II bob
O’qish darslarida asar qahramonlariga tavsif berishga o’rgatish usullari.
2.1 O’qish darslarida asar qahramonlarini tavsiflash metodikasi
Yurtimizda ta’lim mazmuniga alohida e’tibor qaratilib, DTS o’quv dasturlarining
yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o’tkazilmoqda, pedogogik
texnologiyalar asosida o’quv jarayonining samaradorligi oshirish maqsadida
pedagogik texnologiyalardan, axborot komminikatsiya vositalaridan
foydalanilmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda o’quvchilarning
dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o’zlashtirish maqsadida
pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to’g’ri tanlab, ulardan
foydalanish muhim sanaladi. O’qish darslarini tashkil etishda pedagogik
texnologiyalarning ko’pgina metodlaridan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar boshlang‘ich sinflarda ta’limning samarali borishiga o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya’ni didaktik o‘yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o‘quv- chilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi. XIX asr oxirlarida Germaniyada pedagog Vilgelm Avgust Lay «ish-harakat pedagogikasi»ga asos soldi. Uning g’oyalarida ham o’ziga xos ijobiy tomonlari, yangiliklar bor edi. Lay pedagogik jarayonda ifodalash, tasvirlashga katta ahamiyat berdi, chunki uning fikricha, mana shunday ifodalash yoki tasvirlash jarayonida o’quvchilar o’z faolliklarini ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladilar, harakat qiladilar. Uning fikricha, tasvirlashning har qanday turlari: rasm solish, loy va plastilindan buyumlar yasash, har xil narsalarning modelini yasash, chizmachilik, dramatizasiya, ashula, musiqa, raqslar, shuningdek, o’simlik hamda hayvonlarni parvarish qilish tajribalarini o’tkazish, og’zaki va yozma ishlar va shu kabilar ta`lim jarayonidagi «ifodalash» vositalaridir.12 Lay fikricha hamma darslar ana shu qoidalar asosiga qurilishi lozim.
- Mavzuning barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishish;
o’quvchilarning ravon va to’g’ri, ongli va ifodali o’qishining takomillashuviga
erishish;
- mashg’ulotga o’quvchilarning faol qatnashuviga erishish; ularning o’qish
motivlarini qo’zg’ash va qiziqtirish, o’quvchilarni faollashtirish yo’llarini belgilash
va qo’yilgan maqsadga to’liq erishish;
-pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va boshlang’ich ta'limda uni
qo’llash yo’llarini izlash va takomillashtirish, o’z ustida ishlash;
- boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’qish motivlarini o’stirish ustida
ishlash;
- darsni hayotiy tajribalar bilan bog’lash va buning oqibatida o’quvchi to’g’ri, ongli va ifodali o’qishga o’rganad turli mashqlar vositasida tez o’qish malakalari takomillashadi.
O’zbek xalqining ulug’ allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy asarlarida
yosh avlodga bilim berishning turli yo’llari va vositalari haqida tushunchalar
berilgan bo’lib, ularni mustaqil fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib
tarbiyalash xususida to’xtalib o’tgan. «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar»
asarida Beruniy sxolastik metodlardan voz kechish, dars samaradorligini oshirish
yo’llarini izlash bolalarning xotirasini rivojlantirishga, fikrlashga o’rgatishini
ta'kidlab o’tgan. “Maqsad gapni cho’zish emas, balki o’quvchini zeriktirmaslik,
chunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi.
O’quvchi fandan-fanga o’tib tursa, turli bog’larda yurganga o’xshaydi. Birini
ko’rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o’ziga yarasha
lazzat bor deyilganidek ularni ko’rishga qiziqadi va ko’zdan kechirishni istaydi.
Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi”13
Ta'lim berish o`qituvchidan izlanishni, pedagogik mahoratni talab qiladi.
Ilmiy salohiyatga boy bo`lgan ustozgina mavzuni pedagogik texnologiyalardan
foydalangan holda o’quvchilarga mahorat bilan etkazib beradi. Mavzuning
maqsadiga qarab, ta'lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositalardan o`z o`rnida
foydalanadi. O`quv informatsiyasini so`z orqali uzatish va axborotni eshitish orqali
qabul qilish metodlariga nimalar kiradi va ularga qanday talablar qo`yiladig’
O`qitishning og`zaki metodlari uch turga:
a) o`qituvchining hikoyasi;
b) suhbat;
v) maktab ma'ruzasiga bo`linadi.
Hikoya usuli boshlang'ich sinflarda ko`p qo`llaniladi.O’quvchilar badiiy asarni o’qiganlaridan so’ng hikoya qilish usulini qo’llash ularning asarni qanchalik tushunib yetganliklarini,asarning qaysi jihatlariga ahamiyat berilganini,asar qahramonlarining qay jihatlari o’quvchi ongiga ta’sir o’tkazganligini yuzaga chiqarib beradi.Badiiy asar bir ijodkor tomonidan yozilgan bo’lsada har bir o’quvchi uni o’z qarashlaridan, ruhiyatidan va o’zining tushunchalari bilan idrok etadi.O’quvchilarga asarni qayta hikoya qildirish orqali o’qituvchi asarning qay darajada ochilganligini bilib oladi va yetkazilishi kerak bo’lgan asar g’oyalarini,qahramonlarning harakteri,xususiyatlarini yanada ochiqroq bayon eta oladi.Ta'lim mazmuni o`quvchiga qisman tanish bo`lsa suhbat usuli qo`llaniladi. Og`zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning o`qituvchining bayon qilishi va o`quvchilarning shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab ongli va mustahkam o`zlashtirishlari birligiga amal qiladi. O`qish jarayonida o`rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo`llaniladi. Suhbatlar, ayniqsa, o`qitishning tarbiyalovchilik harakterida dunyoqarash, e'tiqodni tarkib toptirishda qo`l keladi. Suhbatlar butun sinf hamda o`quvchilarning ayrim guruhlari bilan ham o`tkaziladi.
Suhbatlar orqali:
a) O`quvchilarning o`z hayotlarida uchratgan voqea, hodisalar yuzasidan
savollar berish orqali o`quvchilarning mustaqil fikr qilishlarini amalga oshiradigan
holatlarga e'tibor qilish, o`quvchilarning ilgari o`rgangan tayanch bilimlarini esga
tushirishga erishish lozim. Suhbat usuli bilan ish ko`rganda o`qituvchi quyidagilarga amal qilishi lozim:
O`qituvchining suhbat uchun tayyorlab kelgan savollari sinf o`quvchilarining hammasiga taalluqli bo`lib, so`roq o`rtaga tashlanishi kerak.
Sinfninghamma o`quvchilari javob berayotgan O`quvchini qunt bilan tinglashi, uning javobini to`ldirishi, tuzatishi, oydinlashtirishga yordam berishini
ta'minlashi kerak.
O`quvchilarning javobi qay darajada to`g`ri yoki noto`g`ri bo`lishidan qat'i
nazar o`qituvchi tomonidan izohlanishi, yakunlanishi va baholanishi zarur
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi har tomonlama idrokli bo’lishi talab qilinishi hammamizga ma’lum,ayniqsa,bolalar bilan ishlayotganda har bir bolaning individual xususiyatlariga e’tibor berishi,ular bilan qanday ishlashni bilishi lozim.Darslarda hikoya qilish metodidan foydalanish o’qituvchiga mavzuning qanchalik tushunilganini ochib, o’quvchilar bilan ishlashni yengillashtiradi. Lekin,shuni ham sedan chiqarmasligimiz lozimki,bu usul hamma o’quvchini birday qamrab ololmaydi. Harakter jihatdan kamgap,ko’pchilik oldida fikrini to’liq bilirishga tortinadigan yoki, tushungan narsasini yetkazib bera olmaydigan o’quvchilar ham uchraydi. Bunday hollarda suhbat usulidan foydalanish orqali o’quvchida bor bilimni,asarni qanchalik va qay ma’noda tushunganligini bilish osonlashadi,o’quvchining ham fikrlari jamlanadi o’z fikrlarini bayon qila oladi.
Ta'lim jarayonida turli ko`rgazmali qurollardan foydalanishga harakat
qilamiz. Ko`rgazmali usulning muhimligi o`rganilayotgan narsa va hodisalarni
hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga o`quvchini undash,
mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga ishonch hosil qilishga, nihoyat
nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olishga o`rgatishdan iborat.Badiiy asarning o’quvchilar tasavvurida yanada kengroq tasvirlanishida axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyatga ega.Badiiy asardagi tasvirlangan tabiat manzaralari,qahramonlarning harakatlari,voqealar ro’y berishi, voqelik davrini o’quvchilar o’z tasavvur olamidan kelib chiqib tasavur qiladilar.Ushbu asarlardagi davr va qahramonlarni to’laqonli gavdalantirishda turli kinofilmlar, multfilmlar, turli metrajdagi videoroliklar va rasmlardan foydlanish oldimizga qo’ygan maqsadimizga erishishda katta yordam beradi.Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan metodlar xilma-xildir,eng muhimi o’qituvchi ushbu metod va usullarni o’tiladigan mavzudan kelib chiqqan holda to’g’ri qo’llay bilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |