Blastogenez va blastos deganda nimani tushunasiz
Jinsiy bo'lmagan reproduktiv birliklardan bo'laklar, kurtaklar, gemmulalar va spora kabi turli organizmlarning rivojlanishi blastogenez deb nomlanadi va aseksual reproduktiv tana blastos deb nomlanadi.
Jinssiz ko'payish xususiyatlari
1) jinssiz ko'payish gametalarning shakllanishi va birlashishini o'z ichiga olmaydi
2) jinssiz ko'payishda faqat bitta ota-ona ishtirok etadi, shuning uchun uni ota-onadan ko'payish deyiladi.
3) jinssiz ko'payishda faqat mitotik hujayralar bo'linishi ularning tanasining somatik hujayralarida uchraydi.
4) jinssiz ko'payishda ota-ona tanasining somatik qismidan yangi organizmlar hosil bo'ladi, shuning uchun u somatogen ko'payish deb ham ataladi.
5) jinssiz ko'payish usuli bilan hosil bo'lgan klonlar morfologik va genetik jihatdan ota-onalariga o'xshashdir, shuning uchun o'zgaruvchanlik hosil qilmaydi va evolyutsiyada rol o'ynamaydi.
6) bu tez ko'payish usuli, shuning uchun u jinsiy ko'payishdan ko'ra ko'proq premitiv ko'payish usuli hisoblanadi.
Mavzu: Individ rivojlanishing genetik asosi
Reja:
1.Individual rivojlanish genetikasining ahamiyati
2.Individ rivojlanishida genlarning ishlash mexanizmi
Individual rivojlanish genetikasi biologiyada o‘zining murakkabligi va
ahamiyati jihatidan markaziy muammolaridan hisoblanadi. Bu masalani yechish
uchun jinsiy hujayrada yozilgan irsiy axborot va uning keyinchalik organizm
rivojlanishida qnday yuzaga chiqishi xakida tushunchaga ega bo‘lish zarur.
Urug‘langan tuxum hujayrada (zigota) murtak, to‘qima ayrim belgi va
xususiyatlarga ega bo‘lgan organlar shakllanishi individual rivojlanish yoki
ontogenez deyiladi.
Ontogenez to‘g‘risidagi ta’limot (grekcha ontos – mavjudod, genesis –
rivojlanish, taraqqiy etish) – tirik mavjudodning paydo bo‘lgan paytidan boshlab,
ulguncha rivojlanish prosessini o‘rganadigan biologik fan hisoblanadi. Кo‘p
hujayrali organizmlar individual rivojlaninshning asosini hujayraning mitoz
bo‘linishi hosil qiladi. Urug‘lanish davrida 2 jinsiy hujayrani qo‘shilishi
natijasida zigotadan astasekin yangi avlod (genotip) hosil bo‘lishi tabiatning
qiziqarli mujizasi hisoblanadi.
Boshlang‘ich urug‘langan tuxum hujayra zigota 2n – diploid xromosomaga
ega bo‘ladi. Uning keyingi rivojlanishi mitoz yo‘li bilan davom etadi. Bir necha
marta takroriy bo’linishlar, murtak to‘qimalari, organlar va xususiyatlarning hosil
bo‘lishiga olib keladi. Bu xodisalarning moddiy negizini o‘rganish genetikaning
juda qiyin va murakkab bo‘limlaridan hisoblanadi. Organizmni individual
rivojlanish jarayoni organizm va tashqi muhit o‘zaro ta’siri natijasida yuz
beradigan uzoq tarixiy evolutsiya prosessini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |