Jamg’arma – bu uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi joriy daromadlarining foizli daromad olish va kelajakdagi iste‘molini qondirish maqsadida to‘planib (jamg‘arilib) boriladigan qismidir. Jamg’armani amalga oshirishdan ko’zlangan maqsadlar foiz shaklida daromad olish; uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho iste‘mol tovarlari (uy-joylar, avtomashina va boshqa zebu-ziynat buyumlari) sotib olish; kasallik, ishsizlik va baxtsiz hodisalar kabi oldindan bilib bo‘lmaydigan holatlardan iqtisodiy himoyalanish; qarilik davrini moddiy ta‘minlash; farzandlarining kelajagini ta‘minlash; kelajakda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarni qondirish. Iste’mol va jamg’arma shaxsiy daromadning tarkibiy qismlarini tashkil qilishi sababli ular darajasini belgilab beruvchiumumiy omillar mavjud bo’ladi. Bular quyidagilar: shaxsiy daromad hajmi; uy xo‘jaliklari jamg‘argan boylik miqdori; narxlar darajasi; narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi o‘zgarishi kutilishi; iste‘molchi qarzlari miqdori; soliqlar darajasi; Jamg‘arma hajmi uy xo‘jaliklari daromadidan iste‘molchilik sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Shaxsiy daromadda iste‘molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Jamg‘armaning o‘sishi esa sof ma‘noda mablag‘larning iste‘mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yo‘naltirilishini bildiradi. Iste‘mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to‘g‘ri soliqlar ham mavjud bo‘ladi. Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin aholi qo’lida qoladigan daromad iste‘molchilik sarflari va shaxsiy jamg‘arma yig‘indisiga teng bo‘ladi. Iste‘mol va shaxsiy jamg‘armaning darajasi bevosita soliqlar to‘langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste‘molning ham, jamg‘armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg‘arma daromadning iste‘mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy jamg‘armani aniqlab beradigan asosiy omil bo‘lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste‘mol miqdori va soliqlar to‘langandan keyingi daromad o‘rtasidagi farq shu yildagi jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi. Shaxsiy daromad hajmiga bog‘liq ravishda iste‘mol va jamg‘arma darajasining o‘zgarishini grafikda shartli ma‘lumotlar asosida tushuntirish mumkin.
7.Iqtisodiy o‘sish uning mezoni va ko‘rsatkichlari. Iqtisodiy o‘sish sur’ati.
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi. Har qanday jamiyatda o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va farovonlikka erishish uchun iqtisodiy o‘sish yuz berishi kerak. Iqtisodiy o‘sish - iqtisodiy ravnaqni, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko‘payib borishini anglatadi. Shunday ekan iqtisodiy o‘sish iqtisodiy taraqqiyotni ifoda yetadi va yalpi ichki mahsulotning (YaIM) ko‘payishini bildiradi. YaIM hajmining ortishi iqtisodiy o‘sishning umumlashgan ko‘rsatkichi hisoblanadi. Iqtisodiy o’sish o’z ifodasini real YaIM hajmi va uning aholi jon boshi hamda sarflangan resurs birligiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. Ishlab chiqarish natijalari hisoblangan mahsulotlar va xizmatlar g’oyat xilma-xil o’lchamli bo’lganligidan ularni yagona jismoniy ko’rsatgichda niqlab bo’lmaydi. Bunda yagona o’lcham vazifasini narx bajaradi, ya’ni mahsulot va xizmatlar hajmi muayyan miqdordagi pulga tenglashtiriladi.
YaMMning real hajmi doimiy narxlarda yoki qat‘iy valyutalar hisoblanadi. Chunki joriy narxlarda YaMMning moddiy hajmi o‘smasada, inflyatsiya ta‘sirida, uning qiymat miqdori ortib ketadi. Iqtisodiy o‘sishga davriy jihatdan yondashilganda, u bir xil sur‘atlarda va bir tekis bormaydi. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo‘lsa, jahon yoki milliy davlatlar iqtisodiyotida, barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo‘ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi
Mahsulotning o‘sish sur‘ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbiy bog‘liqlik iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |