Ta’lim metodlarining mohiyati
1. Og’zaki bayon metodlari.
Hikoya, suhbat, ma’ruza ta’limning
bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar yevristik suhbatni
hisobga olmaganda, asosan, o’quvchilarning xotirasiga mo’ljallab
tashkil etiladi,
tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o’qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
Hikoya.
Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o’quv
materialini o’rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o’tkaziladi. Kirish
hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni yeslash, ularni
dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon Shaklidagi hikoya- yangi o’quv
materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon Shaklidagi
hikoyada o’qituvchi o’quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy
va ikkinchi darajali
xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan
darsning oxirida o’rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.
Ma’ruza.
Ma’ruza o’rta umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida,
kollejlarda, oliy o’quv yurtlarda foydalaniladigan ta’lim metodi bo’lib, unda
o’zaro ta’sir o’qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi,
ayrim omillar,
asosiy g’oya va bog’lanishlarni yozib olish Shaklida amal qiladi. Ma’ruza uchun vaqt
bolalarning tayyorgarlik darajasi, o’quv materiali xajmiga ko’ra belgilanadi.
Ma’ruza jarayonida o’quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish
maqsadida o’qituvchi o’z nutqini ko’rgazmali qurol, muammo va topshiriqlar
bilan uyg’unlashtiradi. O’quv materialiga oid iboralarga izoh berish,
ayrim
o’rinlarda o’quvchilarning o’zlariga xulosa chiqarishni taklif etish o’quvchilarning
o’quv-biluv faoliyatining samarasini oshiradi.
Suhbat.
Suhbat o’qituvchi o’quvchining o’zaro ta’siri dialog Shaklidagi
ta’lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o’ylangan, bir-biriga
bog’liq savollarni qo’yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo’llari
bilan o’qituvchi va o’quvchi faoliyati o’zaro muvofiqlashadi.
Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo’ladi:
yevristik suhbat; katoxezistik
suhbat. Yevristik suhbat o’quvchilarning tafakkuriga mo’ljallangan metod
bo’lib, unda o’zaro ta’sir o’qituvchi savollari bolalarning javoblari Shaklida
amal qiladi. Yevristik suhbat uzoq tarixga ega bo’lib, undan qadimgi Gresiyada
Suqrot mohirona foydalangan.
U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham deb yuritaladi.
Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo’l bilan o’quv
materialini o’rganish; o’zlashtirishning individual harakter kasb etishi.
Katoxezistik suhbat o’quvchilarning
xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish
faoliyatiga mo’ljallab o’tkaziladi. O’tkazish maqsadiga ko’ra katoxezistik
suhbatning quyidagicha turlari mavjud:
Yakunlash suhbati. Bunday suhbatda mashg’ulotda qilingan ishlar bo’yicha
umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi.
Mustahkamlash suhbati-yangi mavzu tushuntirilgandan keyin o’tkaziladi, so’ngra
yangi mavzu intelektual va amaliy topshiriqlar bajariladi.
Takrorlash suhbati ikki yoki undan ortiq mavzu bo’yicha o’tkaziladi.takrorlash
yo’li bilan malakalar takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat katta bo’lim
o’tilgandan so’ng, o’quv boshida, oxirida tashkil etiladi.
Kirish suhbati yangi mavzuni o’rganishdan oldin o’tkaziladi.
Nazorat suhbati
bilimlarni sinab ko’rish maqsadida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: