqa xarakteristika...);
2. Hikoyani (to’liq yoki mantiqiy tugallangan qismlarini) o’qituvchi yoki
oldindan tayyorlangan o’quvchining ifodali o’qishi;
3. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari,
shaxslar va voqealar o’rtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha
suhbat);
4. Hikoyani qayta o’qish (hikoyani qismlarga bo’lish, o’quvchilarga
o’qitish, ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish);
5. Hikoyaning har bir bo’limi yuzasidan suhbat o’tkazish va sarlavha
topish;
6. Hikoyaning ayrim bo’limlarini ifodali o’qish;
7. Reja asosida qayta hikoyalash;
8. Hikoyani ifodali o’qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda
yoki uyda);
9. Hikoyani ifodali o’qish va ifodali qayta hikoyalash.
Bu hikoyani o‘qish darsi rejasining varianti bo‘lib, uni har bir pedagog
o‘zbilim salohiyatidan foydalanib o‘zgartirishi ham mumkin.Shuni unutmaslik
kerakki, badiiy hikoyani o‘qish darsida uning mazmunini, asosiy fikrini bilish
bilan birga, asarning tarbiyaviy (badiiy asar misolida o‘quvchilarni tarbiyalash),
xususan, estetik ta’siri ham ko’zda tutiladi va ifodali qayta hikoyalashga katta
ahamiyat beriladi.Boshlang‘ich sinf o‘qish darslari uchun tanlangan mavzular
o‘quvchilarga kundalik hayot, va insoniy munosabatlar bo‘yicha ham bilim va
tarbiya berishni ko‘zda tutadi.Bular ichida hikoya janriga taalluqli asarlar
alohida ajralib turadi. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zlikni anglash,
istiqlol, Vatan va tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularni uyg‘otishdir.O‘quvchilar
darsliklar yordamida o‘zlashtiradigan bilim, ko‘nikma va malakalarining kelajak
hayotda zarur ekanligini tushunib yetishlariga erishish o‘qituvchi oldidagi
muhim vazifalardan biridir.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, “O‘qish kitobi”idagi barcha mavzular
o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug‘atini boyitishga,
og‘zaki va yozma nutqini to‘g‘ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga
ham qaratiladi.Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘qish faoliyati
220
aynan maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan onlaridanoq boshlanadi va umr
davomida bizga hamrohlik qiladi.
Ta’kidlash joizki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy
metodik usullari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan boyitib
borilmoqda.Bu vazifalar boshqalar bilan o‘zaro bog‘liq holda va sinfdan tashqari
o‘qish mashg‘ulotlari jarayonida hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |