Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi. Real hayotda iqtisodiy o‘sishga ekstensiv va intensiv omillar sof holda emas, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda ta‘sir ko‘rsatadi. Shu sababli ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari ajratiladi. Iqtisodiy o‘sish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lganligi sababli uni baholash uchun qandaydir bitta ko‘rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko‘rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar tizimida jismoniy va qiymat ifodasidagi ko‘rsatkichlar farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |