FarDU “Biologiya” yo‘nalishi magistranti Xamidov Abubakrning “Turli tipdagi suv havzalarida tarqalgan o‘simlikxo‘r baliqlarning bioekologik xususiyatlari va baliqchilikdagi ahamiyati” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasiga yozilgan
taqriz.
Baliqchilikda yetishtiriladigan baliqlarning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish akvakulturadagi muammolarni hal qilishdagi muhim nazariy va amaliy vazifalardan hisoblanadi. Ana shular e’tiborga olinadigan bo‘lsa, o‘tkazilayotgan ixtiologik tadqiqotlar bevosita baliqchilikni rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan respublikamizda ixtiologik tadqiqotlar natijasi o‘laroq baliqchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Buning natijasida hukumat tomonidan aholini baliq mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Magistr Xamidov A. turli tipdagi suv havzalarida tarqalgan o‘simlikxo‘r baliqlarning bir qator bioekologik xususiyatlarini o‘rganish orqali ularning baliqchilikdagi ahamiyatini aniqlashga ham katta e’tibor qaratgan. Ushbu baliqlar respublikamiz suv havzalariga boshqa iqlim mintaqasidan iqlimlashtirilgan bo‘lib ular mahalliy baliqchilikni rivojlantirishda juda katta amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu magistrlik ishida o‘simlikxo‘r baliqlarning biologiyasi, ekologiyasi va baliqchilikdagi ahamiyati o‘rganilgan.
Magistr Xamidov A. ning “Turli tipdagi suv havzalarida tarqalgan o‘simlikxo‘r baliqlarning bioekologik xususiyatlari va baliqchilikdagi ahamiyati” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi qo‘yiladigan talablarga javob beradi va bu ishni himoyaga loyiq deb hisoblayman.
Taqrizchi:“O‘rag‘boy Ota” baliqchilik fermer
xo‘jaligi rahbari t.f.n.
A. Mamajonov
FarDU “Biologiya” yo‘nalishi magistranti Xamidov Abubakrning “Turli tipdagi suv havzalarida tarqalgan o‘simlikxo‘r baliqlarning bioekologik xususiyatlari va baliqchilikdagi ahamiyati” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasiga yozilgan
taqriz.
Respublikamizda baliqchilik tarmog‘ining mahsuldorligini oshirish va baliqchilikni rivojlantirishning intensiv usullarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan baliqlarni hovuz polikulturasida yetishtirish texnologiyalari takomillashtirilmoqda, sovuq suv va issiq suv baliqlarini yetishtirish texnologiyalari ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Xamidov A. ning magistrlik ishi turli tipdagi suv havzalarida tarqalgan o‘simlikxo‘r baliqlarning bioekologik xususiyatlari va ularning baliqchilikdagi ahamiyatini tahlil qilish nuqtai-nazaridan ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, 3 ta bob, 3 ta rasm, 12 ta jadval, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Ishning asosiy boblari quyidagilardan iborat:
1-bob. Turli tipdagi suv havzalarining gidrologik hamda gidrografik ta’rifi.
2-bob. O‘simlikxo‘r baliq turlarini respublikamiz suv havzalariga iqlimlashtirilishi.
3-bob. Turli tipdagi suv havzalarida tarqalgan o‘simlikxo‘r baliqlarning bioekologik xususiyatlari va baliqchilikdagi ahamiyati.
Bitiruv ishining oxirida xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va internet saytlarining ro‘yxati keltirilgan.
Xamidov A. ning “Turli tipdagi suv havzalarida tarqalgan o‘simlikxo‘r baliqlarning bioekologik xususiyatlari va baliqchilikdagi ahamiyati” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishi qo‘yiladigan talablarga javob beradi va bu ishni himoyaga loyiq deb hisoblayman.