Ta`lim tarbiya ishlari gigiyenasi. dars jarayonini to`g`ri tashkil etish. 103-guruh. Sultonxo`jayeva xanifa. reja: - 1. bolalar gigiyenasida o`qituvchilarning ro`li.
- 2. Maktab yoshi haqida tushuncha.
- 3. o`quv yilini to`g`ri tashkil etish.
- 4. Dars gigiyenasi.
- 5. O'quvchilarning kun tartibi.
Bolalar gigiyenasida o`qituvchilarning ro`li - Inson sog'ligini muhofaza qilish va mehnat qobiliyatini ko'tarish haqida g'am xo'rlik qilish muhim hisoblanadi. Bu vazifani hal etishda, jumladan kasalliklarning oldini olish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda pedagoglar ham katta ahamiyatga ega. Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiy o'sib, rivojlanib kelayotgan avlodning turli davrlardagi o'zgarishlarini, tashqi muhit sharoitining bola organizmiga ta’sirining gigiyenik ahamiyatini bilib olgandagina o'quv-tarbiya jarayonini to'g'ri tashkil eta oladi. Avlodni jismonan sog'lom, aqliy va ruhiy jihatdan tetik, qaddi-qomati kelishgan qilib tarbiyalash uchun har qanday ta`lim muassasalaridagi tarbiyachi va o'qituvchilar yosh fiziologiyasi va gigiyena fani asoslari haqidagi bilimga ega bo'lishlari kerak. O'sib, kelayotgan bolalarva o'smirlar anatomiyasi va fiziologiyasini bilmay turib, bolalar shaxsiy gigiyenasi, maktabdan tashqari ishlar gigiyenasi va o'quv tarbiyaviy ishlar gigiyenasi masalalarini yechib bo'lmaydi.
Maktab yoshi haqida tushuncha. - MAKTAB YOSHI- BU MORFOLOGIK, PSIXOLOGIK VA IJTIMOiY JIHATDAN RIVOJLANISH BO'LIB, O'QUVCHILARNING TA'LIM, TARBIYA TALABLARIGA JAVOB BERISHi tushuniladi. BIRINCHI SINFLARDA 4,5% -2,5% BOLALAR MAKTABDA O'QISHGA TAYYOR BO`LMASLIGI MUMKIN. BUNDA BOLA ORGANIZMINING RIVOJLANISHDAN ORQADA QOLISHGINA EMAS, BALKI BOLANING MAKTABDAGI ISHLARGA TAYYOR BO'LMASLIGINI HAM TUSHUNMOQ KERAK. BUNDA, NERV JARAYONLARINING HARAKATCHANLIGI, NUTQNING RAVONLIGI, TALAFFUZDA NUQSONLAR BO'LMASLIGI, MAYDA HARAKATLARNI BAJARA OLISH QOBILIYATI, HARAKATLAR UYG'UNLIGI, VA BOSHQALAR KIRADI.
O`quv yilini to`g`ri tashkil etish - Maktablarimizda o'quv yilining davomiyligi boshlang'ich sinf o'quvchilarida qisqaroq, o`rta va yuqori sinf o'quvchilarida esa uzunroq boladi. O'quv yili davomida o`quvchilarning ish qobiliyatining saqlanib turishida qishki, bahorgi, kuzgi va yozgi ta'til kunlarida bolalarning yaxshi dam olishlari muhim ahamiyatga ega.
- O`quv jarayonining tatillar bilan almashib turish rejadagi o`quv materialining bir me'yorda taqsimlanishi bilan o`quvchilar aqliy charchashining oldi olinadi, sog'ligi va ish qobiliyatining qayta tiklanishiga yordam beradi. Maktablarga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. O'qish boshlashidan 1-2 kun avval maktabdagi o`quv tartibini tanishtirish maqsadida o`qituvchilar ota-onalar va o`quvchilar bilan uchrashuv o`tkazadilar. Sinf rahbari har bir o`quvchini bo`yi, ko'rish va eshitish qobiliyatini hisobga olgan holda o'tiradigan partasini belgilaydi.
Darsni to`g`ri tashkil etish. - O'quvchilar o`quv ishining asosiy shakli dars bo`lib, u turlicha olib borilishi mumkin. O'quvchilar aqliy mehnat qobiliyatining rivojlanishi, darslarni o`zlashtirishlari, salomatliklari darslarni gigiyenik Jihatdan qay darajada ratsional tashkil qilinishiga ko`p Jihatdan bog'liqdir. Darsni to`g`ri tashkil qilishda birinchi navbatda uning davomiyligi, dars o'tilgan joydagi (sinfdagi) asosiy gigiyenik talablarga rioya qilish nazarda tutiladi.
- tajribalar shuni ko'rsatdiki, bolalar bosh miya po`stloq hujayralari faoliyatining susayishi boshlang'ich sinflarda dars boshlangandan 10-15 minutdan keyin, 4-8 sinflarda 12-20 minut o`tgandan keyin, 9-10 sinflarda esa 25-30 minut o`tgandan keyin seziladı. Darslar hamma sinflarda 45 minut davom etadi. Fiziolog va gigiyenistlar birinchi sinf o'quvchilari uchun darsning davomiyligi 30-35 minutdan oshmasligi kerak deyishmoqda.
O`quvchilarning kun tartibi - Tashqi muhitning qulay sharoiti ta'sirida bolalar va o'smirlar organizmi o'sib, ulg'aya boradi. Kun tartibi to'g'ri tashkil etilganda bola charchamaydi, nerv tizimida shartli reflekslar vujudga keladi, bolalar intizomli va tartibli bo`lib boradi. Kun tartibiga rioya qilinmaganda esa bola to`liq dam olmasdan, toliqib qoladi, uyqusi, ishtaxasi yomonlashadi, asabi buziladi, ish qobiliyati pasayadi. Har kuni bir vaqtda ovqatlanishi shart, shunda ovqatlanish vaqti yaqinlashganda ishtaxa paydo bo'ladi, ovqat tez va yaxshi hazm bo'ladi. Bolaning bir kunlik yeydigan ovqati organizmida sarflangan energiyani qoplashi kerak.
- Pedagoglar o'quvchilarda kun tartibini bajarish ko'nikmasini hosil qilishlari kerak. Har o`quv yilining boshida sinf rahbari ota-onalarni va o`z sinfi o'quvchilarini taxminiy kun tartibi bilan tanishtiradilar. Bu tartib asosida har bir o`quvchi uy sharoitiga qarab o`zining kun tartibini belgilaydi.
E`tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |