3. Amaliy metodlar kabi turlarga ham ajratiladi.
Ta’lim metodlari tizimida muhim o‘rin tutadigan og‘zaki bayon qilish metodlarining o‘zi ham quyidagi turlarga ajratiladi:
Og‘zaki bayon qilish metodlari o`quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Ugbu metodlar o`quvchining nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Hikoya o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning
yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli
tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi
Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o`quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o`quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi. Hikoya qisqa bo‘lishi hamda o`quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni uyg‘otishi kerak.
Suhbat savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi
Suhbat metodi fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o`quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o`quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o`quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o`quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o`quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o`quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi. Suhbat ko‘proq o`quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.
Kirish suhbati o`quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bo‘lgan ishlar mohiyatining o`quvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko‘rishdan iborat.
Yakuniy suhbat o`quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o`quvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi va ularning yangi mavzuni o‘zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun dars avvalida yoki so‘nggida qo‘llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi. Savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, ular o`quvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga rag‘batlantirsin.
Tushuntirish o`quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o`quv materialining bir qadar qiyin o‘rinlariga alohida urg‘u berilib, mazmuni ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’ruza mazmuni murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalardan tashkil topadi va u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi, bir vaqida o`quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan iborat: ma’ruza rejasini tuzish; o`quvchilarni ma’ruza mavzusi, rejasi bilan tanishtirish; ma’ruza bandlarini mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etish; har bir bandini qisqacha xulosalash; ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o‘tishda mantiqiy aloqadorlikni ta’minlash; ma’ruzani muammoli va hissiy tarzda bayon qilish; bunja nutq imkoniyati, misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish; o`quvchilarning bilish faoliyatini mahorat bilan boshqarish; ma’ruzaning muhim jihatlarini ochib berish; o`quvchilar ma’ruzaning asosiy o‘rinlarini yozib borishlariga imkon yaratish; muhim o‘rinlarni ta’kidlab ko‘rsatish; ma’ruza mazmunini ko‘rgazmali tarzda (namoyish, illyustrasiya, videofilm va boshqalardan foydalangan holda) yoritish.Ta’lim sifatini oshirishda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Ko‘rgazmali metodning quyidagi turlari mavjud:
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish reseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan “Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi” maqoli ilmiy asosga ega ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |