Bitta bitiruv imtihonining natijalari hammasini hal qiladi. Yuqori sinflar yakunlanganidan so‘ng o‘quvchilar bitta test topshiradi, uning natijalari kim oliygohga kira olishini hal qiladi. Bitiruvchi faqat bitta oliygohni tanlash huquqiga ega, uning tanlovi kelajakdagi maoshini va hayot darajasini belgilab beradi. Raqobat ancha kuchli — bitiruvchilarning 76 foizi maktabdan so‘ng ta’limni davom ettiradi.
Universitet yillari hayotdagi eng yaxshi ta’til sifatida esda qoladi. Uzoq yillar to‘xtovsiz mashg‘ulot va tayyorgarlikdan so‘ng muayyan natijaga erishgan yoshlar ta’til qilishni istashi tabiiy. Yaponiya ta’lim tizimining yuqoridagi o‘ziga xosliklari tufayli bu palla universitet yillariga to‘g‘ri keladi. Shu bois universitet tahsili har bir yaponning hayotidagi eng yengil va betashvish davr hisoblanadi. Ishga kirishdan oldin olingan ta’til misoli, axir yaponlar bolalikdan ishga ulkan mas’uliyat va muhabbat bilan yondashishga o‘rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |