Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanidan yozgan kurs ishi mavzu: O‘qish darslarida asar qahramonlariga tavsif berishga o‘rgatish metodikasi kurs ishi rahbari


O’qish darslarida o’quvchilarda badiiy asar o’qish ko’nikmasini shakllantirish



Download 1,12 Mb.
bet7/18
Sana16.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#373843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Avazova Durdona - копия

O’qish darslarida o’quvchilarda badiiy asar o’qish ko’nikmasini shakllantirish

1.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilariga badiiy asar o’qishning ahamiyati.

O’qish darslarining muhim vazifalaridan biri o’quvchilarning o’qish

malakalarini takomillashtirish va ularga tarbiyaviy ta`sir o’tkazish, ularning

shaxsini tarkib toptirishdan iboratdir. Bu vazifani bajarishda darsda o’rganiladigan

badiiy asarlar, ularning g’oyasi, undagi obrazlar muhim ahamiyatga ega. Chunki

badiiy asar, undagi obrazlar orqali kishilarning hayotiy tajribalari, tabiat va

jamiyatdagi voqea-hodisalar nafis so’zlar bilan san`atkorona yoritilgan bo’ladi.

Ana shu hayotiy voqealar tasvirini o’quvchilarga to’laqonli yetkazish, asardagi

obrazlar va voqelikka yozuvchi qarashlarini tushuntirish orqali tarbiyaviy

maqsadlar amalga oshadi. Badiiy asarni mutolaa qilish endigina savod chiqargan bolalar uchun ham zavqli mashg‘ulot. Kitob tanlashda, avvalo, uning o‘quv­chi uchun zerikarli bo’lmasligiga e’tibor beriladi.Boshlang’ich sinf o’quvchilari


taqlid qilishga moyil va ta’sirchanligi yuqori bo‘ladi. Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzu tanlashda o‘qituvchi bunga e’tibor berishi kerak.
Badiiy asar o‘qishni muntazam olib borish o‘quvchilarda insoniy fazilatlar, go‘zal axloq va ijobiy xarakterni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Nutq madaniyatini shakllantirish, fikrlarini ravon va mantiqan to‘g‘ri, mazmunli va ifodali bayon etishga odatlantirish, dunyoqarashini kengaytirishda sinfdan tashqari o‘qishning ahamiyati katta. Muntazam mutolaasiz ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va o‘quvchilar­ning ijodiy tafakkurini o‘stirish mumkin emas.
Kichik sinflarda matnni avval o‘qituv­chi namunali o‘qib beradi. Badiiy asarni grammatik qonun-qoidalarga rioya qilib o‘qish orqali o‘qituvchi asarning poetik va badiiyxususiyatlariniochibberadi.
Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarni ifodali o‘qishga o‘rgatish o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Buning uchun o‘qituv­chi nutq texnikasini bilishi, o‘quv­chilarni nutq vositalariga oid texnik mashqlar bilan muntazam shug‘ullantirib borishi maqsadga muvofiq.Ifodali o’qish jarayonida nafas,ovoz va nutq

a’zolarifaolishtiroketadi.
Chunki matnni o‘qiyotganda o‘quv­chining noto‘g‘ri nafas olishi o‘rinsiz pauzalar qilishiga olib keladi. Buning oqibatida o‘qilayotgan matn mantiqan buziladi, muallif maqsadi o‘quvchiga to‘g‘ri yetib bormaydi. Fikr tushunarsiz bo‘lib qoladi.

30-50-yillar metodik fanlarida boshlang'ich maktabda badiiy asarni ilmiy va ishbilarmonlik maqolasi bilan solishtirganda o'ziga xosligiga asoslangan tahlilga muayyan yondashuv shakllandi. Asar ustida ishlash, o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish, ishni umumlashtirish bilan qismlarga bo'lib tahlil qilish, nutqni rivojlantirish bo'yicha tizimli ishlar. E.A. Adamovich, N.P. Kanonykin, S.P. Redozubov, N.S. Rojdestvenskiy va boshqalar tushuntirish o'qish uslubining rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar

O’qish darslarida o’tkaziladigan badiiy asar tahlili ana shu maqsadlarga erishish uchun yordam beradi. Darslarda hikoya, ertak yoki asarning boshqa turi o’rganiladigan bo’lsa, uni o’quvchilarga o’qitib, mazmuni yuzasidan savol-javoblar o’tkazib va ayrim o’quvchilarga tushunchalarini gapirtirish bilangina ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. O’qish darsmlarida o’rganiladigan badiiy asardagi har bir obrazning o’ziga xos xususiyatlari, ya`ni uning tashqi ko’rinishi, xatti-harakatlari va ichki kechinmalarini ocha bilish kerak. Har bir obrazning boshqalaridan ajralib turadigan tomonlarini ko’rsatish muhimdir.

Asardagi ayrim personajlar haqida quvnoq, mehnatchevar, rostgo’y, chaqqon deb baholab kifoyalanish yaramaydi. Bunday qilinsa, o’quvchilar tasavvurida to’laqonli obraz gavdalanmaydi.

Badiiy asar ustida shunday ishlash kerakki, o’quvchilar ongida obrazlar

to’laqonli va mukammal o’z ifodasini topgan. Har bir obraz qanchalik yorqin

ifodalansa, tasavvur va tushunchalari shuncha kengayadi. Badiiy obrazlar til yordamida, tilning tasviriy ifoda vositalari asosida yaratiladi. Shuning uchun asarni tahlil qilishda uning til xususiyatlarini ham hisobga olishga to’g’ri keladi. Lekin bunda asardagi ayrim so’zlar haqida fikr yuritish yetarli emas. Asar tili haqida umumiy fikr yuritiladi. O’quvchi va tinglovchilar tomonidan asarni to’laqonli o’zlashtirilishi fikrlash va ijodiy ishlarni qay darajada uyushtirilishiga bog’liq. O’quvchi asarda fikr yuritilayotgan obrazni o’z ongida gavdalantira olishi, buning uchun esa qayta hikoyalashdan ustalik bilan foydalana bilish kerak. Chunki asar mazmuni undagi obrazlar orqali ifodalanadi. Obrazlar yozuvchining o’z fikrlarini boshqalarga yetkazish vositasidir. Obrazlarsiz asar g’oyasi, yozuvchi fikrlarini tushunib bo’lmaydi.

O’qish darslarida o’rganiladigan asar turini ham hisobga olish kerak.

Nasriy asarlarni tahlil qilishda qayta hikoyalash va reja tuzishdan foydalaniladi.

Lirik asar tahlilida esa ifodali o’qish va savol-javoblarga keng o’rin beriladi.

Nasriy asarning ham turlariga qarab ish olib boriladi. Agar asar bayon tarzida

berilgan bo’lsa, to’liq hikoya qilish va og’zaki tasvirga e`tibor beriladi. Asarda

dialoglar ko’p bo’lsa, tanlab hikoya qilish va rollarga bo’linib o’qish yaxshi natija

beradi. Agar asar badiiy va ilmiy-ommabop maqolaga o’xshash bo’lsa, ularning

xususiyatlariga qarab har ikki ish turi oralig’ida tahlil qilinadi. Har qanday badiiy asar mazmuni ma`lum darajada mantiqiy jihatdan bog’langan bo’ladi. Asarning har bir qismi boshqa qismi bilan bog’lanadi. Agar o’quvchilar ana shu bog’lanishni to’g’ri anglasalar, uning mazmunini tushunishga qiynalmaydilar. Asardagi mantiqiy bog’lanish va fikr izchilligini o’quvchilar qanday his etishlari tekshirib ko’rilgan. Shu maqsad bilan mantiqiy bog’lanishi buzilgan gaplar berilgan. O’quvchilar gaplarni o’qib mazmun izchilligiga e`tibor bermaganlar. Voqealarning sodir bo’lishidagi ketma-ketlikka e`tibor bermay o’qiyverganlar. Boshqa bir guruh o’quvchilar ana shu kamchilikni aytib, mazmunini aytishda uni to’g’rilab ketish aytilgan. Buning uchun o’quvchi gapirish rejasini tuzib olishi tushuntirilgan.

1-2-sinf o’quvchilariga tuzilgan reja asosida gapirish aytilsa, baribir yozilgani bo’yicha gapirganlar. Badiiy asar tahlilida uning mazmuni asosida o’quvchilarni hayajonlantirish, fikrlashga undash, obrazlar mazmunini hayotga bog’lash o’quvchilarning o’z hayotlariga solishtirib ko’rish muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Badiiy asar o’qiladigan darsdagi kirish mashg’ulotida asar mazmuniga mos

bo’lgan g’oyalar ustida fikr yuritiladi. Bu o’rinda o’qituvchining gaplari obrazli va

jarangdor bo’lishi kerakki, bolalar tinglab hayajonlansinlar. Masalan, she`r

o’qiladigan darsda bu she`r mazmuniga yaqinroq musiqa, ashula eshittirish

mumkin. Eshitgan kuylarini o’quvchilar mustaqil mulohaza qilishlari, shu asosda

o’tkaziladigan suhbat va o’qituvchining izohlab berishi o’quvchilar didini o’stiradi, she`rni o’qishga qiziqishlarini oshiradi. Kirish mashg’ulotlarini ba`zi o’rinlarda sayohat tarzida, kinofilm yoki turli suratlar ko’rsatish, ayrim narsalarning o’zini namoyish qilish orqali o’tkazish ham qiziqarlidir. Har qanday holatda ham kirish mashg’ulotlari mavzuga, o’rganiladian asar g’oyasiga mos bo’lishi kerak.

-1-sinf o’qish darslarida “O’zbekiston –mening Vatanim”, “Biz-buyuklar avlodi”, “Ko’klam-yashnaydi olam”, “Ilm-aql chirog’i”, “Xalq o’giti –baxt kaliti”, “Odob-insonga husn”, “Mehnatning tagi-rohat”4;



-2-sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida “O’zbekiston-mening Vatanim”, “Men,sen,u va ular”, “Tabiat ne’matlari”, “Sog’ tanda sog’lom aql”, “Kasbim-faxrim”5;

-3-sinf o’qish darslarida “Ona bitta,Vatan yagona”, “Xalq og’zaki ijodi”, “Kuz manzarasi va mehnat”, “O’tmishni o’rganish-burchimiz”, “Kumush qish”, “Vatan himoyachilari”, “Orzular qanotida”, “Ulug’lardan o’rganmoq-oqillik”, “Keldi bahor-gulbahor”, “Tabiatni seving va asrang”, “Go’zal fazilat-inson husni”,

“9-May-Xotira va qadrlash kuni”, “Yoz fasli-soz fasl”6;

-4-sinf o’qish darslarida “Istiqlolim – istiqbolim”, O‘zbekiston –vatanim manim”, Saxovatli fasl”, Ma’naviyat – qalb quyoshi”, “Xalq og‘zaki ijodi”, “Qo‘shiqlar qanotida”, “Ertaklar mamlakatida”, “Adabiy ertaklar”, “Kumush qish”, “Vatanimiz o‘tmishidan”, “Nima yaxshi-yu, nima yomon?”, “Hayvonot olamida”, “Zumrad bahor”, “Yashasin tinchlik, bor bo‘lsin do‘stlik”, “Ajdodlarimiz – faxrimiz”, “Jahon bolalar adabiyoti”, “Yoz o‘tadi soz”7 bo’limlar bilan yaqindan

tanishadilar va bu bo’limlarda berilgan har xil janrdagi asarlar oqali o’quvchilarning dunyoqarashi,hayotdagi voqealarni tahlil qilish va asar qahramonlarining hatti-harakatlari orqali insonlarga baho berish qobiliyatlari yanada shakllanadi.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish