III. Ishbilarmonlik, ishchanlik, uddaburonlik xislatlari:
Quntlilik, tirishqoqlik, serhafsalalik-kasb egallash, mohir mutaxassis bo`lish uchun juda zarur xislat. Faoliyat hafsala bilan bajarilsa, mutaxassis quntli bo`lsagina mehnat unumdorligining yuqori cho`qqilariga erishish mumkin..
Javobgarlik, mas`uliyatlilik-so`z bergandan keyin bajarishlik, ishga, o`qishga mas`uliyat xissi bilan yondoshish hissi.
Halollik, poklik - tadbirkorlik ishlarida halollik, poklik asosiy xislatlardan bo`lib, bo`lg`usi tadbirning muvaffaqiyatli yakuniga ko`p jihatdan bogliq. SHarq biznesmenlarining xulosalariga qaraganda har bir yangi tadbir boshlanishi oldidan tadbirkor o`zi poklanib, xalol ish yuritsa bu tadbirning albatta ijobiy bo`lishi ta`minlangan bo`ladi.
Urinchoqlik, serharakatlilik, tirishqoklik - tadbirni amalga oshirishda birgina halollikning o`zi etarli emas. Buning uchun shaxsning tirishib, uriiib harakat qilishi, doimo izlanishda bo`lishi lozim bo`ladi.
Musobaqaviylik, raqobatlilik, muqobillik - hozirgi bozor munosabatlariga o`tishda raqobatlilik, bir ishni tezroq, oldinroq bajarishga shoshilish muvaffaqiyat keltiradi.
Ijro etuvchanlik, ishchanlik, bajaruvchanlik ishlab chikarish ishini, o`quv ishini vaktida bajarish shaxsni itizomlilikka, tartibga o`rgatadi, xogirani mustahkamlaydi, turli salbiy oqibatlarning oldi olinadi.
Zo`r beruvchanlik, kuchanuvchanlik - xar bir tartibda shunday damlar uchraydiki xarakat qilinib urinish etarli bo`lmay qoladi. Xamma fikrni, kuchni ishlatib zo`r berishga to`g`ri keladi.
Malakalilik, saloxiyatlilik - malakalilik fakat bilimlar bilan o`lchanmaydi..
Sifatlilik, yuqori navlilik - maxsulotni, tayyorlangan mutaxassislarning yuqori sifatliligi bozor iktisodiyoti sharoitida xamma taaqalarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishni do`ndirshlilik, ishni o`rniga qo`yuvchanlik, ishni o`rinlatmoqlik - shaxsning ko`p yillik qunt bilan olib borgan harakatlari natijasida topshirilgan ishni tez, unumli bajarish ko`nikmasini egallashi.
CHaqqonlik, abjirlmk, epchillik - shaxsning topshirilgan ishni ko`p mehnat, kuch sarflamasdan ustalik bilan bajarish ko`nikmasini egallashi.
Saranjom-sarishtalik, jo-bajo ish tutish, batartiblik - shaxsning kiyinishida, ish tutishda, muomalasida, odobida namoyon bo`ladigan batartiblik ko`nikmalari.
Ishshshg xavosini olganlik, ishning xadisini olganlik - shaxsning avtomat malakalarni shakllantprishi. Ko`p o`ylamay ishni malakali bajarish ko`nikmasi.
Ishga layoqatlilik, hormas-tolmaslik, imkonlilik- shaxsning uzoq muddat talab etilgan darajaga ishga layokatliligini saqlab kola olishlilik ko`nikmasi. Layokatli xpzmatchi ish kunining boshida xam, oxirida ham bir xilda unumli, xam sifatli mexnat kila oladi.
Tashabbuskorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik - shaxsning hali ochilmagan yo`ldan turli usullar, imkoniyatlar topib olg`a yura olishi, yangilikni, tashabbusni qo`lga olib atrofdagilarni shu ishga safarbar kila olish ko`nikmasi.
Aqlga, maqsadga muvofiqlik, ma`qullik, ixtirochilik - ratsional shaxs iiish bajarpsh uchun ksrakli a`zolarinigina jalb qila olish ko`nikmasiga ega bo`ladi, kam mehnat qilib ko`p mahsulot oladi, kam kuch sarflab ko`p samara oladi.
CHidamlilik, sabr-toqatlilik, bardoshlik, tokatlilik, baquvvatlik - shaxsning uzoq vaqt katta kuchlanish talab qiladigan faoliyatda qatnasha olish ko`nikmasi.
Muntazamlilik, rejalilik - shaxsshshg rejal ish tutish ko`nikmasi. Buyuk Napoleon «faoliyatda, xarakatlarda faqat oldindan rejalashtirilgan narsagagnia erishish mumkin, hech qanday tasodif natija bermaydi» degan.
Juda aniqlik, o`z vaqtida bo`lishlik, puxtalik tadbirkorlikda ko`p narsa aniq vaqt bilan o`lchanadi, «vaqting ketdi naqding ketdi»-xalqimizda shunday naql bor.
Tejamkorlik, ehtiyotkorlik, mo``tadillik - shaxsning tejamli ish yuritishi, ishning kirimidan chikimini kam qilib yuritish, doimo zaxirada biron kism mulkni saqlashi, evida ish yuritish ko`nikmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |