5.4. O’quvchilar bilimlarni egallash jarayoni
O’quvchilar bilimlarni egallash jarayonida ma’lum bosqichlarni o’tadilar. Muhandis-pedagoglar o’quvchilarning bilimlarni egallash bosqichlarini yaxshi bilishlari kerak. O’quvchining bilimlarni egallash bosqichlari quyidagilardan iborat:
Birinchi bosqich – bu idrok etishdir. Psixologiyadan ma’lumki, idrok etish – maqsadga yo’naltirilgan bilish jarayoni demakdir. U saylanma xarakterda bo’ladi. Shuning uchun ham o’quvchilarga avvalo mavzu haqida xabar berishi, ya’ni ular nimani o’rganishi kerakligini aytishi kerak. Vazifa qo’yishi va uni tushuntirishi shart. Agar o’quvchilar o’quv topshirig’ini anglab etmasalar, o’quv materiali bilan tanishtirishga o’tmaslik kerak.
Ikkinchi bosqich – bu o’quv materialini idrok etish bosqichi hisoblanadi. U bilimlarning nazariy tomonini alohida ajratib ko’rsatishdan va tahlil etishdan iboratdir. Asosiy fikrni topish, tushunchalarni ajratib ko’rsatish, ularni belgilarini asoslab berish, izohlovchi materialning xarakterini tushunib olish misollar va tushuntiruvchi faktlar yig’indisini o’rganish kerak.
Uchinchi bosqich – bu yod olish va mustahkamlashdir. Vazifa olingan bilimlarni uzoq vaqt davomida xotirada saqlab qolishdan iboratdir. Bu borada bilish faoliyati asosan, mashqlar, mustaqil ravishda reproduktiv va ijodiy ish qilish tarzida nomoyon bo’ladi.
To’rtinchi bosqich – bilim, malaka va ko’nikmalarni amaliy faoliyatda, ayniqsa o’quv muassasa qoshidagi o’quv ustaxonalarida, laboratoriyalarda ishlash chog’ida shuningdek, traktorlarda, mashinalarda, kombaynlarda, stanoklarda va boshqa mashina, mexanizmlarda ishlashga o’rgatishdir.
Ta’lim mazmuni – umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda oliy ta’lim mazmuniga davlat ta’lim standartlari, o’quv reja va o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar kiradi. Quyida ularga qisqacha ta’riflar keltiriladi
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lishini ta’minlash. Ta’limning asosiy maqsadi yoshlarni mustaqillik hayotga tayyorlash ya’ni turli xil hayotiy sharoitlarda o’z bilim, malaka va ko’nikmalarini amalda qo’llay olish darajasiga etkazishdir. Shuning uchun biz ta’lim jarayonida o’quvchilarni faqat ilmiy bilimlar bilan qurollantiribgina qolmasdan, balki ana shu bilimlarni amaliyotda qo’llay olishlarini ta’minlashimiz lozim. Demak, bu tamoyil ta’limning ilmiyligi haqida tamoyil bilan hamoxang bo’lib, ular bir-birlarini to’ldirib keladilar. Ta’limning ilmiyligi bilimlarni nazariy jihatdan o’rganishga, mantiqiy bog’liqliklarni tushunishga, fikrlash qobiliyatini o’stirishga xizmat qilsa, amaliy harakatlar ana shu bilimlarni amalda qo’llab ko’rish yanada to’liqroq ishonch hosil qilish, malaka hamda ko’nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |