Ta’lim metodlari


Namoyish metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda



Download 43,83 Kb.
bet3/4
Sana20.04.2022
Hajmi43,83 Kb.
#566141
1   2   3   4
Bog'liq
2 5388977710619957565

Namoyish metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda
qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi
haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi

Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o‘qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Shu bois o‘qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog‘ida, turli o‘simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy ravishda yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.
Metod yordamida o‘qituvchi o`quvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni o‘rganish, zaruriy o‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o‘rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so‘z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo‘naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o`quvchilarning yoshiga mos holda to‘g‘ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo‘naltirishiga bog‘liqdir.Tasvirlash (illyustrasiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi.



Tasvirlash narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari – chizma, port, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi

Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bog‘liqlikda bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o`quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur bo‘lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni anglash talab etilsa illyustrasiyaga murojaat qilinadi.Tasvirning samarasi ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatuv texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rsatmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o‘rganilayotgan obyekt mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustrasiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rinlarda kerakli hajmda ko‘rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi o`quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg‘itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy obyektlar va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.


O‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Mazkur metod sinf sharoitida – dars jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim metodlaridan iubdan farq qiladi.



Ekskursiya narsa va hodisalar mohiyatini tabiiy sharoitlar (ishlab chiqarish muassasalari, fermer va jamoa xo‘jaliklari, tabiat) yoki maxsus muassasalar (muzey, ko‘rgazma zallari va hokazolar)da bevosita o‘rganilishining tashkil etilishi

Ekskursiya bir vaqtning o‘zida mustaqil ta’lim turi ham sanaladi.


Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: ko‘rgazmalilikning o`quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi; namoyish etilayotgan obyektlar barcha o`quvchilarga yaxshi ko‘rinib turishi; namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi; tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi; namoyish va illyustrasiya o`quv materialining mazmuni bilan uyg‘un bo‘la olishi lozim.

Amaliy ishlar metodi o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi, bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi

Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o`quvchilar e’tiboriga havola etadi.Amaliy ishlar metodi o`quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi:



Qayd etilganidek, ushbu metodlar o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo‘ladi.
Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.
Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham yozma mashqlar sirasiga kiradi.
Grafikaviy ishlar jihatlariga ko‘ra yozma ishlarga o‘xshash bo‘lib, ulardan asosan texnik jarayonlar (ya’ni geografiya, fizika, matematika, chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko‘lamda foydalaniladi.
Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda birmuncha yuqori bo‘ladi: mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish; bajarish qoidasini bilish; vaqt bo‘yicha takrorlanishning to‘g‘ri taqsimlanishi.
Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat: o‘qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi; topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko‘rsatishi; o‘qituvchi nazorati ostida o`quvchilar tomonidan o`quv harakatining dastlabki bajarilishi; zarur ko‘nikma va malakalar shakllangunicha o`quv harakatlarning ko‘p bora takrorlanishi.
Ayrim holatlarda o`quvchilar ovoz chiqarib o`quv harakatlarini takrorlashlari va bajarishlari lozim bo‘ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko‘nikma va malakalarni egallashga imkon beradi.
Laboratoriya ishlari o`quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o`quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o`quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.
Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod o`quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladi. U o`quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko‘nikmalarini shakllantirish kabi funksiyalarni bajaradi.Amaliy mashg‘ulotlarda o`quvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh bosqichda tashkil etiladi:


Zamonaviy ta’lim tizimida o`quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar negizida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.



Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi

Hozirgi vaqtda o‘qituvchilar qo‘lida barcha o`quv fanlari bo‘yicha didaktik o‘yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yaratilgan o`quv dasturlarda turli didaktik o‘yinlarning ro‘yxati yetarli darajada ko‘rsatilgan. Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va yo‘nalishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan kompyuter o‘yinlarining maktab amaliyotiga jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o‘yinlar o`quvchilarga ijtimoiy-foydali mehnat hamda o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki jarayonning mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O‘yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik zo‘riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o‘yinlardan foydalanilganda o`quvchilarning manfaatdor bo‘lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirdagina ularni taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil etilgan o‘yin ijobiy natija bermaydi.


Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o`quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim: zamonaviy didaktikaning yetakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari; o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xosligi; xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi; muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni; u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt; o`quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi; o`quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi; o`quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi; o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari; o`quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatilganligi.
O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.

Download 43,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish