Talabasi ergasheva gulnozning individual rivojlanish biologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Download 50,29 Kb.
bet8/13
Sana03.07.2022
Hajmi50,29 Kb.
#734021
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
rivojlanish biologiyasi MUSS ISH

Chig'anoqli amyobalar (Testacea) turkumi. Chig'anoqli amyobalarning tuzilishi yalang'och amyobalarga bir muncha o'xshab ketadi, lekin ulardan tanasining chig'anoq ichida bo'lishi bilan farq qiladi. Psevdopodiylari chig'anog'ining bir tomonidagi teshigi orqali tashqariga chiqib turadi. Chig'anoqlari odatda yumaloq yoki birmuncha cho'ziq (oval) qopchaga o'xshash bo'ladi (3-rasm). Ayrim turlarining chig'anog'i yupqa organik moddadan, boshqalariniki mayda qum zarrachalaridan tarkib topgan. Turli chig'anoqli amyobalar psevdopodiylarining shakli va uzunligi, chig'anoqlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan arsella - Arcella vulgaris chig'anog'i qo'ng'ir tusli
kosacha shaklida bo'lib, uning markazida joylashgan teshikchasidan psevdopodiylar chiqib turadi. Artsellaning chig'anog'i shoxsimon organik moddadan tuzilgan bo'lib, sitoplazmadan hosil bo'ladi. Difflyugiya (Dif-flugia) (3-rasm) noksimon kremniyli chig'anog'i asosan
tashqi muhitdan olingan mayda qum zarrachalaridan iborat. Bunday chig'anoq dastlab sitoplazmaga yutilgan zarrachalarning sitoplazma sirtiga chiqib, bir-biriga yopishuvi natijasida hosil bo'ladi. Euglifa (Euglypha alveolata) ning qubbaga o'xshash chig'anog'i esa oval kremniy plastinkalaridan tashkil topgan. Bunday plastinkachalar sitoplazmadagi qum zarralaridan shakllanadi.
Chig'anoqli amyobalar ham jinssiz ikkiga bo'linish orqali ko'payadi. Dastlab sitoplazmasining taxminan yarmi chig'anoq og'izchasidan tashqari­ga chiqarilib, sitoplazmatik kurtak hosil qiladi. Sitoplazma sirtida esa. chig'anoq hosil bo'ladi. Yadro ham ikkiga ajralib, ulardan biri yangi hosil bo'lgan kurtakka o'tadi. Bu davrda har ikkala chig'anoq og'iz tomoni bilan bir-biriga o'girilgan bo'lib, sitoplazma ko'prikchalari orqali o'zaro bog'langan. Keyinroq ko'prikcha ingichkalasha borib uzilgach, har qaysi hayvon mustaqil yashashga o'tadi.
Chig'anoqli amyobalarning kattaligi 50-150 mkm keladi. Ular bentosda hayot kechiruvchi hay vonlar bo'lib, organik moddaga boy kichikroq suv havzalarida, ko'pchilik turlari sayoz chuchuk suv havzalarining tubida, hovuz va ariqlarning qirg'oqqa yaqin joylarida uchraydi. Sfagnum botqoqliklarining faunasi ayniqsa chig'anoqli amyobalarga boy bo'ladi. Sfag­num moxlarining barglari va poyalarida saqlanadigan suv ichida chig 'anoqli amyobalarning o'ndan ortiq turlari topilgan.

Download 50,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish