Ko’nikmaning hosil bo’lishining notekis jarayoni. Bu mashqlarning egri grafigida namoyon
deyiladi. Ko’nikmalarning yangilarini shakllanishiga ta’sir esa interferensiya deb ataladi, bunda
undan foydalanish lozim. Aks holda deavtomatlashtirish yuzaga kelib, zarur harakatlar o’z
tezligi, yangilig, aniqligi va avtomatlashtirilgan harakatlarni ta’minlovchi xususiyatlarini
yo’qotadi.
54
O’qitishing ikkita usuli mavjud. Biri an’naviy o’qitish usuli- bunda o’qituvchi muammoni
belgilaydi, vazifalarni aniqlanadi va muammoni yechib beradi. O’quvchi esa masalani yechish
yo’llarini eslab qoladi va uni yechishni mashq qiladi. Bunda o’quvchilarda reproduktiv tafakkur
shakllanadi.
Rivojlantiruvchi ta’lim o’qitishning muammoli usulida o’qituvi o’quvchilarning bilish
jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qiladi. O’quvchi esa muammoni tushunadi.
Uni yechish yo’llarini qidiradi va uni yechadi. Bunday hollarda o’quvchi tafakurining
maxsuldorligi oshadi va uning mustaqililigi rivojlanadi.
O’quvchining o’qishga bo’lgan qiziqishini rivojlanitirsh uchun o’qituvchi quyidagi qoidalarga
tayanishi lozim:
1
O’quv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda o’quvchi faol harakat qilishi,
mustaqil izlanishi, yangi bilmlarni o’zi kashf etishi va muammoli xarkteridagi
masalalarni yechish uchun sharoit izlashi kerak.
2
O’quvchilarga bir xil o’qitish usullari va bir turdagi ma’lumotlarni berishdan qochish
kerak
3
O’rgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo’lishi uchun ayni shu fan yoki
bilim, o’quvchining o’zi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilish kerak
4
Yangi material qanchalar o’quvchi tomonildan avval o’zlashtirilgan bilmlar bilan
bog’liq bo’lsa, u o’quvchi uchun shunchalik qiziqarli bo’ladi
5
Haddan ziyod qiyin materiallar o’quvchida qiziqish uyg’otmaydi. Berilayotgan bilimlar
o’quvchinig kuchi yetadigan darajada bo’lish kerak
O’qituvchi o’rganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini ko’rsatish, o’quvchiing
o’quv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar, aqliy o’yinlardan kengfoydalanishi lozim.
Lekin, ta’limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli bo’lavermaydi, shuning uchun
o’quvchilarda iroda, qat’iylik, mehnatsevarlik kabi xislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda
zarurdir. Ana shu xislatlar o’quvchining kelgusida o’z-o’zini nazorat qilishga, o’z-o’zini
baholashga va mustaqil ta’lim olishga asos bo’lish kerak.
Muammoli topshiriq: O`quvchi maktabdan nima olib ketishi kerak?
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. O’quv faoliyati va uning elimentlari nimalardan iborat.
2. Ta’lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish nimaga bog’liq.
3. O’qish motivlari.
4. Ta’lim faoliyatiga ko’ra ta’limning qanday metodlari mavjud.
5. O’quv faoliyatini boshqarish.
6. Ko’nikma va malakalar ta’lim jarayonida qanday shakllantiradi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.Karimov. I.A. «O’zbekiston buyuk kelajak sari». Toshkent. «O’zbekiston». 1998.
2. Karimov. I.A. «Barkamol avlod orzusi». Toshkent. 1999.
3. G`oziyev E.G`. Psixologiya(Yosh davrlari psixologiyasi). T., O`qituvchi, 1994.
4 Davletshin M.G., Do`stmuxamedova Sh.A., To`ychiyeva S.M., Mavlonov M. Yosh davrlari va
pedagogik psixologiya. T.: TDPU, 2004 y.
5. G’oziev. E.G`. «Pedagogik psixologiya asoslari». Toshkent. 1997.
6.Kon I.S. Psixologiya yunosheskogo vozrasta. M.: 1979
7. Mudrik A.V. O vospitanii starsheklassnikov. M.: 1981
8. G’oziev. E.G`. «Psixologiya metodologiyasi». Toshkent. 2002 y.