Yaponiya maktablarida farroshlar yo‘q, ularning ishini o‘quvchilar bajaradi. Har bir sinf kabinetlar, koridorlar va hatto hojatxonalarni navbatma-navbat yig‘ishtiradi. Bu bilan bolalarga erta yoshdan jamoa bo‘lib ishlash va bir-biriga yordam ko‘rsatish o‘rgatiladi. Bundan tashqari, yig‘ishtirishga ko‘p vaqt va kuch sarflagan o‘quvchilar bundan keyin binoning ifloslanishiga imkon qadar yo‘l qo‘ymaslikka urinadi.
Maktablarda standartlashtirilgan nonushtalar tayyorlanadi va bolalar birgalikda tanovul qiladi. Boshlang‘ich va o‘rta maktabda bolalar uchun maxsus nonushta tayyorlanadi, ularning menyusi ustida nafaqat maktab oshpazlari, balki tibbiyot xodimlari ham ishlaydi. Ovqat maksimal darajada foydali va sog‘lom bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Sinfdoshlar o‘qituvchi bilan birgalikda sinfxonada nonushta qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |