Таълим вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат педагогика


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/190
Sana24.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#221032
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   190
Bog'liq
Туплам 2, 2-3-4шуба (12.05.2021)

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 
2. O‘zbekiston Respublikasining ,,Davlat tili to‘g‘risida''gi qonuni. 
3. Arxiv.uz 
4. ziyouz.com 
BOSHLANG`ICH TA’LIMDA DOSTON JANRINI O’QITISH 
METODIKASI
Mamayusupova Saodat Mamatqulovnakatta o’qituvchi JDPI 
Allayeva Gulraftor Jizzax DPI talabasi 
Аннотация.В статье рассматривается роль эпического жанра дастана в 
начальном образовании и его методологические основы. 
 
Annotation. The article examines the role of the epic genre of dastan in primary 
education and its methodological foundations. 
O'zbek xalq og'zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og'zaki ijodning 
qadimdan shakllangan janri dostondir. U eng murakkab, yirik va keng tarqalgan 
shakllaridan hisoblanadi. “Doston” so'zi “qissa”, “hikoya”, “ta'rif”, 
“maqtov”, “shon-shuhrat”, “sarguzasht”ma'nolarida ishlatiladi. U adabiy 
atama sifatida yirik hajmli, liro-epik asarlarni anglatadi. Dastlab xalq og'zaki 
ijodida shakllangan bu janr keyinchalik yozma adabiyotda ham salmoqli o'rin 
tutgan.Xalq dostonlari maxsus ijrochilar tomonidan kuylangan. Ular hozir ham 
baxshi, oqin, shoir nomlari bilan ataladi. Xalq dostonlarining matni nazmiy va 
nasriy parchalardan iborat bo'lib, mavzusiga ko'ra xilma-xildir. Boshlang'ich 
sinflarda asosan: 
1. Qahramonlik dostonlari; 


214 
2. Jangnoma dostonlar o'rganiladi. 
Xalqning qahramonona kurashlari qahramonlik dostonlarining paydo 
bo'lishiga sabab bo'lgan. “Alpomish”, “Ravshan” kabi xalq qahramonlik 
dostonlarida fantaziya va romantik tasvirning kuchli bo'iishiga qaramay, 
ularning asosini xalq hayoti va kurashi, ularning orzu-armonlari tashkil etadi. 
Xalqqa 
xos 
insonparvarlik, 
vatanparvarlik, 
qahramonlik, 
mardlik, 
mehnatsevarlik, do'stlik va sadoqat kabi olijanob fazilatlari xalq dostonlaridagi 
qahramonlar obrazida mujassamlashgan. Millatni anglash uchun uning 
ruhiyatini bilish lozim. “Alpomish” dostoni o‘zbekning ruhiy olamini anglatish 
jihatidan tengsiz badiiy obidadir. Chunki, asarda o‘zbekka xos o‘ylash tarzi, 
ta'sirlanish yo‘sini, qarorga kelish tutumi g‘oyat nozik ilg‘ab olingan. Juda 
ko‘pchilik folklorshunoslar, odatda, markazlashgan davlat tuzish, bo‘lingan 
yurtni birlashtirish, sevgi-muhabbat mavzulari —Alpomish” dostonining sujet 
rivojini ta‘minlaydi deb tushuntirishadi. Bizning nazarimizda esa doston 
markazida ma‘rifatsizlik, johillik va uning inson taqdiriga ta‘siri turadi. Asar 
qissadan hissa chiqarish uchun emas, balki “qissa”ning o‘zi ko‘lamli, miqyosli, 
yirik, ta'sirli bo‘lgani uchun aytilgan. Chindan-da, —Alpomish” yaratilmagan, 
balki aytilgan yoki kuylangan. Chunki, doston qahramonlariga xos tuyg‘ular, 
sezimlar, kechinmalar buyuk turkiylarning tomirida, qonida azaldan mavjud 
edi.
.
Turkiy xalqlar tomonidan kechirilgan, tuyulgan, hozirda ham qonda kezib 
yurgan ma‘naviy amallar, hodisalar uning ko‘nglida, “tili uchida” turgandi. 
O‘sha kuylab yuborildi. Alpomish taqdirini kuylash zarur edi. Kuylamaslik 
ilojsiz edi. 
—Alpomish” dostonida xalqimizga xos xislatlar yoritilgan bo‘lib, uni 
o‘quvchilarga boshqa xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan solishtirib 
tushuntiriladi. —Rustam” dostonini olaylik, unda doston sujeti ham ayni 
tug‘mas kundoshlar uyushtirgan tuhmatlar sabab ro‘y bergan voqealar asosida 
rivojlanadi. Dostonda ochiqdan-ochiq: —Sultonxon Huroyim yoriga aytdi: 
“Dunyoda bir qo‘rqqan yomon, bir quvongan yomon” degan gap bor, Mening 
qariganda ko‘rgan farzandim; Men shu yerda yursam, sen bir kun tug‘ib 
qo‘yarsan. Men quvonganimdan yuragim yorilib o‘lib qolarman. Qurudum 
mamlakatiga safar qilayin. Oldimga suyunchi deb chiqqan kishiga ayamasdan 
tanga-tilla berarman, qulog‘idan dunyoga ko‘marman, balki qo‘rg‘onbegi 
qilarman”,-deb qo‘yilgan. “Alpomish” dostonida ayni shu holat quyidagicha 
asoslanadi: —...biylar ikkovi aytdi: —Bizlar ham bir shohlik shavkatini qilsak, 
ovga chiqib ketsak, farzandlar yer yuziga tushsa, suyunchi, deb bir nechalar 
oldimizga yo‘lga chiqib, bizlardan tilla-tanga in'om olsa”,-deb o‘ylarni o‘ylab, 
biylar ovga jo'nab ketdi”. Demak, xalqimizga xos xislatlar biri - bu o'z 
quvonchiga atrofdagilarni ham sherik qilish ekan. « Alpomish » dostoniga 
o'quvchilarda yanada qiziqishini orttirish maqsadida o'qituvchi dostonning 
xalqimiz tarixida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini aytib o'tishi lozim. 
Dostonni to‘liq o‘qib chiqsangiz, o‘zbek xalqining qadim zamonlardan buyon 
o‘ziga xos fazilatlarga ega ekaniga guvoh bo‘lasiz. Jumladan, dostonda har 
qanday mushkul vaziyatda ham inson o‘z aql-idrokini yo‘qotmasligi, biror 
qarorga atroflicha mulohaza yuritgan holda kelishi lozimligi uqtiriladi. 


215 
Insondagi mardlik va jasorat alohida qadrlanadi, aytilgan so‘zning qimmati 
yuqori baholanadi. Zero, o‘z so‘zining ustidan chiqadigan mard insongina 
bunday fazilatlarning qadriga yetishi mumkin. 
Dostonning tasvir yo‘sini rangin. Undagi bironta obraz ham jo‘n, oddiy 
tasvirlanmagan. Jumladan, hatto Boysari obrazi ham tasvir vaziyatiga qarab turli 
ko‘rinishlar kasb etadi. U hamisha faqat mantiqqa zid o‘jarlik bilangina band 
emas. Boysari faqat o‘zini o‘ylaydigan, o‘jar odamgina emas, nomus tuyg‘usi 
o‘tkir, otalik mas’uliyatini chuqur his qila biladigan shaxs ham. Dostonda 
haqiqiy o‘zbek yigitining timsoli bo‘lgan Alpomish - ulkan vujud, beadad kuch, 
shunga yarasha, chegarasiz sabr egasi. Ayniqsa, o‘zbek yigiti Alpomish bilan 
qalmoq 
Qorajonning 
do‘stligi, 
bu 
do‘stlikning 
doston 
davomida 
mustahkamlanib borishi diqqatga sazovor. Zero, xalqimizda qadim-qadimdan 
aka-uka, do‘st tutinish odati mavjud bo‘lib, “tug‘ishgandan tutingan afzal” 
degan iboraga aylanib ketgan. Hatto tutinganlami qarindosh-urug‘lari, ota-onasi 
ham o‘z farzandiday ko‘rgan. Dostondagi Alpomish bilan Qorajon o‘rtasidagi 
do‘stlik haqqoniy va hayajonli lavhalarda ifodalangan va katta insoniy do‘stlik 
elatlar o‘rtasidagi do‘stlik darajasiga ko‘tarilgan. Do‘stga sadoqat, va‘daga vafo 
kabi oliyjanob qadriyatlar shakllangan.
Boshlang'ich sinflarda dostonlardan berilgan parchalarda, asosan, 
qahramonlarning bolalik davri aks etgan epizodlar keltiriladi. Bunda bolalarni 
qahramonlikka, Vatanga sadoqatli bo'lishga chorlovchi voqealar tasvirlanadi. 3-
sinf darsligidan o'rin olgan “Rustamxon”, “Alpomish” dostonlari xalq og'zaki 
ijodi mahsuli bo'lganligi uchun muallif haqida ma'lumot berilmaydi. Faqat bu 
dostonlar o'rganiladigan darslarda dostonni qo'shiq qilib aytadigan baxshilar 
haqida ma'lumot berish mumkin.
Qahramonlik dostonlari tahlilida voqealar rivojiga, qahramonlar hayotiga 
alohida e'tibor qaratiladi. Dostondagi mubolag'a, favqulodda vuz beradigan 
vaziyatlar aniqlanadi, doston qahramonlariga tavsif berish va tarbiyaviy xulosa 
chiqarishda o'quvchilarning mustaqil mulohaza yuritishlari uchun sharoit 
yaratiladi. 
3-sinfda xalq tomonidan yaratilgan “Alpomish” dostonini o'rganishda 
quyidagi ish usullaridan foydalanish mumkin. Bu dostonni quyidagi tartibda 
o'rganish mumkin: 
1. Doston haqida o’qituvchi tushuncha beradi. 
2. Dostonni o'qishdan oldin uni kuylagan baxshilar haqida ma'lumot 
beriladi. 
3. O'qituvchi dostonni ifodali o'qib beradi. 
4. Doston yuzasidan dastlabki suhbat o'tkaziladi. Suhbatda 
o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: Dostonning bosh 
qahramonlari dunyoga kelish jarayoni haqida so’zlang. Doston haqida yana 
nimalarni bilib oldingiz va hokazo. 
5. Dostonni qismlarga bo’lib, o'quvchilarga o'qitiladi. 
6. Doston mazmuni to'liq qayta hikoya qildiriladi. Bunda bir o'quvchi 
mazmunni gapirib berishi yoki bir necha o'quvchi ketma-ket davom ettirishi 
mumkin. 


216 
7. Doston matni ustida ishlashda dostondagi badiiy vositalarga e'tibor 
qaratiladi, asar mazmuni yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish, dostonning ba'zi 
epizodlariga rasmlar chizdirish, dostonga reja tuzish kabi ish turlaridan 
foydalaniladi. 
8. Umumlashtiruvchi suhbat o'tkaziladi. Bunda “ Dunyoda bir kam 
to’qson alp o’tdi. Shu alplarning boshlig`i Rustam Doston edi, oxiri bu - 
Alpomish alp bolsin”, “ Vaqt-bevaqt olisdan otini yetaklab mehmon kelsa, 
mezbon uning ko’nglini olib jo’natsa, bul odam sahiydir. Bordi-yu, imkoni bo’la 
turib, mehmonga joy bermasa, bul odam baxildir” kabi gaplarni o'quvchilar 
qanday tushunganliklari so'raladi. 
Yuqoridagilarni hisobga olib, dostonni o'rganish darsining qurilishi 
quyidagicha bo'lishi mumkin: 
1. Tayyorgarlik ishlari (bunda doston xususiyatlari va qaysi sinfda 
o'qitilishiga mos ravishda ish turlari tanlanadi). 
2. Dostonni o'qituvchining ifodali o'qishi yoki baxshi aytganini 
eshittirish. 
3. Dostonni qismlarga bo'lib o'qish. 
4. Doston mazmunini tahlil qilish. 
5. Dostonda o'quvchilar tushunishi qiyin bo'lgan so'z va so'z 
birikmalarining ma'nosi ustida ishlash. 
6. Dostondagi badiiy san'atlar ustida ishlash. 
7. Dostonni qismlarga bo'lish va reja tuzish. 
8. Dostonni to'liq qayla hikoyalash. 
9. Umumlashtiruvchi suhbat. 
Boshlang`ich sinflrda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida doston janrini 
tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi o’quvchilarning badiiy asarni idrok 
qilishda 
psixologik 
xususiyatlar 
hisobga 
olinadi.Badiiy 
asarni 
idrok 
qilishga,bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga ,uni 
emotsional-estetik his etish ham kiradi. O‘qituvchi o‘zbek xalq dostonlari 
orasida —Alpomish” xalqimizning ko‘pgina xislatlarini o‘zida mujassam 
etganligi bilan alohida ahamiyatga ega ekanliginita’kidlab, undagi o‘zbek 
xalqiga xos xususiyatlarni birma-bir sanab bermog‘i maqsadga muvofiqdir: 
- ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, el-yurtga cheksiz sadoqat; 
- mehmondo‘stlik va mehmon kutish odoblari; 
- jo‘mardlik va halollik; 
- yoshi ulug‘, keksa insonlar(hatto ular qul bo‘lsa ham)ga hurmat va 
ularning doimo qadrlanishi; 
- ayollarning e‘zozlanishi; 
- do‘stga vafo-sadoqat tuyg‘ulari; 
- muhabbat va do‘stlik kabi tuyg‘ularning qadrlanishi. 
O‘qituvchi dostonni o‘tish jarayonida asarning mana shu tomonlariga 
alohida e‘tibor qaratishi, asarning tarbiyaviy jihatini ochib berishga ayricha 
ahamiyat berishi kerak. Zero, shundagina dostonni sinchiklab o‘qigan o‘quvchi 
unda ona Vatan, do‘st- u yorga bo‘lgan mehr va sadoqat naqadar chuqur aks 
etganligini his eta oladi 


217 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish