Shtatli va qo‘shib berilgan texnik ta’minot kuch va vositalarini tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlarga quyidagilar kiradi:
- bo‘linmalarning TKP shaxsiy tarkibini tungi ko‘rish asboblari bilan ta’minlash;
- batalonning TEG (Ta’mirG) shaxsiy tarkibini signal va yorituvchi raketalar, nurdan saqlovchi ko‘zoynaklar bilan ta’minlash;
- shikastlangan mashinalardagi elektrogazpayvandlash va boshqa ta’mirlash ishlarini bajarayotganda yorug‘lik maskirovkasiga amal qilish uchun TEG (Ta’mirG)ni brezentlar, palatkalar va ularni o‘rnatish uchun karkaslar bilan ta’minlash;
- TEG (Ta’mirG)ni elektr yoritish agregatlari (stansiyalari) va armatura bilan ta’minlash;
- mashinalarning tungi ko‘rish asboblari, yorug‘lik maskirovkasi va yoritish qurilmalari uchun qo‘shimcha ehtiyot qismlar to‘plamlarini yaratish va boshqalar.
Tungi sharoitlarda texnik ta’minotni tashkillashtirish uchun bo‘lajak jangovar harakatlar rayonini rekognossirovka qilish alohida e’tibor kasb etadi. Rekognossirovka vaqtida (kunduzi o‘tkaziladi) quyidagilar aniqlanadi:
- tunda ko‘rinadigan orientirlar;
- dushman mudofaasining oldinigi chizig‘i, to‘siqlar va g‘ovlarning mavjudligi va xarakteri;
- mudofaa ichkarisidagi joy, u erda shikastlangan mashinalarni ta’mirlash uchun pana joylarning mavjudligi;
- bo‘linmalarni belgilash, joyni yoritish, bo‘linmalarni harakat yo‘nalishlarini, egallangan rubejlar (marra), ularning qanotlarini va harakat marshrutlarini belgilash uchun yoritiluvchi orientirlarni (stvorlarni) o‘rnatish tartibi;
- safdan chiqqan mashinalarni yoritib ko‘rsatish tartibi;
- jang boshlanguniga qadar batalonning TKP va TEG (Ta’mirG)ini joylashuv o‘rni va jang davomida harakatlanish yo‘nalishi (azimuti);
- harbiy qismning SHMYPni tashkillashtirish mo‘ljallanayotgan joy, harbiy qismning evakuatsiya yo‘li va boshqa savollar.
Bo‘linmalar atakaga o‘tish marrasiga chiqishgach batalon TKP jangovar tartib ortida joylashadi va tungi ko‘rish asboblari yordamida jang maydonidagi mashinalarni kuzatish imkonini beradigan uzoqlikda harakatlanadi.
Batalon TEGi (Ta’mirG) TKP yaqinidagi pana joyda joylashadi. Bunda tank shatagini TKPdan 10-20 m uzoqlikda joylashtirish maqsadga muvofiq, bu esa batalon komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosariga shatak ekipajiga tezda vazifa qo‘yish imkonini beradi.
Mashinalar jangovar shikastlanishlar natijasida yoki tabiiy va suniy to‘siqlarga tiqilib qolish natijasida safdan chiqqanida ekipajlar texnik ta’minot radiotarmog‘i orqali shikastlangan mashinaning turgan joyini batalon TKPsiga etkazishlari lozim. Bunda mashina turgan joyni yaxshi ko‘rinadigan orientirlarga nisbatan ko‘rsatish lozim shuningdek, u safdan chiqqan joyni yo‘naltirib yoritiluvchi ko‘rsatkichlar bilan yoki signal raketalari, olib yuriladigan chiroqlar yoki boshqa asboblar bilan belgilash kerak. Bu tunggi jang vaqtida safdan chiqqan mashinalarni batalonnning va qismning ta’mirlash-tiklash bo‘linmalari tomonidan axtarib topishiga yordam beradi.
Tunggi sharoitdagi jang davomida texnik ta’minot kuch va vositalarining yashovchanligini oshirish uchun texnik ta’minot bo‘linmalari va tiklanayotgan mashinalarni yorug‘lik maskirovkasi, himoyalash, qo‘riqlash va mudofaa qilish bo‘yicha tadbirlarni puxta bajarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |