5.1.3. O’quvchining tafakkuri bilan qabul qilingan va qayta ishlangan ma’lumot xotirada saqlash lozim. X o t i r a — bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan bog’liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir.
Esda olib qolish to’g’ridan-to’g’ri o’quv faoliyatining xarakteriga bog’liqdir. Esda olib qolish biron bir aktiv faoliyat ro’y bergan vaqtdagina eng samarali bo’ladi. O’quvchilar topshirilgan tekstllarni faqat yodlash emas balki, ushbu material ustida muayyan ish olib borish- undagi ma’noviy xatolarni aniqlash, ma’nosiga qarab guruhlarga ajratish, ma’no jihatidan muhim joylarni belgilash ancha samara beradi. Ya’ni, o’quv materialini ma’nosini tushunib esda olib qolish faqat zarur bo’libgina qolmasdan, shu bilan birga mexanik esda olib qolishdan beqiyos darajada samaraliroqdir. Materialni yodlash jarayonida takrorlash bilan materialni faol esga tushurishga intilishni bir-biri bilan almashtirib turish tavsiya etiladi.
O’quvchilar darsda xotirsini aktivlashtirish
O’quvchi xotirasining yaxshi bo’lishi, ya’ni his-kechinmalarini, ko’rgan — kechirganlarining mazmunini to’laroq miyasiga saqlanishi quyidagi omillarga bog’liq :
esda saqlab qolish bilan bog’liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;
shaxsning o’zi shug’ullanayotgan ishga nechog’lik qiziqish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;
shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining kandayligiga;
shaxsning ayni paytdagi qayfiyatiga;
irodaviy kuchi va intilishlariga.
O’quvchilarga ta’lim berishda xotiraning quyidagi sakqiz qonunini hisobga olish maqsadga muvofiq:
Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni kanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustahkam xotirada muhrlagan bo’lamiz.
Qizikish qonuni. Anatol Frans: «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan munosabatda bo’lishimiz, va uni yaxshi ko’rishimiz kerakligini nazarda to’tgan.
Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar kanchalik ko’p bo’lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo’ladi. Masalan, ilgari ukigan biror kitobni qaytadan ukib, uni yangidan ukiyotganday his qilsangiz, demak, siz ilgarigi tajribangiz etishmaganligidan uni yaxshi o’zlashtira olmaganligingizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar ham tajribaga aylangandagina, yangilariga zamin bo’la oladi.
Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo’lgusi aqliy ishga qanday hozirlik ko’rgan bo’lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Masalan, fizika o’qituvchisining barcha darslari sizga doimo ma’kul bo’lgan bo’lsa, Siz: «Bugun ham yangi narsa o’rganib chiqaman», deb o’zingizni ishontirasiz va oqibatda natija ham yaxshi bo’ladi. Yoki vaqtga nisbatan tayyorlik ham shunday. «Bir amallab imtixon topshirsam, keyin kutulaman», deb darsga tayyorlangan bo’lsangiz, imtixon tugagach, guyoki miyangizni birov «yuvib kuyganday» tasavvur hosil bo’ladi. Agar materialni mutahassis bo’lishim uchun juda kerak, deb umringiz oxirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada mukim saqlanadi.
Assostiastiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, ayni konkret xona o’sha erda ro’y bergan hodisalarni ham eslatadi.
Birin — ketinlik qonuni. Harflarni alfavitdagi tartibida yoddan aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo’lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo’lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofikdir.
Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab kolinadigan narsa to’g’risidagi birinchi taassurot kanchalik kuchli bo’lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorkin bo’ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar okimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.
Tormozlanish qonuni. Har qanday muayyan ma’lumot o’zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning uchib ketmasligi uchun yangini esda saqlashdan avval mustaxkamlash choralarini ko’rishingiz kerak.
Demak, yaxshi kuchli bilimlarga ega bo’lish uchun har bir predmet yoki fanning mavzularini o’ziga xos tarzda yoqtira olish va xotirada saqlash uslublarini ishlab chiqishingiz kerak ekan. Lekin albatta, matematika fanidan keyin fizikani, tarixdan keyin adabiyot fanini, she’r yodlashni uyku oldidan amalga oshirmaslikni maslahat beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |